Qumri – Streptopelia decaocta Frif.
Kaptarlar
turkumiga
kiradi
va
O„zbekistonda keng tarqalgan. U bog„larda,
shahar va qishloqlarda, aholiga yaqin joylarda
yashaydi. Rangi qo„ng„ir, kulrang, buynining
elka tomonida yarim oysimon qora yo„li bor.
Bo„yin osti, jig„ildon, ko„kragi kulrang
pushti, boshi va qorin tomoni havorang. Dum
patlari kulrang oqishroq. Fevral oylaridan
erkaklari
o„ziga xos tovush chiqarib
urg„ochilarini chaqira boshlaydi. Boshqa
kaptar, musichalarga o„xshash, daraxtlarga,
shiftlarga xas-cho„plardan sodda uyalar
quradi. Bolalarini qush "suti" bilan boqadi.
Donxo„r, ovqatlanish uchun yaqinroqdagi dalalarga uchib boradi. Ular katta
guruhlar hosil qilmaydi. Ov ahamiyati uncha katta emas. Qush ishqibozlari
qumrilarni qo„lga o„rgatib, qafasda saqlaydilar. Qafas sharoitida ko„payadi.
Qumrilar odamga ancha o„rganib borayotgan qushlardan hisoblanadi. Odam 16-20
metr yaqin borsa ham bezovtalanmaydi.
Dostları ilə paylaş: |