M. E. Mamarajabov, R. N. To’rayev zamonaviy dasturlash tillari


STRING ma'lumot turi va uning ustida amallar



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/80
tarix23.07.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#137200
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80
STRING ma'lumot turi va uning ustida amallar 
STRING 
(matn) —Pythondagi matnli ma'lumot turlaridan biri. Avvalgi 
mavzuda ko'rganimizdek, o'zgaruvchiga matn yuklash uchun matn qo'shtirnoq (" ") 
yoki birtirnoq (' ') ichida yozilishi kerak. 
fam= “Atoyev” 
ism= “Tojiddin” 
STRING USTIDA AMALLAR 
Matnlarni qo'shish uchun + operatoridan foydalanmiz: 
fam= “Atoyev” 
ism= “Tojiddin” 
print (fam+ism) 
print (“Mening ismim ”+ism) 
AtoevTojiddin 
Mening ismim Tojiddin 
Yuqoridagi kodda ism va familiya orasiga bo'shliq belgisini qo'shmaganimiz 
uchun ikki matn qo'shilib yozildi. Buni to'g'rilash uchun, 3-qatorni quyidagicha 
o’zgartirish kiritamiz: 
fam= “Atoyev” 
ism= “Tojiddin” 
print (fam+ “ ”+ism) 
Atoev Tojiddin 
f-string 


38 
Ikki (va undan ko'p) matn ko'rinishidagi o'zgaruvchilarni birlashtirish uchun f-
string usulidan f"{matn1} {matn2} {matn3}" " ham foydalansak bo'ladi: 
fam= “Atoyev” 
ism= “Tojiddin” 
shar= “Xalilovich” 
fam_ism=f “{fam} {ism} {shar}” 
print (fam_ism) 
Atoev Tojiddin Xalilovich 
Bu usul yordamida uzun matnlarni ham 
yasash mumkin 
Mahsus belgilar 
Matnga abzas bo'shliq qo'shish uchun \t belgisidan, yangi qatordan boshlash 
uchun \n belgisidan foydalanamiz: 
print (“Salom Dasturchi”) 
print (“Salom \t Dasturchi”) 
print (“Salom \n Dasturchi”) 
Salom Dasturchi 
Salom
Dasturchi 
Salom 
Dasturchi 
STRING METODLARI 
Pythonda string ustida amalga oshirish mumkin bo'lgan tayyor amallar to'plami 
mavjud. Bunday amallar to'plami 
metodlar 
deb ataladi.
Metodlarni qo'llash uchun metod nomi matndan so'ng .metod_nomi() 
ko'rinishida yoziladi. Keling shunday metodlarning ba'zilari bilan tanishaylik. 

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin