13
xodimi Gvido van Rossum ABC tilini yaratilish proektida ishtirok etgan edi. ABC tili
Basic tili o`rniga talabalarga asosiy dasturlash konsepsiyalarini o`rgatish uchun
mo`ljallangan til edi. Bir kun Gvido bu ishlardan charchadi va 2 hafta davomida
o`zining Macintoshida boshqa oddiy tilning interpretatorini yozdi, bunda u albatta
ABC tilining ba’zi bir g`oyalarini o`zlashtirdi. Shuningdek, Python 1980-1990-yillarda
keng foydalanilgan Algol-68, C, C++, Modul3 ABC, SmallTalk tillarining ko`plab
xususiyatlarini o`ziga olgandi. Gvido van Rossum bu tilni
internet orqali tarqata
boshladi. Bu paytda o`zining “Dasturlash tillarining qiyosiy taqrizi” veb sahifasi bilan
internetda to 1996-yilgacha Stiv Mayevskiy ismli kishi taniqli edi. U ham Macintoshni
yoqtirardi va bu narsa uni Gvido bilan yaqinlashtirdi. O`sha paytlarda Gvido BBC ning
“Monti Paytonning havo sirki” komediyasining muxlisi edi va o`zi yaratgan tilni Monti
Payton nomiga Python deb atadi (ilon nomiga emas).
Til tezda ommalashdi. Bu dasturlash tiliga qiziqqan va tushunadigan
foydalanuvchilar soni ko`paydi. Boshida bu juda oddiy til edi. Shunchaki kichik
interpretator bir nechta funksiyalarga ega edi. 1991-yil birinchi OYD (Obyektga
Yo`naltirilgan Dasturlash) vositalari paydo bo`ldi.
Bir qancha vaqt o`tib Gvido Gollandiyadan Amerikaga ko`chib o`tdi. Uni CNRI
korparatsiyasiga ishlashga taklif etishdi. U o`sha yerda
ishladi va korparatsiya
shug`ullanayotgan proektlarni Python tilida yozdi va bo`sh ish vaqtlarida tilni
interpretatorini rivojlantirib bordi. Bu 1990-yil Python 1.5.2 versiyasi paydo
bo`lguncha davom etdi. Gvidoning asosiy vaqti korparatsiyani proektlarini yaratishga
ketardi bu esa unga yoqmasdi. Chunki uning Python dasturlash tilini rivojlantirishga
vaqti qolmayotgandi. Shunda u o`ziga tilni rivojlantirishga imkoniyat yaratib bera
oladigan homiy izladi va uni o`sha paytlarda endi tashkil
etilgan BeOpen firmasi
qo`llab quvvatladi. U CNRI dan ketdi, lekin shartnomaga binoan u Python 1.6
versiyasini chiqarib berishga majbur edi. BeOpen da esa u Python 2.0 versiyani
chiqardi. 2.0 versiyasi bu oldinga qo`yilgan katta qadamlardan edi. Bu versiyada eng
asosiysi til va interpretatorni rivojlanish jarayoni ochiq ravishda bo`ldi.
14
Shunday qilib 1.0 versiyasi 1994-yil chiqarilgan bo`lsa, 2.0 versiyasi 2000-yil,
3.0 versiyasi esa 2008-yil ishlab chiqarildi. Hozirgi vaqtda uchinchi versiyasi keng
qo`llaniladi.
Dostları ilə paylaş: