M IRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
Biologiya fakulteti
Biologiya yo’nalishi 204-guruh talabasi Ovlayev Shoxruxning Zoologiya fanidan
Kurs ishi
MAVZU:Suvda ham quruqlikda yashovchilar va ularning quruqlikka chiqish sabablari.
Bajardi:________
Tekshirdi:_______
Toshkent-2022
Mundarija
Kirish…………………………………….3
I Bob.Adabiyotlar tahlili………………...5
II Bob.Tekshiruvlar metodikasi……………………………….8
III Bob.Suvda va quruqlikda yashovchilar kelib chiqishi tarixi va ularning quruqlikka chiqish sabablari………………………..12
IV Bob.Suvda va quruqlikda yashovchilar xilma-xilligi…………………………….25
4.1.Ko’l baqasining tuzilishi va rivojlanishi……………………………..27
4.2.Timsohlar va toshbaqalar turkumlari……………………………...33
4.3.Tangachalilar turkumi……………..39
Xulosa....................................................44
Foydalanilgan adabiyotlar……………..47
Kirish
Suvda va quruqliqda yashovchilar (Amphibia) — suvdan quruqlikda yashashga oʻtgan dastlabki umurtqali hayvonlar sinfi. Quruqlikda yashashga oʻtish bilan Suvda va quruqlikda yashovchilarning tuzilishi balikdarga nisbatan takomillashgan, xususan, skeletning tayanch vazifasini bajarishga oʻshii bilan uzun naysimon suyaklar paydoboʻlishi oyoqlarning vujudga kelishiga sabab boʻlgan. Quruqpikda yashash atmosfera havosi bilan nafas olishga imkon beruvchi organ — oʻpkaning rivojlanishiga, qon aylanishi, nerv sistemasi va sezgi organlarining takomillashuviga olib kelgan. Shuning bilan birga Suvda va quruqlikda yashovchilar skeletida togʻayning koʻp boʻlishi, nafas olish, qon aylanishi, ayirish, nerv sistemasi va boshqa organlarning sodda tuzilganligi, lichinkasining yon chiziqlari, dumi, yuragining 2 kameradan, qon aylanish sistemasining bir doiradan iboratligi ularni quruqlikda yashovchi eng sodda tuzilgan umurtqali hayvonlar ekanligini koʻrsatadi. Koʻpchilik Suvda va quruqlikda yashovchilarning hayoti voyaga yetgan davrida ham suv bilan bevosita bogʻliq.
Suvda va quruqlikda yashovchilar yuqori devon davrida qadimgi panja qanotli baliqlardan kelib chiqqan; ular baliqlar bilan haqiqiy quruqlikda yashovchi hayvonlar (amniotlar) oʻrtasida oraliq oʻrinni egallaydi. Stegotsefallar deb atalgan qadimgi Suvda va quruqlikda yashovchilar bosh qutisi skeleti 1 m gacha boʻlgan. Ular karbonning oʻrtalarigacha quruklikda yashovchi yagona umurtqalilar boʻlgan. Karbon davri oxiridan boshlab quruqlikda sudralib yuruvchilar hukmronlik qila boshlagan. Hozirgi sudralib yuruvchilar yura davridan maʼlum.
I Bob.Adabiyotlar tahlili
Hayvonlar togrisidagi dastlabki malumotlar qadimgi Gresiyaning buyoq faylasufi va tabiatshunosi Aristotel tomonidan berilgan, uning «Hayvonlar tarixi», «Hayvonlarning kelib chiqishi», «Hayvonlarning kelib chiqish», «Hayvonlarning qismlar togrisida» kabi asarlarida 452 tur hayvon togrisida malumotlar berildi. Aristotel hayvonlarni ikki gruppaga ajratgan: 1) qoni yoq hayvonlar. 2) qoni bor hayvonlar. Bu umurtqali hayvonlar va umurtqasiz hayvonlarga mos kelardi. Qadimgi Rim olimi Pliniy ikkinchi (eramizning 23-79 yillar) ozining «Tabiiy tarix» kitobida usha davrda malum bolgan hamma hayvonlarni yozgan. eramizning boshidan to orta asrlarga qadar, yani feodalizm davrida fanda ham turgunlik boshlanadi. Tiklanish davrida (XV-XVI asrlar) tabiatni va shu jumladan, hayvonlarni organishga qiziqish kushaydi. Bu davrda hayvonlar togrisidagi tuplangan materiallar sistemaga solishni talab qilar edi. Mana shunday yirik zoologik ishlardan biri Shvesariya olimi K.Renserning (1516-1565 y.) «Hayvonlar tarixi» degan kitobi xisoblanadi. XVIII asrga kelib hayvonlarning hozirgi zamon sistemasi yaratildi. Bu ishda shved olimi K.Linneyning ximmati nixoyatda katta. K.Linney hamma hayvonlarni 6 ta sinf boldi: sut emizuvchilar, qushlar, suvda va quruqlikda yashovchilar, baliqlar, xasharotlar va chuvalchanglar. Sinflarni turkumlarga, turkumlarni avlodlarga va avlodlarni turlarga boldi. Fransiya olimi J.Kyuve (1769-1832) organ va qismlarning ozaro boglikligi (korrelyasiya) togrisidagi talimni ishlab chiqdi. J.Lamark (1744-1829y) esa organik olam evolyusiyasi togrisidagi talimotning avtorlaridan biri edi. Rossiya zoologiya boyicha ilmiy materiallar fanlar akademiyasi ekspedisiyalarining ishi natijasida yigildi. Akademik Pallas Volga boyi, Sibir, Kozogiston va Ural faunasini organdi. S.Steller Ozoq Sharqni, S.Gmelin Rossiyaning Evropa qismi janubini, I.Lepexin mamlakatning Shimoliy va Markaziy qismlarining Umurtqali hayvonlarini organdilar. Zoologiyaning ekologik yonalishini rivojlantirishda MDU professori K.Rule (1814- 1858 y) katta xissa qoshdi. Rulening shogirdi N.A.Seversov (1827-1885) oz ustozining goyalarini Umurtqali hayvonlar ekologiyasi va zoogeografiyasi yonalishlarida kushaytirdi. Rus olimlarining baliqlar (K.S.Berg, 1876-1950), amfibiya va reptiliya (P.M.Terentev, 1903-1970 y), qushlar (G.P. Dementev, 1890-1968 y) va sut emizuvchilarni (S.I.Ognev, 1886-1951y) organishdagi xissalari juda kattadir. Umurtqali hayvonlarning ekologiyasining prof. D.N.Kashkarov (1878-1941y), akademik S.S.Shvars (1919-1976 y) prof. N.T.Naumovlar (1902-1982) batavsil va har tomonlama organdilar. Umurtqali hayvonlarning anatomiyasi akademik Shmalgaozen (1884-1963) va uning ustozi akademik A.N.Seversevlar (1866-1936) buyuk ishlar qildilar. Xordalilar tipiga tashqi korinishi, yashash, sharoiti va xayoti har xil bolgan hayvonlar kiradi. Xordalilarning vakillari hamda xayot muxitlarida: suvda, yer ustida, yer tagida, daraxtlarda va xavoda yashaydi. Geografik tomondan bular yer sharining deyarli hamma qismiga tarqalgan. Xordalilar tipining hozirgi zamonda yer yuzida yashayotgan turlari 50 ming atrofida. Xordalilar tipiga har xil lansetniklarni oz ichiga olgan bosh qutisizlar, hozirgi zamon vakillari minogalar va miksinalarni umumlashtirgan togarak ogizlilar hamda Umurtqali hayvonlarni olti sinfi, yani togayli va suyakli baliqlar, suvda va Quruqda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar kiradi. Xordalilarga yana dengizlarda otrok xolda xayot kechiruvchi hayvonlar- pardalilar ham kiradi. Xordalilar tuzilishi va yashash sharoitlari har xil bolishiga qaramasdan quyidagi belgilari bilan boshqa hayvonlardan farq qiladi: 1. Uk skeleti bolib xorda yoki orqа - tori xizmat qiladi. Xorda elastik egiluvshan ozaklardan hamda vakuola xujayralardan tuzilgan tuqimadan tashkil topgan. Xorda ichak nayining ustki devoridan ajralib chiqadi, ya’ni entoderma xisobidan taraqqiy etadi.
Tuban xordaliklarda xorda umrbod saklanadi, yuqori xordalilarda esa embrional organ xolida boladi va keyinchalik xorda togay yoki suyak umurtqalar bilan almashinadi. 2. Uk skeletining ustida ichi bosh nay shaklidagi markaziy nerv sistemasi joylashadi. Nerv nayining ichidagi boshliqqa nevrosel deyiladi. Nerv nayi embrional taraqqiyot davrida ektoderma xisobidan rivojlanadi. 3. Xazm nayining oldingi bolimi (xalqum) devorining ikki tomoniga qator ornashgan va xalqum boshligini tashqi muxit bilan tutashtirib turadigan jabra yoriqlari boladi.Tuban xordalilarda jabra yoriqlariga joylashgan jabralar umrbod saqlanadi va nafas olish organi bolib xizmat qiladi. Quruqda yashaydigan Umurtqalilarda jabralar faqat embrion davrida xosil boladi. Yuqorida aytilgan uchta belgi bilan bir qatorda xordalilar uchun tubandagi belgilar ham juda xarakterlidir, lekin bu belgilar boshqa bazi tiplarda ham uchraydi. 1. Xordalilar va nina terilarda ikkilamchi ogiz teshigi boladi. 2. Xordalilarda nina terilarda va xalqali chuvalchanglarda ikkilamchi tana boshligi (selom) boladi. 3. Yuqori taraqqiy etgan xordalilarning zarodishlarida va tuban xordalilarda kopgina organlar metamer (sigmentli) joylashadi. Xordalilarda tashqi sigmentasiya bolmaydi. 4. Xordalilar va kopchilik umurtqasiz hayvonlarning (bulutlar va kavak ichaklaridan tashqari) simmetriyali bolib tuzilgan. Xordalilar tipi uchta kenja tipiga bolinadi: 1.Lichinka xordalilar yoki pardalilar 2.Bosh qutisizlar 3.Bosh qutililar yoki umurtqalilar
II Bob.Tekshiruvlar metodikasi
Yunon ensiklopedist olimi Aristotel (eramizgacha 384-322 yillar) o’ziga ma’lum bo’lgan hayvonlarni quruqlik, suv, suvda va quruqda yashovchilar, hayot kechirish tarziga binoan yakka holda, jamoa bo’lib, o’troq, ko’chmanchi, daydib yuruvchi, kunduzgi, tungi hayvonlar guruhlariga bo’lgan. Oziqlanish usuliga qarab, hayvonlarni go’shtxo’r, o’txo’r, hammaxo’rlarga, harakatlanish usuliga binoan, yuruvchilar, suzuvchilar, uchuvchilar, sudraluvchilar, chirmashuvchilar kabilarga ajratgan. Antik davrda qo’lga kiritilgan ilmiy yutuqlar shu holda uzoq vaqtgacha (o’rta asrlargacha) o’zgarishsiz, e’tibordan chetda qolib keldi, chunki dinning fanga, ayniqsa, tabiatshunoslik fanlariga salbiy ta’siri juda kuchli edi. Faqatgina uyg’onish davriga kelib (XV-XVI asr) dunyo bo’yicha amalga oshirilgan mashhur sayohatlar boshqa bir qator tabiatshunoslik fanlari singari biologiya va uning bir tarmog’i hisoblangan ekologiyaning shakllanishi va rivojlanishiga turtki bo’ldi. Masalan, Djon Rey (1628-1705) va Karl Linney (1707-1778) tomonidan ilmiy sistematika faniga asos solindi. Shunday davrda morfologiya, fiziologiya kabi fanlar ham shakllana boshlandi. L.Byuffonning (1707-1788) 13 tomlik “Tabiat tarixi” asarida organizm va uni o’rab turuvchi muhit orasida bog’lanish mavjudligiga katta e’tibor berilgan. Rus naturalist olimlari P.S.Pallas (1741-1811), I.I.Lepyoxin (1740-1802), S.P.Krasheninnikov (1711-1755) va boshqalarning Sibir, Uzoq Sharq, Ural, Kavkaz, Qozog’iston, O’rta Osiyo kabi hududlarga qilgan sayohatlarida to’plagan juda katta materiallar va ekologik kuzatishlar tufayli fauna va flora haqida qimmatli ilmiy yangiliklar qo’lga kiritildi. Kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari g’alaba qilgandan so’ng ekologiya mustaqil fan sifatida shakllana boshlanadi. Tabiiy boyliklar shiddat bilan qazib olinishi va undan haddan tashqari plansiz ravishda foydalanish, ularga nisbatan bo’lgan munosabatni keskin o’zgartirish va qayta ko’rib chiqishni taqozo etdi. Masalan, Yevropada XII-XIII asrlardan boshlab o’rmonlarning keskin qisqara boshlanishi, yoki XIX asrga kelib Amerikada o’rmonlar maydonining 6 marta qisqarishi, ovlanadigan hayvonlarning (sut emizuvchilar, qushlar, baliqlar) tabiiy zahiralarining keskin kamayishi, o’rmon zararkunandalarining haddan tashqari ko’payib ketishi va hokazolarni aytib o’tish kifoyadir. Tirik organizmlarning atrof-muhit bilan munosabatlarida harorat va namlik, yorug’lik rejimi, ximizm va boshqa bir qator omillarning roli haqida ma’lumotlar to’plana boradi. Kuzatish va tajribalarda hayvonlar xulq-atvori va odatlariga e’tibor berilar ekan, unda tug’ma va orttirilgan elementlarga, taksis va instinktlarga alohida to’xtalib o’tiladigan bo’lishdi. Bundan tashqari, ekologik kuzatishlarda hayvonlarning soni va uning dinamikasiga ham e’tibor beriladigan bo’ldi. Oqibatda organizmlarning tashqi muhit bilan bog’liqligi to’g’risida ilmiy asoslarning to’planishi sababli 1809 yilda J.B.Lamark “Zoologiya falsafasi” asarida o’zining evolyusion ta’limotini bayon qiladi.Lekin o’sha davrda ushbu nazariya ko’pgina sabablarga binoan e’tibordan chetda qolgan edi. Rossiyada hayvonlar ekologiyasi fanining shakllana boshlashiga rus olimlari orasida Lamark va J.Sent-Ilerlarning evolyusion ta’limotidagi fikrlarining tarqalishi katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Dostları ilə paylaş: |