M. E. Mamarajabov, R. N. To’rayev zamonaviy dasturlash tillari


Ro'yxatning istalgan joyiga yangi element qo'shish uchun  .insert()



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/80
tarix23.07.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#137200
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   80
4.
Ro'yxatning istalgan joyiga yangi element qo'shish uchun 
.insert()
metodidan foydalanamiz. .insert() metodi ichida yangi elementning indeksi va qiymati 
beriladi: 
son=[‘bir’, ‘besh’, 87, 74, 9] # son va matnlardan tuzilgan ro’yxat 
son.insert(0,‘ikki’) # 1- element o’rnida qiymat qo’shish 
son.insert(3, 789) # 4- element o’rnida qiymat qo’shish 
son.insert(-2, 54) # oxiridan 3- element o’rnida qiymat qo’shish 
print(son) 
Natija: ['ikki', 'bir', 'bech', 789, 87, 54, 74, 9] 
5.
Ro'yxatdan biror elementni olib tashlash uchun uning indeksini yoki 
qiymatini bilishimiz lozim. Indeks yordamida olib tashlash uchun 
del 
operatoridan, 
element qiymati bo'yichi o'chirish uchun esa 
.remove(qiymat) 
metodidan 
foydalanamiz: 
talabalar= [‘Anvar’, ‘Salim’, ‘Sobir’, ‘Karim’] 
del talabalar [0] # birinchi elementdagi talabani o’chiradi 
print (talabalar) 
talabalar= [‘Anvar’, ‘Salim’, ‘Sobir’, ‘Karim’] 
talabalar. remove (‘Sobir’) # ismi Sobir bo’gan talabani o’chiradi 
print (talabalar) 
Natija: 
['Salim', 'Sobir', 'Karim'] 
['Anvar', 'Salim', 'Karim'] 
6.
Ro’yxat elementlari ichidan borortasidan foydalanish uchun Pythonda 
.pop(indeks)
metodidan foydalaniladi.
talabalar= [‘Anvar’, ‘Salim’, ‘Sobir’, ‘Karim’] 


54 
alochi= talabalar.pop(3) 
print (‘Bizning faxrimiz alochi talaba ’+alochi) 
Natija: Bizning faxrimiz alochi talaba Karim 
7.
Aksar holatlarda ro'yxat ichidagi elementlarni alifbo ketma-ketligida 
tartiblash talab qilinishi mumkin. Buning uchun list uchun maxsus 
.sort()
metodidan 
foydalanamiz. 
talabalar= [‘Tolib’, ‘Bexruz’, ‘Anvar’, ‘Salim’, ‘Sobir’, ‘Karim’] 
talabalar.sort() 
print (talabalar) 
Natija: ['Anvar', 'Bexruz', 'Karim', 'Salim', 'Sobir', 'Tolib'] 
8.
Ro'yxatni teskari tartibda tartiblash uchun .sort() metodi ichida reverse=True 
argumentini kiritamiz.
talabalar= [‘Tolib’, ‘Bexruz’, ‘Anvar’, ‘Salim’, ‘Sobir’, ‘Karim’] 
talabalar. sort(reverse=True) 
print (talabalar) 
Natija: ['Tolib', 'Sobir', 'Salim', 'Karim', 'Bexruz', 'Anvar'] 
9.
sorted() funksiyasi yordamida ham yuqoridagi amallarni bajarishimiz 
mumkin. 
talabalar= [‘Tolib’, ‘Bexruz’, ‘Anvar’, ‘Salim’, ‘Sobir’, ‘Karim’] 
print(sorted(talabalar)) 
print(sorted(talabalar, reverse=True)) 
Natija: 
['Anvar', 'Bexruz', 'Karim', 'Salim', 'Sobir', 'Tolib'] 
['Tolib', 'Sobir', 'Salim', 'Karim', 'Bexruz', 'Anvar'] 
10.
.reverse() metodi yordamida ro’yxatni elementlarini teskarisiga 
aylantirishda foydalanamiz. 
sonlar= [45, 78, 54, 12, 6, 93] 


55 
sonlar.reverse() 
print (sonlar) 
Natija: [93, 6, 12, 54, 78, 45] 
11.
Ro’yxat elemetlar sonini aniqlash uchun len() funksiyasidan fordalanamiz. 
sonlar= [45, 78, 54, 1, 6, 93] 
print(‘Elementlar soni:’, len(sonlar)) 
Natija: Elementlar soni: 6 

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin