M. E. Mamarajabov, R. N. To’rayev zamonaviy dasturlash tillari


Masala 19 . PYTHON da “Men do’kondan {} ta kitob oldim” matniga “54”  sonini qo’shing.  Masala 20



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/80
tarix23.07.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#137200
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   80
Masala 19
. PYTHON da “Men do’kondan {} ta kitob oldim” matniga “54” 
sonini qo’shing. 
Masala 20
. PYTHON da “Avaz {} yoshni qarshi oldi” matniga “25” sonini 
qo’shing. 
INPUT —FOYDALANUVCHI BILAN MULOQOT 
Shu paytgacha biz o'zgaruvchilarning qiymatini dasturning ichida berayotgan 
edik. Keling endi qiymatni o'zimiz emas, balki dastur foydalanuvchilariga kiritish 
imkonini beramiz.
Buning uchun input() funktsyasidan foydalanamiz.
ism = input("Ismingiz nima?") 
print("Assalom alaykum, " + ism) 
Yuqoridagi dastur, avval 1-qatorda foydalanuvchining ismini so'raydi. 
Foydalanuvchi ismini kiritib, 
Enter 
tugmasini bosgach, foydalanuvchi kiritgan matn 
ism degan o'zgaruvchiga yuklanadi va dasturining 2-qatori bajaradi: 
Natija: 
Ismingiz nima? anvar 
Assalom alaykum, anvar 
SONLAR 
Dasturlash davomida turli sonlar bilan ishlash tabiiy hol. Pythonda sonlarning 
bir necha turlari bor. Keling ular bilan yaqindan tanishaylik. 
INTEGERS — BUTUN SONLAR 
Butun sonlarni ham o'zgaruvchida saqlash, ularning ustida qo'shish (+), ayirish 
(-), ko'paytirish(*), bo'lish (/) kabi arifmetik amalarni bajarish mumkin: 
a = 20 # Sonlar musbat yoki 


46 
b = -30 # manfiy bo'lishi mumkin 
c = a + b 
print(c) 
Natija: -10 
Python - operatorlar orasidagi bo'shliqlarni inobatga olmaydi. O'qishga qulay 
bo'lishi uchun yuqoridagi kabi (bo'shliqlar bilan) yozishingiz mumkin. 
# Kvadratning yuzini hisoblaymiz 
kvdrt_tmni = 20 # Kavdratning tomoni 20 ga teng 
kvdrt_yuzi = kvdrt_tmni**2 # Kvadrat yuzini hisoblaymiz 
print(kvdrt_yuzi) 
Natija: 400 
FLOATS — HAQIQIY SONLAR 
Pythonda haqiqiy sonlar 
floating point numbers
yoki qisqa qilib 
floats
deyiladi. "
Floating point numbers
" atamasini o'zbek tiliga "
suzuvchi nuqtali sonlar

deb tarjima qilish mumkin. Ingliz tilida o'nlik sonlarni yozishda vergul (,) emas nuqta 
(.) belgisi ishlatiladi va bu nuqta sonning katta kichikligiga qarab joyi o'zgargani uchun 
"floating"
(suzuvchi)
deyiladi. 
pi = 3.14159 # o'nlik son (float) 
radius = 10 # butun son (integer) 
diametr = 2*radius 
print("Aylana uzunligi ", pi*diametr, " ga teng.") 
Natija: Aylana uzunligi 4.712384999999999 ga teng. 

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin