Guruh talabasi Qurbonboyeva Madinabonuning O’zbek tilining mazmuniy sintaksisi fanidan mustaqil ish topshirig’i



Yüklə 38,35 Kb.
səhifə1/5
tarix07.01.2024
ölçüsü38,35 Kb.
#201489
  1   2   3   4   5
Sintaksis


612-21-guruh talabasi Qurbonboyeva Madinabonuning O’zbek tilining mazmuniy sintaksisi fanidan mustaqil ish topshirig’i.

  1. Badiiy asar tili nihoyatda murakkab va o’ziga xos hodisa hisoblanadi. Tilshunoslik, umuman, filologiya tarixida uni o'rganishga turlicha yondashib kelingan. Badiiy asar tili tadqiqi bilan bir umr shug'ullangan V.Vinogradov o’zining «Badiiy adabiyot tili haqidagi fan va uning vazifalari» nomli ma’ruzasida badiiy adabiyot tili to’g'risida gap ketganda, «til» so’zi ikki xil ma'noda qo’llanishini ta'kidlaydi, ya'ni: 1) u yoki bu milliy tilning sistemasini aks ettiruvchi «nutq» yoki »matn» (adabiy til tarixi, tarixiy grammatika va leksikologiya uchun tahlil materiali) ma'nosida; 2) «san'at tili», badiiy ifoda vositalari sistemasi ma’nosida. Adabiyotning so’z san’ati ekanligi, uning birlamchi unsuri til ekanligi haqidagi haqiqatni hech kim hech qachon inkor etgan emas. Kishilik tarixida adabiyot atalmish dunyoni obrazli idrok etish san’ati yaralibdi-ki, bu san’atning asosiy ifoda vositasi bo’lgan so’z, tilni tadqiq etishdek mashaqqatli yumush inson tasavvuri va tafakkurini muttasil band etib keladi. Buyuk ma'rifatparvar adib Abdurauf Fitrat «Adabiyot qoidalari qo’llanmasida «Go’zal san'atlarda tovar (materiyol) tovush, ohang bo’lsa, go’zal san'at musiqiy bo’ladir; bo’yovlar, chiziqlar bo’lsa, rasm bo’ladir; tosh yo boshqa turli ma'danlar esa, haykalchilik bo’ladir; tosh yog'och, kirpich, ganj, tuproq bo’lsa, me'morliq bo’ladir; tan, mug'a (muqom, mimika) harakatlari esa, o’yun (tans) bo’ladir; gap, so’z esa, adabiyot bo’ladir» deb yozadi va adabiyotga shunday ta'rif beradi: «Adabiyot - fikr, tuyg'ularimizdagi to’lqunlarni so’zlar, gaplar yordami bilan tasvir qilib, boshqalarda ham xuddi shu to’lqunlarni yaratmoqdir»1 . Atoqli o’zbek adabiyotshunosi O.Sharafiddinov o’zining «Adabiyot tildan boshlanadi» nomli maqolasida shunday yozadi: "Rangsiz tasviriy san'at, ohangsiz musiqa bo’lmaganidek, tilsiz adabiyot ham bo’lmaydi. Adabiyotni insonshunoslik deydilar. Darhaqiqat, yozuvchi xilma-xil insoniy xarakterlarni tadqiq qilib, jamiyat rivojiga yordam beradigan salmoqli haqiqatlarni kashf qiladi. Biroq bularning hammasi adabiyotda til orqali ro’yobqa chiqariladi» Bu o’rinda yirik adib va adabiyotshunos P.Qodirovning quyidagi fikrlari ham alohida diqqatga sazovor: «haykallar misdan marmardan yasaladi, binolar g'ishtdan, oynadan, po’latdar quriladi. Adabiy asarda misning ham, marmarning ham, po’lat va g'ishtning ham o’rniga badiiy so’z ishlatiladi. Adabiy asarning muzika, rassomiik va boshqa ijod sohalaridan farqi uning ohanglari chiziqlar, bo’yoqlar vositasi biian emas, so’zlar vositasi bilar yaratilishida ko’rinadi. Demak, badiiy til har qanday adabiy asarning spesifikasini belgilaydigan eng asosiy ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Badiiy til nazariyasi esa adabiyot nazariyasiga oid masalalarning birinchi qatorida turadi».


  1. Badiiy asarda muallif nutqi va yozuvchining uslubi o’ziga xos muhim ahamiyatga ega. Nutq va uslub muallifga tegishli ekan, ya'ni uning xususiy mulki bo’lib, bu mulkka boshqalarning hissa qo’shishga haqqi yo’q ekan, soddagina qilib, "ob'ektiv muallif " yoki "bevosita muallif nutqi"6 deb atashni adabiyotshunos Yo’ldosh Solijonov taklif qiladi. Tadqiqotchi Z.Rahimov bu nutq shaklini "Muallifning holis nutqi"7 deb ataydi.
    Muallif nutqi tarkibiga qahramon tiliga oid so’zlar kiritilgani, biroq unda ilgari surilgan asosiy g’oya, fikr, bayon qilish uslubi, tizimi muallifga tegishli bo’lganligini hisobga olib "bilvosita muallif nutqi" yoxud "sub'ektiv muallif nutqi" deb atash o’rinli ekanligini tadqiqotchi olim Yo’ldosh Solijonov alohida ta’kidlab o’tadilar. Chunki bu nutq xazinasining boyishiga asarda ishtirok etuvchi qahramonlardan biri o’z hissasini qo’shgan hisoblanadi. Yo’ldosh Solijonov muallif nutqining uch shaklini izohlab o’tadi. Ular:
    Birinchi shakl faqat muallifga tegishli ekan, ya'ni uning xususiy mulki bo’lib, bu mulkka boshqalarning hissa qo’shishga haqqi yo’q ekan, soddagina qilib, "ob'ektiv muallif " yoki "bevosita muallif nutqi" deb ataydi.
    Ikkinchi shakl, ya’ni muallif nutqi tarkibiga qahramon tiliga oid so’zlar kiritilgani, biroq unda ilgari surilgan asosiy g’oya, fikr, bayon qilish uslubi, tizimi muallifga tegishli bo’lganini hisobga olib “ bilvosita muallif nutqi ” yoxud “subyektiv muallif nutqi” deb atashni o’rinli biladi.
    Uchinchi "noxususiy to’g’ri bo’lmagan nutq" shaklini esa hech ikkilanmasdan "o’zganing nutqi" deb nomlashni ma’qul ko’radi. Sababi, bunday nutq tarkibida, yuqorida aytganimiz dek, ayni chog’dagi suhbatga, voqeaga qatnashmayotgan begona shaxsning so’zlari kiritilgan bo’ladi” 8.
    Taklif qilinayotgan birinchi shakl atamasini ifodalagan ibora o’z-o’zidan
    tushunarli: muallif nutqiga hech kim aralashmaydi, o’zi holis hikoya qiladi. Ikkinchi shakl atamasidagi so’z ma'nosidan anglashilib turganidek, muallif nutqi yo’nalishiga hramonning so’zi, fikri, qarashi, iborasi singdirilgan bo’ladi va muallif fikrini o’quvchiga to’laroq yetkazish uchun unga qahramon vositachi bo’lib xizmat qiladi.
    To’g’ri, har qanday badiiy asarda bevosita muallif nutqi yakka hokimlik qilishi qiyin. Bunday nutq jarayonidan holi bo’lgan asarlar juda kam uchraydi. Shunga qaramay, bayonda asosiy yo’nalishni muallif nutqi egallaydi va o’quvchi uni asarning boshidan oxirigacha ko’rib, ovozini eshitib, hamdardligini sezib turadi.
    80 - 90yillar o’zbek nasrida muallif nutqi o’zining birlamchi vazifasi bo’lgan voqelikni to’g’ridan - to’g’ri bayon etuvchilik xizmatidan bir qadar chekinadi. Endi u qo’shimcha ravishda bir yo’la voqelikni baholash,qahramonlarga munosabat bildirish, qahramonning ichki kechinmalarini chuqurroq tahlil etish, kengaytirish kabi xizmatlarni ham o’z ichiga ola boshladi. Yozuvchi o’z o’quvchisini yetaklab, voqea sodir bo’layotgan joy, zamon va makon, tabiat manzaralari hamda asarda ishtirok etuvchi qahramonlar bilan tanishtiradi. Ularning tashqi qiyofasi, kiyinishi, xulq- atvori, xatti - harakatlari to’g’risida ma'lumot beradi, ularni izohlaydi va munosabat bildiradi. Bevosita muallifning yordami bilan o’quvchi asarning syujetini to’laroq anglab oladi, qahramonlarning ichki olamidan ogoh bo’ladi. Tabiat ko’rinishlaridan zavqlanadi, odamlarning ovozini eshitadi, tuyg’ularini his qiladi. Mabodo muallif o’z uslubiga ega bo’lmasa, uning yozuvchiligi to’g’risida gap bo’lishi ham mumkin emas. Agar uning o’z tili, uslubi shakllangan bo’lsagina yozuvchiligiga umid bog’lash mumkin. “Asarning nutq tuzilishida badiiy uslubning barcha fazilat hamda xususiyatlari mujassamlashgan bo’ladi”9 – deydi Yo’ldosh Solijonov. Bu vazifani ado etishda yozuvchi shoirga qaraganda ancha qiyin holatni boshidan kechiradi. O’zbek nasrining juda ko’p namunalari ekspozisiyani tasvirlashdan, ya'ni muallifning voqelik ro’y beradigan joy hamda unda ishtirok etuvchi qahramonlarni tanishtirishdan boshlanadi. A. Qodiriy, Said Axmad,
    Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, Hamid G’ulom, Mirmuhsin, Shukur Xolmirzayev kabilar o’z asarlarini o’quvchini voqelik o’rni va unda ishtirok etuvchi qahramonlar bilan tanishtirishdan boshlaydilar. Bu xildagi asarlarda muallif obrazi ko’zga ochiq tashlanadi. Bu bevosita muallif nutqi orqali anglashiladi.
    Kitobxon ma'lum bir asarni mutolaa qilar ekan, u doim muallif ko’rinmasdan o’z asarining hamma yerida mavjud ekanligini his qilib turishi lozim. Qahramonlarning holatini, qalb iztiroblarini tasvirlash chog’ida muallif ham iztirob chekadi va bu holat o’quvchiga ham yuqadi. Muallif uchun asarda masalaning, g’oyaviy maqsadning yechilishi emas, balki uning qo’yilishi muhim hisoblanadi. Zero, u asarda tasvirlanayotgan hayotiy muammolar to’g’risida o’z fikrini ochiq aytishi shart emas, balki u aytmoqchi bo’lgan fikrni o’quvchining o’zi anglab yetishiga imkon yaratishi lozim. Shu bilan adib kitobxonning muallif bilan faol aloqaga kirishuvini ta'minlaydi, uning mushohada yuritish qobilyatini oshiradi, o’zaro muloqot vaziyatini vujudga keltiradi.
    "Demak, muallifning tasvirlanayotgan voqea va qahramonlarga loqaydligi loqaydlik, betaraflik emas, balki o’quvchining fikrini aktivlashtiruvchi, qalb zarbini harakatga keltiruvchi vositadir”10- deb ta’riflaydi, Hotam Umurov.
    Agar muallif o’quvchiga qiziqarsiz, keraksiz, ya'ni u biladigan, tanish bo’lgan, ammo yo’qtirmaydigan narsa yoki hodisalar to’g’risida oddiy fikr yuritsa, laqmalik qilsa, arzimagan voqeani ko’tarinki ruhda hikoya qilsa, kitobxonga erish tuyiladi. Aksincha, xolis, turmush manzaralarini boricha, tabiiy tarzda hikoya qilsa, o’quvchi uning aytganlariga ishonadi. Asarda muallifning o’zi ko’rinmasdan faqat hayot tarzi bevosita tabiiy aksini topsa, turli-tuman ranglari, jilolari bilan namoyon bo’lsa, tasvir shunchalik ishonarli bo’ladi. Bu esa birinchi navbatda, muallif holisligi bilan bog’liq holatdir. Xolislikni vujudga keltirish uchun yozuvchi bayonni o’z nutqi orqali ifodalashi maqsadga muvofiqdir. Zero, ustozimiz Yo’ldosh Solijonov ta’kidlaganlaridek: “Hayot muallif nutqida o’z xolis tasvirini topgandagina o’quvchi uni esidan chiqaradi, ya'ni asarni mutolaa qilish jarayonida kitobxon unda muallif aytmoqchi, ilgari surmoqchi bo’lgan fikrlarini uning obrazlar tizimidan, qalamga olingan voqea - hodisalarning mantiqiy rivojidan, qahramonlarning iroda yo’nalishi qay darajada yoritilishidan anglab oladi”11.
    Demak, o’rganilayotgan o’zbek adabiyotining bosh fazilatlaridan eng muhimi bevosita muallif bayonining vazifa doirasi kengayganligi, munosabat shaklining
    kishanlaridan ozod bo’lib, umumbashariy tamoyillarga moslashganligida, yozuvchi uslubining turli qoliplardan xalos bo’lib rang-baranglashganida ko’rindi.
    “Bilvosita bayon qilish jarayonida muallifning emotsional izhori ham munosib o’rin oladi. Bunday holatlar ko’proq janr xususiyatlaridan kelib chiqib, liroepik dostonlarda, romantik nasriy asarlarda uchraydi”12- deb ta’kidlaydi Yo’ldosh Solijonov. Darhaqiqat asarlarda ro’y berayotgan voqea-hodisalar qahramonlar harakati orqali ko’zga tashlanadi. Muallif esa unda faol qatnashuvchi shaxs sifatida emas, balki qahramon qalbiga singib kirib, o’z nuqtai - nazarini qahramon nigohi bilan ko’rish va ifodalashga intiladi. Tilimizdagi ayrim so’z va iboralar mavjud qahramon nutqiga oid holat sifatida tan olinadi. Chunki ular muallif tomonidan qalamga olinishi mumkin emas. Adabiyotshunos Yo’ldosh Solijonov bilvosita muallif nutqini sub'ektiv mansubligiga ko’ra qqquyidagi ikki imkoniyatni alohida qayd etadi:
    “1. Muallif nutqidagi so’z o’z mazmuni, mohiyati bilan bevosita muallif nuqtai nazarini aks ettiradi va predmet haqida axborot berishga yo’naltirilgan bo’ladi. Muallif nutqidagi so’z xabar berayotgan predmetni (uni qahramon qanday atagan bo’lsa shunday) atab, o’sha qahramonning nuqtai- nazarini aks ettiradi. Ya'ni predmet haqidagi axborot bilvosita o’zganing nuqtai nazari va o’zganing atamasi bilan beriladi.”13
    Bilvosita muallif nutqida so’z va iboralar asar bayonining rang-barangligiga, qarashlarning aniqligiga, ishonarli chiqishiga, fikrlarning qiziqarli bo’lishiga, qahramonning faolligini isbotlashga yordam beradi.


  1. Matnda gaplar o’zaro turli sintaktik aloqa vositalari yordamida birikadi. Ularga takroriy bo’laklar, olmoshlar, xiazmatik konstruksiyalar, zamon va makon
    ifodalovchi birliklar, kesimlarning zamon shakllari, modal so’zlar kabi turli leksik
    grammatik birliklar kiradi. «Bizningcha, sintaktik aloqaning bu turi qo’shma gap
    komponentlari orasidagi grammatik aloqaga o’xshab ketadi, faqat murakkabroq
    ko’rinishda yuzaga chiqadi. Ma’lumki, qo’shma gap komponentlari orasida
    biriktirish, qiyoslash, zidlash, sabab-natija, shart-payt, aniqlash, izohlash kabi
    mazmuniy munosabatlar ifodalanadi. Bu munosabatlar qo’shma gapning uch turi:
    bog’lovchisiz, bog'langan va ergash gapli qo’shma gaplarda komponentlarni o’zaro
    biriktiruvchi sintaktik aloqa vositalar-intonatsiya, bog'lovchilar, bog’lovchi
    vazifasidagi so’zlar, gap bo’laklari tartibi, olmoshlar, ayrim so’zlarning takrorlanishi, umumiy ikkinchi darajali bo’laklar, kesimlarning zamon munosabati kabilar orqali reallashadi. Ko’rinadiki, qo’shma gaplarda sintaktik aloqa predikatsiyalar orasida o’rnatiladi. Tekstda esa sintaktik aloqa bir butun gaplar, superfrazali sintaktik butunliklar, abzaslar, qismlar, bo’limlar, boblar o’rtasida yuzaga chiqib uning mazmuniy va struktural birligini ta'minlaydi»22. Demak, matn tarkibidagi gaplar faqat struktural jihatdan emas, balki mazmunan ham bir-birini taqozo qilishi kerak ekan.
    Matn butunligida mazmuniy yaqinlik qanchalik ahamiyatli bo’lsa, mazmun izchilligi ham shunchalik muhim Masalan: 1. Hovli yog' tushsa yalagudek top-toza bo’ldi. 2. Ahmad bugun ham darsga kelmadimi? 3. Har qanday chuqurlikdan ham

    Yüklə 38,35 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin