IZOHLAR (COMMENTS) Yaxshi dasturchilarning odatlaridan biri har qanday kodni izohlar bilan
tushuntirib ketish. Izohlar kelajakda o'zimiz uchun ham, boshqalar uchun ham
dasturimiz qanday ishlashini tushunishda yordam beradi.
# belgisidan keyin yozilgan matn
izoh (
comment ) deyiladi.
Izoh alohida qatorda yoki qator oxiridan ham yozilishi mumkin. Python # dan
keyingi har qanday matnni (qator oxirigacha) e'tiborsiz qoldiradi. # dan keyin yozligan
kodlar bajarilmaydi:
print (“Salom Dasturchi”) # bu qator bajarilmaydi
# bu qator ko’rinmaydi
# izohlar # belgisi bilan yoziladi
Natija: Salom Dasturchi
2.2. PYTHONDA MA’LUMOT TURLARI O'ZGARUVCHI O'zgaruvchi —kompyuter xotirasida ma'lum bir qiymatni saqlash uchun
ajratilgan joy. Pythonda qiymatlar son, matn, ro'yxat va hokazo ko'rinishida bo'lishi
mumkin. O’zgaruvchilar qiymatlari o’zgarib turishi mumkin.
Biz 3 ta o'zgaruvchi yaratdik (fam, ism va yoshi) va ularga qiymatlar yukladik
(Pythonda boshqa tillardagi ka'bi o'zgaruvchilarni avvaldan e'lon qilish yo'q):
fam= “Salimov”
ism= “Ahmad”
yoshi=15
print (fam)
print (ism)
print (yoshi)
Natija:
Salimov
36
Ahmad
15
O'ZGARUVCHILARNI NOMLASH O'zgaruvchilarga nom berishda quyidagi qoidalarga amal qiling:
O'zgaruvchi nomi harf yoki pastki chiziq (_) bilan boshlanishi kerak.
O'zgaruvchi nomi raqam bilan boshlanishi mumkin emas.
O'zgaruvchi nomida faqatgina lotin alifbosi harflari (A-z), raqamlar (0-9)
va pastki chiziq (_) qatnashishi mumkin.
O'zgaruvchi nomida bo'shliq (пробел) bo'lishi mumkin emas.
O'zgaruvchi nomida katta-kichik harflar turlicha talqin qilinadi (ism,
ISM, va Ism uchta turli o'zgaruvchi).
Qo'shimcha qoida sifatida:
O'zgaruvchi nomini kichik harflar bilan yozing.
O'zgaruvchi nomida 2 va undan ortiq so'z qatnashsa ularning orasini
pastki chiziq (_) bilan ajrating (ism_sharif="Anvar Soliyev").
O'zgaruvchiga tushunarli nom bering (y=20 emas yosh=20, d="Korea"
emas davlat = "Korea" va hokazo)
Shuningdek o'zgaruvchilarga Pythonda ishlatiladigan funksiyalar va
maxsus kalit so'zlarning (keywords) nomini bermang. Kalit so'zlar ro'yhatini ko'rish
uchun Shell konsolida avval help() deb yozing va Enter tugmasini bosing. Keyin esa
keywords deb kiritib, yana Enter bosing. Natijada, Pythondagi maxsus kalit so'zlar
ro'yhatini ko'ryapmiz:
help> keywords
Here is a list of the Python keywords. Enter any keyword to get more help.
False
class
from
or
None
continue
global
pass
True
def
if
raise
37
and
del
import
return
as
elif
in
try
assert
else
is
while
async
except
lambda
with
await
finally
nonlocal
yield
break
for
not
Bu so'zlardan o'zgaruvchilarni nomlashda foydalanmang