5
M.Mamarajabov, R.To‘rayev
Zamonaviy dasturlash tillari (Python dasturlash tili asoslari)
Taqrizchilar: S.Tursunov-
p.f.n. Toshkent davlat
pedagogika universiteti
Informatika kafedrasi dotsenti
E.Xoliyarov
– f.-m.f.n.dots, Termiz
davlat Pedagogika instituti
“Informatika va uni o’qitish metodikasi kafedrasi mudiri.
Mustaqil Respublikamizda yuz berayotgan siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy
va madaniy o`zgarishlar oliy va o’rta
maxsus talimi, xalq ta’limi tizimlarida tub
o’zgarishlar kiritdi.
Shu maqsadda tayyorlangan ushbu o‘quv qo‘llanma 60110600 – “Matematika
va informatika” ta’lim yo‘nalishi talabalariga “Zamonaviy dasturlash tillari”
fanini
o’qitishda hamda umumiy o’rta ta’lim maktab informatika va axborot texnologiyalari
o’qituvchilari uchun mo‘ljallangan, xuddi shuningdek, ushbu o‘quv qo‘llanmadan
5130200 - “Amaliy matematika va informatika”, 5110700 - “Informatika o‘qitish
metodikasi” ta’lim yo‘nalishlari va 5A130202 - “Amaliy
matematika va axborot
texnologiyalari” mutaxasissisligi talabalariga “Dasturlash tillari”, “Dasturlash
asoslari” va “Yuqori bosqichli algoritmik tillar” fanlarini o‘tishga, hamda
qo‘llanmadan Python dasturlash ko‘nikmalariga ilgaridan ega bo‘lmagan turli sohada
faoliyat yuritayotgan tadqiqotchilar ham foydalanishlari mumkin. Qo‘llanmada hozirgi
kunda dunyoda keng miqyosida qo‘llanilayotgan Python
dasturlash tili ommabop
tarzda bayon qilingan, unda foydali maslahatlar, ko‘plab misol va masalalar, hamda
ularning Pyhton tilidagi dasturlari keltirilgan. O‘quv qo‘llanma nafaqat yuqorida
ta’kidlangan ta’lim yo‘nalishlari
va mutaxassislik talabalari, balki o‘z faoliyatlari
doirasida Python tilidan
foydalanuvchi tadqiqotchilar, umumiy o’rta ta’lim maktab
o’quvchilari va informatika va axborot texnologiyalari o’qituvchilari
hamda tilni
mustaqil o‘rganuvchilar uchun foydali manba vazifasini o‘taydi.