M. E. Mamarajabov, R. N. To’rayev zamonaviy dasturlash tillari


 LUG'AT HAQIDA TUSHUNCHA VA U BILAN ISHLASH



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/80
tarix23.07.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#137200
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   80
3.5. LUG'AT HAQIDA TUSHUNCHA VA U BILAN ISHLASH 
Lug’at Pathon dasturlash tilining turi hisoblanadi va u ikki qismdan tashkil 
topgan: kalit so'z va izoh (yoki tarjima). Lug’atlar {} qavsda keltiriladi. Sodda lug’atga 
misol keltiramiz: 
talaba={’familiya’:’Aliyev’,’ismi’:’Salim’} 
Bu yerda sodda talaba lug’atini yaratdik. Lug’atimiz ikki qismdan tashkil 
topgan. ‘familiya’ va ‘ismi’ lug’atning kalit so’zi hamda mos ravishda ‘Aliyev’ va 


92 
‘Salim’ kalit so’zlarning qiymati hisoblanadi. Kalit so'z va qiymat orasi ikki nuqta (:) 
bilan, lug'atdagi har bir juftlik esa vergul (,) bilan ajratiladi.
Pytonda lug'at 
kalit so'z-qiymat
juftliklarining yi'ginidisi ekan. Lug'atdagi biror 
qiymatni ko'rish uchun unga kalit so'z orqali murojat qilamiz: 
talaba={‘familiya’: ‘Aliyev’, ‘ismi’: ‘Salim’} 
print(talaba[‘familiya’]) 
print(talaba[‘ismi’]) 
Aliyev 
Salim 
Lug'atdagi qiymatlar son (int, float), matn (string), ro'yxat (list, tuple) va hatto 
boshqa lug'at ham bo'lishi mumkin. Lug'aga yangi kalit so'z va qiymatlar qo'shishimiz 
ham mumkin. Yuqoridagi talaba nomli lu'gatga yana 3 ta yangi, yosh, kurs va fakultet 
nomli, kalit so'zlar va qiymatlar qo'shamiz: 
talaba={‘familiya’: ‘Aliyev’, ‘ismi’: 
‘Salim’} 
talaba[‘yosh’]=18 
talaba[‘kurs’]=1 
talaba[‘fakultet’]= ‘aniq fanlar’ 
print(talaba) 
{'familiya': 'Aliyev', 'ismi': 'Salim', 'yosh': 
18, 'kurs': 1, 'fakultet': 'aniq fanlar'} 
Ba'zida dastur boshida bo'sh lug'at yaratib, dastur davomida lug'atga yangi 
ma'lumotlar kiritib borish talab qilinishi mumkin. Bunday holatda bo'sh lug'at 
quyidagicha yaratiladi: 
talaba_0={} 
dastur davomida lug’at qiymati kiritiladi. 
talaba_0={} 
talaba_0[‘familiya’]= ‘Saidov Olim’ 
talaba_0[‘yosh’]= 20 
talaba_0[‘kurs’]= 3 
talaba_0[‘fakultet’]= ‘aniq fanlar’ 
{'familiya': 'Saidov Olim', 'yosh': 20, 
'kurs': 3, 'fakultet': 'aniq fanlar'} 


93 
print(talaba_0) 
Biror kalit so'zga tegishli qiymatni o'zgartirish esa quyidgachia amalga 
oshiriladi: 
talaba_0={ 
‘familiya’: ‘Saidov Olim’, 
‘yosh’: 20, 
‘kurs’: 3, 
‘fakultet’: ‘aniq fanlar’} 
talaba_0[‘yosh’]=19 
print(talaba_0) 
{'familiya': 'Saidov Olim', 'yosh': 19, 
'kurs': 3, 'fakultet': 'aniq fanlar'} 
Kalit so’z va qiymatini ochirish uchun del operatoridan foydalanamiz: 
talaba_0={ 
‘familiya’: ‘Saidov Olim’, 
‘yosh’: 20, 
‘kurs’: 3, 
‘fakultet’: ‘aniq fanlar’} 
del talaba_0[‘fakultet’] 
print(talaba_0) 
{'familiya': 'Saidov Olim', 'yosh': 20, 'kurs': 3} 
Uzun lug'atlarni bir necha qatorga bo'lib yozishimiz ham mumkin. Yuqoridagi 
lug’atni quydagi ko’rinishda yozish mumkin: 
talaba_0={ 
'familiya': 'Saidov Olim',
'yosh': 20,
'kurs': 3,
'fakultet': 'aniq fanlar' 



94 

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin