M. E. Mamarajabov, R. N. To’rayev zamonaviy dasturlash tillari



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/80
tarix23.07.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#137200
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   80
Run 
(

) tugmasini (yoki F5) bosamiz (yangi 
ochilgan oynada ham 
Run 
tugmasini bosamiz) va konsolda natijani ko'ramiz: 


31 
Birinchi dasturimiz va uning natijasi. 
print() funksiyasi, Python sintaksi va arifmetik amallar 
Quyidagi kodlarni ko’rib chiqamiz. 
1. print (“Salom dasturchi!”) 
Natija: Salom dasturchi! 
Dastur natijasi kutilganidek Salom dasturchi! matnini konsolda aks ettirdi. 
2. print (Assalomu alaykum) 
Natija:


32 
Dastur natijasi Assalomu alaykum yozuvi o'rniga, 
Syntax Error (
sintaksisda 
xatolik) xabari chiqdi. Xatolik qayerda? 
Avval aytganimizdek, print() funksiyasi matn yoki ifodalarni konsolga 
chiqarish vazifasini bajaradi. Lekin bu funksiya to'g'ri ishlashi uchun bir nechta 
qoidalarga amal qilish lozim. Jumladan, agar konsolga matn chiqarmoqchi bo'lsak, 
matnimiz albatta qo'shtirnoq yoki (" ") yoki birtirnoq (' ') orasida yozlishi kerak. Demak 
Assalomu alaykum so'zini konsolda chiqarish uchun to'g'ri kod: print(“Assalomu 
alaykum”) yozish lozim. 
3. print(‘Men 1 sonli maktabni 9 sinf o’quvchisiman’) 
Dastur natijasi Men 1 sonli maktabni 9 sinf o’quvchisiman yozuvi o'rniga, 
Syntax Error (
sintaksisda xatolik) xabari chiqdi. Xatolik qayerda? 
Xatolikni oldini olish uchun (‘) o’rniga (“) dan foydalanish lozim yoki 
matndagi (‘) belgisidan oldin (\) belgisini qo’yish lozim (o\’quvchisiman). 
o’zgartirishimiz kerak. Umuman olganda \ belgisi har qanday mahsus belgi oldidan 
qo'yiladi. 
Natija: Men 1 sonli maktabni 9 sinf o’quvchisiman
4. Agar matnni bir necha qatorga bo'lib yozish talab qilinsa, uchtalik birtirnoq 
(appostrof) dan (''' ''')foydalanish mumkin: 
print(’’’Men 1 sonli maktabni
9 sinf o’quvchisiman’’’) 
Dastur natijasi:
Men 1 sonli maktabni
9 sinf o’quvchisiman 
Qatorga bo'lishning yana bir usuli, qator so'nggida \n belgisini qo'yish. 
print(‘Men 1 sonli maktabni \n 9 sinf o’quvchisiman’) 

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin