Guruh talabasi Qurbonboyeva Madinabonuning O’zbek tilining mazmuniy sintaksisi fanidan mustaqil ish topshirig’i



Yüklə 38,35 Kb.
səhifə5/5
tarix07.01.2024
ölçüsü38,35 Kb.
#201489
1   2   3   4   5
Sintaksis

Hoy, ovsar! Bosar-tusaringni bilmay qolding-ku! (S.Ahmad). Oyisha, Oyisha, Oyisha ona, Nechun ko’zlaringdan oqar marjon yosh. (A.Oripov) Keltirilgan birinchi misoldagi “malikam” murojaat birligi muloqot maqsadi uchun "tramplin» vazifasini bajarmoqda. Ikkinchi gap tarkibidagi “ovsar” murojaat birligi kommunikantlar o’rtasidagi shaxsiy munosabatni (kamsitish haqorat) oshkora ifodalash orqali konnotativ vazifani bajargan. Uchinchi gapda so’zlovchining emotsional munosabati takror qo’llanuvchi “Oyisha ona” murojaat birligi orqali yana-da aniq ifodalangan. «Undalmaning bir murojaatning o’zida takror qo’llanishi ma'no kuchaytirish, ta'sirchanlikni oshirishga xizmat qiladi». Murojaat birliklarining badiiy matndagi qo’llanilishini o’rganishda kim, kimga, nimaga, qanday holatda, qanday nutqiy vaziyatda murojaat qilinayotganligiga e’tiborni qaratish kerak bo’ladi. Nutq qaratilgan shaxs yoki obyekt (muxotab)ning nutq jarayonida mavjud-mavjud emasligi, murojaatning ifoda tarsi, murojaat qiluvchining muxotabga subyektiv munosabati kabi omillar tahlilga tortilishi lozim. Muxotab ba'zan o’t-o’lan, hayvon yoki narsa-buyum bo’lishi ham mumkin. Masalan: Qizg'aldog'im, qirdan bo’lak koshonan yo’q,
Kokii yoysang, yerdan bo’lak toshoynang yo’q. (M.Yusuf)
Yoki:
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam,
Majnun bo’lib, sahrolarga yetalasam,
Bu dunyoda birday g'arib men ham, sen ham,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?.. (M.Yusuf)
Tahlilda bu kabi holatlarning sababi aniqlanishi talab qilinadi. Yozuvchi yoki
shoirning murojaat qilishdan maqsadi va badiiy niyati nimadan iborat ekanligi,
murojaat birliklaridagi denotativ konnotativ ma'nolar haqida mulohaza yuritiladi.
Zamonaviy adabiyotshunoslikda mazkur usul ritorik murojaat atamasi ostida
o’rganiladi. Ritorik murojaatlarda ritorik so’roqlarda bo’lgani kabi javob talab
qilinmaydi, balki, “obyektga e’tiborni kuchaytiradi va kitobxonda biror munosabatni uyg’otadi”. Asosan, «shoirning poetic nutqda o’zi xohlagan intonatsiyasini – tantanavoriik, ko’tarinkilik, g’azab, kesatish kabilarni ifodalashda» keng foydalaniladi.



Yüklə 38,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin