M. E. Mamarajabov, R. N. To’rayev zamonaviy dasturlash tillari



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/80
tarix23.07.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#137200
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   80
INPUT() VA SONLAR 
Avvalgi mavzuimizda foydalanuvchidan ma'lumot olish uchun input() 
funktsyasidan foydalanishni o'rgandik. Kelin endi shu funksiya yordamida 
foydalanuvchidan son olishni ko'raylik. Quyidagi kod foydalanuvchining tug'ilgan 
yilini so'raydi va uning yoshini hisoblab beradi: 
# foydalanuvchining tug’ilgan yilini so’raymiz 
t_yil=int(input(“Tug’ilgan yilingizni kiriting:”)) 
# foydalanuvchi yoshini hisoblaymiz 
yoshi=2021-t_yil 
# natijani konsolga chiqaramiz 
print (“Siz ”+str(yoshi)+ “ yoshda ekansiz”) 
Natija: 
Tug'ilgan yilingizni kiriting:1982 
Siz 39 yoshda ekansiz 
Biz 2 va 6- qatorga o’zgartirish kiritdik, gap shundaki, input() funksiyasi har 
qanday kiritilgan qiymatni matn (string) ko'rinishida qabul qiladi (garchi biz son 
kiritgan bo'lsak ham). 2021 sondan matnni ayirib bo’lmaydi. Shuning uchun 2 va 6-
qatorlarni o’zgatirdik. 
Yuqoridagi kodning 2-qatoriga e'tibor bersangiz, biz ikki funksiyani bir biriga 
joylab yozdik (int(input()). Aslida, ajratib ham yozishimiz mumkin edi: 
# foydalanuvchining tug’ilgan yilini so’raymiz 
t_yil=input(“Tug’ilgan tilingizni kiriting:”) 
t_yil=int(t_yil) 
# foydalanuvchi yoshini hisoblaymiz 


51 
yoshi=2021-t_yil 
# natijani konsolga chiqaramiz 
print (“Siz ”+str(yoshi)+ “ yoshda ekansiz”) 
2.3. PYTHONDA MA’LUMOT TO’PLAMLARI VA TURLARI 
RO’YXAT(LIST) BILAN ishlash 
Avvalgi mavzuimizda biz o'zgaruvchi yaratish, va uning ichida biror qiymatni 
(matn yoki son) saqlashni o'rgandik. Bunda biz bitta o'zgaruvchiga bitta qiymat berdik 
xolos.
Bugun o'rganadigan navbatdagi mal'umot turi Ro’yxar (List) deb ataladi. 
Ro'yxat o'z nomi bilan, bitta o'zgaruvchida bir nechta qiymatlarni saqlash imkonini 
beradi. Bu qiymatlar Ro’yxar (List) 
elementlari 
deyiladi. Ro'yxatda son, matn yoki 
aralash turdagi elementlarni saqlash mumkin.
Ro’yxar (List) quyidagicha yaratiladi: 
gullar=[“atirgul”, “lola”, “moychechak”] # gullar ro’yxati 
butun_sonlar=[145, 478, 741, 542] # butun sonlar ro’yxati 
fam=[] # bo’sh ro’yxat 
son=[‘bir’, ‘bech’, 87, 74, 9] # son va matnlardan tuzilgan ro’yxat 

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin