Hindiston chumchug‘i – Passer indieus Jard.
Haqiqiy
chumchuqsimonlar
oilasiga kiradi. Tashqi ko„rinishdan uy
chumchuqlariga o„xshab ketadi. Lekin
boshining ikki yonidagi patlari oz
bo„lishi bilan ulardan farq qiladi. O„rta
Osiyoda ancha keng tarqalgan, sentyabr
va oktyabr oylarida qishlash uchun
Afg„onistonga va Hindistonga keta
boshlaydi. Bu chumchuqlarning uya
qurish joylari xilma xil. Ular uylarga,
molxonalarga, daraxtlarga, to„qayzor va
tog„ qoyalariga gala bo„lib uyalar quradi. Faqat yozda bir marta ko„payadi.
Tuxumlarini 12-13 kun makiyonlari bosadi, bolalarini 12-14 kun urg„ochi va
erkagi birga boqib uchirma qiladi. So„ngra bolalari ham galaga qo„shilib, ko„chib
yura boshlaydi. Bu qushlar bahor oylarida o„zlari ham bolalarini ham hasharotlar
bilan boqib foyda keltiradi. Keyin yuzlab va minglab sonda galalar hosil qiladi.
Bug„doy, arpa, sholi, tariq va boshqa madaniy o„simliklarning donlari bilan
ovqatlanib, xo„jaliklarga zarar yetkazadi. Chumchuqlar oq jo„hori va jo„horining
ashaddiy kushandasi hisoblanadi. Ko„pincha, mana shu o„simliklarga zarari katta
bo„ladi. Ko„plab ko„paygan yillari 30-50 foiz hosilni nobud qilgani hisoblab
chiqilgan. Mahalliy aholi oddiy uslublar bilan "chuchelalar" qo„yish, shovqin
chiqaruvchi materiallar, baqirib-chaqirish bilan haydaydi. Ko„plab ko„payib ketgan
yillarda donlarni bariyning ftorli birikmalari bilan zaharlab, mahallalardan uzoq
joylarga sepib qarshi kurashilgan.
Chumchuqlarga qarshi kurashda ehtiyotkorlik choralarini ham esdan
chiqarmaslik kerak. Chunki 60-70-yillarda Xitoyda bu chumchuqlarni tamoman
qirib tashlanishi oqibatida sholi va boshqa donlarning hosildorligi 2-3 yil ortib,
so„ngra hosildorlik keskin kamayib ketgan. Sababi o„rganilganda, chumchuqlar
yo„qligi sababli zararli hasharotlar ko„payib, hosildorlikka ta‟sir etgan. Xitoyda
qaytadan chumchuqlar sotib olinib, ko„paytirilgan.
|