Zarg‘aldoq – Oriolus oriolus L.
Chumchuqsimonlar turkumi zarg„aldoqlar oilasiga kiradi. Zarg„aldoq bizda
keng tarqalgan, eng chiroyli qushlardan biri hisoblanadi. Bularning xo„rozlari,
ayniqsa, tovlanib turadi. Yelka tomoni va qorin tomoni to„q-sariq, qanoti va dum
patlarining o„rtasi qora. O„rta Osiyoda keng tarqalgan - tog„larda, daryo
vodiylarida, madaniy landshaftlarda uchraydi. Bahorning aprel oxiri va may
oylarida uchib keladi, sentyabr oylarining boshlarida uchib keta boshlaydi. Qalin
o„rmonlarda yashashni ma‟qul ko„radi. Juda ehtiyotkor qush, odamdan yashirin
hayot kechiradi. Baland daraxtlarga har xil narsalarni to„qib uyalar quradi. Uya
qurishda erkak va makiyoni birga ishtirok etadi. Tuxumini makiyoni bosadi, erkagi
uni boqadi. Uyasiga 3-4 dona tuxum qo„yadi. Uyalarini boshqa yirtqich qushlardan
(hakka, qarg„a va boshqalar) himoya qiladi. Bu qushlar haqiqiy o„rmon qushlari,
yashil rangi ularga himoya vazifasini o„taydi, qalin shox-shabbalar orasiga ustalik
bilan yashirinadi. Ularni sayragan tovushlarini eshitib, keyin axtarib ko„rish
mumkin. Yerga kam tushadi,
yaxshi yurolmaydi. Olma, nok,
anjir mevalarini cho„qib bog„larga
qisman zarar keltirishi mumkin.
Zarg„aldoq O„rta Osiyodagi
eng chiroyli qushlardan biri,
bizning bog„larimizni o„zining
chiroyli ko„rinishi bilan bezabgina
qolmay, chiroyli sayrashi bilan
insonlarga zavq bag„ishlaydi. Bu
qushlarni acrash kerak.
|