M. E. Mamarajabov, R. N. To’rayev zamonaviy dasturlash tillari


SINTAKSIS XATOLIK (SYNTAX ERROR)



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/80
tarix23.07.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#137200
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   80
SINTAKSIS XATOLIK (SYNTAX ERROR) 
Har bir tilda orfografik va grammatik qoidalar bo'lgani kabi, dasturlash 
tillarining ham o'ziga yarasha qonun-qoidalari bor. Bu qoidalar to'plami 
sintaksis 


33 
(syntax) 
deb ataladi. 
Sintaksis xatolik
(Syntax Error) deb esa shu qoidalarning 
buzilishiga aytiladi.
Misol uchun keraksiz joyda qo'yilgan nuqta, vergul yoki bo'sh joy, shuningdek 
ma'lum funksiyalar nomini xato yozish (print() o'rniga print()), ochilmay yoki 
yopilmay qolgan qavs, noo'rin bo'shliq, qolib ketgan kalit so'z (keyword) kabilar ham 
Syntax Error hisoblanadi. 
Syntax Error eng ko'p uchraydigan xatolik bo'lib, Python bunday xatolik bor 
dasturlarni 
bajarmaydi
.
ARIFMETIK AMALLAR 
Pythonda print() funksiyasi nafaqat matn, balki turli ifodalarni ham konsolga 
chiqaradi. 
Keling quyidagi kodlarni ham bajaramiz: 
print (5-3*4) 
Natija: -7 
Python arifmetik amallarni bajarishda Matematika qoidalariga amal qiladi: 

Qavs ichidagi amallar qavs ortidagilardan avval bajariladi 

Darajaga oshirish (ildiz chiqarish) ko'paytirish va bo'lishdan avval 
bajariladi 

Ko'paytirish va bo'lish, qo'shish va ayirishdan avval bajariladi 

Boshqa holatlarda ifodalar chapdan o'ngga qarab bajariladi 
print (23/4) 
Natija: 5.75 
Ko'rib turganingizdek, / belgisi bo'lish amalini bajaradi va natija har doim o'nlik 
son ko'rinishida bo'ladi (agarchi bo'lish amali natijasida butun son xosil bo'lsa ham): 
print (25/5) 
Natija: 5.0 


34 
Bo'lish amalidan butun son ko'rinishidagi natija olish uchun // belgisidan 
foydalanamiz: 
print (25//5) 
Natija: 5 
print (2**4) 
Natija: 16 
Yuqoridagi **
 
belgisi darajaga oshirishni anglatadi, ya'ni 2**4 ifodasi 2 ning 
4-darajasini beradi. 
Pythonda oddiy arifmetik amallar quyidagi jadvalda berilgan. 
Operator 
Tavsif 
Misol 

Qo'shish 
5+6=11 

Ayirish 
5-6=-1 

Ko'paytirish 
5*6=30 

Bo'lish 
5/6=0.833333 
// 
Bo'lish va butun qismini 
olish 
5//6=0 
** 
Exponenta (daraja/ildiz) 
5**6=15625 

Bo'linmaning qoldig'ini olish 
15%6=3 
print() yordamida matn va ifodalarni jamlab chiqarish ham mumkin. Buning 
uchun har bir ifoda va matn vergul (,) bilan ajratiladi: 
print (“2 ning 4 darajasi”, 2**4, “ ga teng”) 
Natija: 2 ning 4 darajasi 16 ga teng 


35 

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin