Masala 18
. Sonlar=[23, 4, 56, 12, 86, 231] ro’yxatini elementlaridan eng
kichigini topish dasturi tuzilsin.
Masala 19
. Sonlar=[23, 4, 56, 12, 86, 231] ro’yxatini elementlarini yig’indisini
topish dasturi tuzilsin.
Masala 20
. Sonlar=[23, 4, 56, 12, 86, 231] ro’yxatini [1:3] elementlarini ajratib
olib yangi ro’yxat tashkil etish dasturi.
58
TUPLES - O'ZGARMAS RO'YXAT
Dastur yaratish davomida o'zgarmas ro'yxat tuzish talab qilinishi mumkin.
Pythonda bunday ro'yxatlar
tuples (kortej)
deb yuritiladi. Tuple ichidagi qiymatlarni
bir marta, dastur boshida beriladi va so'ngra o'zgartirib bo'lmaydi. List dan farqli
ravishda, Tuple e'lon qilishda kvadrat qavslar [] o'rniga oddiy qavslar () ishlatiladi.
Tuple ichidagi elementlarga huddi ro'yxat elementlariga murojat qilingani kabi murojat
qilinaveradi:
sonlar=(45, 12, 7, 9, 85, 97, 67)
print (sonlar)
print (sonlar [2])
print (sonlar [5])
Natija:
(45, 12, 7, 9, 74, 85, 97, 67)
7
85
Agar tuple ga o'zgartirish talab qilinsa, yagona yo'li o'zgarmas ro'yxatni list()
funksiyasi yordamida
list
(oddiy ro'yxat) ko'rinishiga keltirib olish, o'zgarishlarni
bajarsih va qaytarib tuple() funksiyasi yordamida o'zgarmas ro'yxatga o'tkazish
mumkin:
sonlar= (45, 12, 7, 9, 85, 97, 67) # o’zgarmas sonlar
sonlar= list(sonlar) # ro’yxatga aylantirish
sonlar.append(89) # element qo’shish
print (sonlar) # natijani ko’rish
sonlar=tuple(sonlar) # o’zgarmas songa aylantirish
print (sonlar) # natijani ko’rish
Natija:
[45, 12, 7, 9, 74, 85, 97, 67, 89]
59
(45, 12, 7, 9, 74, 85, 97, 67, 89)
Dostları ilə paylaş: |