M. E. Mamarajabov, R. N. To’rayev zamonaviy dasturlash tillari



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/80
tarix23.07.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#137200
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   80
LIST ELEMENTLARI 
Ro'yxatdagi har bir element tartib bilan joylashgani sababli, biz istalgan 
elementga uning tartib raqami (indeksi) bo'yicha murojat qilishimiz mumkin. Listning 
birinchi elementi 0 dan boshlanadi, ikkinchisi 1 deb davom etadi va hokazo. 
gullar=[“atirgul”, “lola”, “moychechak”] # gullar ro’yxati 
butun_sonlar=[145, 478, 741, 542] # butun sonlar ro’yxati 
fam=[] # bo’sh ro’yxat 
son=[‘bir’, ‘bech’, 87, 74, 9] # son va matnlardan tuzilgan ro’yxat 
print(“birinchi gul: ”, gular[0]) 


52 
print(“ikkinchi butun son: ”, butun_sonlar[1]) 
Natija: 
Birinchi gul: atirgul 
Ikkinchi butun son: 478 
Agar List elementlari matn bo’sa, matn metodlarini qo’llashingiz mumkin. 
Listning oxirgi elementi -1 hisoblanadi. 
1. List elementlari ustida arifmetik amallar bajarish: 
gullar=[“atirgul”, “lola”, “moychechak”] # gullar ro’yxati 
butun_sonlar=[145, 478, 741, 542] # butun sonlar ro’yxati 
fam=[] # bo’sh ro’yxat 
son=[‘bir’, ‘bech’, 87, 74, 9] # son va matnlardan tuzilgan ro’yxat 
print(butun_sonlar[2]+butun_sonlar[3]) 
Natija: 1283 
2.
Dastur davomida listning tarkibi o'zgarishi, yangi elementlar qo'shilishi, ba'zi 
elementlar o'chirilishi tabiiy hol. Ro'yxatdagi biror elementning qiymatini o'zgartirish 
uchun, o'sha elementga indeksi bo'yicha murojat qilamiz va yangi qiymat yuklaymiz. 
son=[‘bir’, ‘besh’, 87, 74, 9] # son va matnlardan tuzilgan ro’yxat 
son[0]=12 
son[1]=71 
print(son) 
Natija: [12, 71, 87, 74, 9] 
3.
Ro'yxatga yangi element qo'shishning oson usuli bu 
.append()
metodi 
yordamida ro'yxatning 
oxiriga 
qiymat qo'shish hisoblanadi, bo’sh ro’yxatni to’ldirish 
ham shu metod yordamida bajariladi: 
son=[‘bir’, ‘besh’, 87, 74, 9] # son va matnlardan tuzilgan ro’yxat 
son.append(‘etti’) 
son.append(49) 


53 
print(son) 
Natija: ['bir', 'besh', 87, 74, 9, 'etti', 49] 

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin