M irzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti biologiya fakulteti Biologiya yo’nalishi 204-guruh talabasi Ovlayev Shoxruxning Zoologiya fanidan Kurs ishi mavzu



Yüklə 297,93 Kb.
səhifə10/13
tarix08.06.2022
ölçüsü297,93 Kb.
#61018
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
M irzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti biologi

Kelib chiqishi. Dastlabki suvda hamda quruqlikda yashovchilar bundan 300 mln yil ilgari chuchuk suvda yashovchi panjaqanotlilardan kelib chiqqan. Haqiqatan ham, qadimgi panjaqanotlilarning suzgichlari skeleti suvda hamda quruqlikda yashovchilar oyoqlari skeletiga o‘xshab ketadi.Qadimgi panjaqanotlilar o‘pka bilan nafas olgan. Ular chuchuk suvli sayoz daryo va ko‘llarda yashagan. Suv qurib qolganida esa muskulli suzgichlari yordamida boshqa suv havzasiga o‘rmalab o‘ta olishgan. O‘pkali panjaqa notlilardan qadimgi dumlilar, ulardan dumsizlar kelib chiqqan.

Tuxum qo‘yishi. Ko‘klam kelib, kunlar isiy boshlashi bilan baqalar qishki karaxtlik holatidan chiqib, suv havzalari yaqinida oziq axtara boshlaydi. Urchish payti yaqinlashgan sayin erkak baqalarning baland ovoz bilan sayrashi avj oladi. Urg‘ochi baqalar suvga tashlagan tuxumlariga erkak baqalar urug‘ suyuqlig‘ini to‘kib ketadi. Bitta baqa 5 000–10 000 tagacha tuxum qo‘yishi mumkin. Urug‘langan ?! tuxumning qobig‘i bo‘rtib, tiniq yopishqoq shilimshiq parda hosil qiladi. Tuxumning ustki qismi qoramtir tusda bo‘lganidan quyosh nuri ta’sirida yaxshi isiydi. Tuxumlar suv yuzasida to‘p-to‘p bo‘lib qalqib yuradi. Rivojlanishi. Urug‘langan tuxumdan lichinka (itbaliq) rivojlanib chiqadi . Itbaliqning ko‘rinishi mayda baliqchaga o‘xshaydi. Uning uzun va keng dumi, ikki yonida joylashgan ikki tutam tashqi jabralari bo‘ladi. Rivojlangan sayin tashqi jabralar halqum devorida joylashgan ichki jabralar bilan almashinadi. Itbaliqning yuragi ikki kamerali, qon aylanish sistemasi ham bitta doiradan iborat. Tanasining ikki yonida yon chiziqlari bo‘ladi.


Tuxumdan chiqqan itbaliq dastlab tuxumdan qolgan oziq moddalar hisobiga yashaydi. Keyinroq u mayda suv o‘tlari, bir hujayrali hayvonlar va suv o‘tlari sirtiga yopishgan turli mikroorganizmlar bilan oziqlana boshlaydi. Rivojlanish davomida dastlab uning orqa oyoqlari, so‘ngra oldingi oyoqlari paydo bo‘ladi; jabrasi o‘pka bilan almashinadi. Qon aylanish sistemasi organlari ham qayta quriladi. Yosh baqa suv yuzasiga ko‘tarilib, atmosfera havosi bilan nafas ola boshlaydi. Dumi asta-sekin yo‘qolib ketishi bilan itbaliq yosh baqaga aylanadi va quruqlikka chiqadi. Yosh baqalar uch yildan keyingina voyaga yetadi va urchiy boshlaydi.

4.1.Ko’l baqasining tuzilishi va rivojlanishi Yashash muhiti va hayot kechirishi. Ko‘l baqasi yer yuzida keng tarqalgan, faqat sovuq shimoliy mintaqalarda va baland tog‘li hududlarda uchramaydi. Yilning iliq mavsumlarida uni sernam joylarda, chuchuk suv havzalari va ular yaqinida uchratish mumkin. Hayotining ko‘p qismini quruqlikda o‘tkazsa-da, suvdan hech qachon nari ketmaydi. Baqa ariqlar tubidagi balchiqqa ko‘milib yoki suv ostidagi o‘simliklar orasida, daraxtlar ildizi yaqinidagi kovaklarda qishki uyquga ketadi. Ko‘l baqasi kunduz kunlari qirg‘oq yaqinida ov qiladi. U qo‘ng‘iz, pashsha, chivin, o‘rgimchak kabi mayda umurtqasiz hayvonlar. Ovga chiqqan baqa qimirlamay o‘ljani poylab yotadi. Baqalar faqat harakatlangan o‘ljanigina payqaydi. Baqa og‘zidan uzun yopishqoq tilini chiqarib, o‘ljani tili bilan yopishtirib oladi. Tashqi tuzilishi. Baqaning gavdasi yapaloq, katta yassi boshi tanasiga chegarasiz qo‘shilib ketganligidan bo‘yni bilinmaydi. Boshi tanasiga harakatchan birikkanligi bilan baliqlardan farq qiladi (69-rasm). Bo‘yni qisqa bo‘lsa ham, baqa boshini har tomonga buradi va ega oladi. Boshining ikki yoniga bo‘rtib chiqqan ko‘zlarini yuqoridan va pastdan harakatchan qovoqlar himoya qiladi. Qovoqlar ko‘zni namlab, uni qurib qolishdan saqlaydi. Bir juft burun teshigi ko‘zlarining oldida joylashgan. Burni hid bilish va havo o‘tkazish vazifasini bajaradi. Burun bo‘shlig‘i og‘iz bo‘shlig‘i bilan tutashgan. Baqa va boshqa suvda hamda quruqlikda yashovchilar atmosfera havosi bilan nafas oladi. Havo burun teshiklari orqali o‘pkaga o‘tadi. Burni va ko‘zlari boshining ustki qismida joylashgan. Baqa faqat burni va ko‘zini suvdan chiqarib, atrofni kuzatib turadi. Baqa suv ostiga sho‘ng‘iganida maxsus klapanlar uning burun teshigini bekitib, nafas yo‘liga suv o‘tkazmaydi. Baqa ko‘zining orqa tomonida joylashgan nog‘ora pardasi eshitish organi hisoblanadi. Erkak baqalar boshining ikki yonida tovushni kuchaytiradigan kulrang pufaklar – rezonatorlar bo‘ladi. Baqalar urchish davrida vaqillagan ovoz chiqaradi. Baqa va hamma quruqlikda yashovchi xordalilarning ikki juft yurish oyoqlari rivojlangan. Oldingi oyoqlari yelka, bilak va panja; orqa oyoqlari son, boldir va tovon bo‘limlariga bo‘linadi. Baqaning oldingi oyoqlari to‘rt barmoqli bo‘lib, beshinchi barmog‘i rivojlanmagan. Orqa oyoqlarining besh barmoqlari orasida tarang tortilgan . Suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfi suzgich pardasi bor. Orqa oyoqlari oldingi oyoqlariga nisbatan uzun va baquvvat bo‘ladi. Quruqlikda baqa orqa oyoqlariga tayanib sakraydi, suvda esa orqa oyoqlarini dam-badam bukib va yozib suzadi. Baqaning terisida shilimshiq suyuqlik ishlab chiqaruvchi bezlar uning terisini namlab, qurib qolishdan saqlaydi. Skeleti va muskullari. Baqa skeletining asosiy bo‘limlari zog‘orabaliqnikiga o‘xshash suyaklardan iborat . Biroq quruqlikda hayot kechirishga moslashishi va oyoqlarining paydo bo‘lishi tufayli skeleti tuzilishida qator o‘ziga xos xususiyatlar yuzaga kelgan. Xususan, umurtqa pog‘onasi bo‘yin umurtqasi orqali kalla suyagi bilan harakatchan qo‘shilgan. Baqaning qovurg‘alari rivojlanmaganidan ko‘krak qafasi ham bo‘lmaydi. Dum umurtqalari birlashib, bitta uzun dum suyagini hosil qiladi. Baqaning oldingi va orqa oyoqlari skeleti kamar suyaklari orqali umurtqa pog‘onasi bilan tutashgan. Oldingi oyoqlar skeleti bittayelka, ikkita bilak va bir qancha panja suyaklaridan iborat. Ular yelka kamari: ikkitadan ko‘krak tirgak, o‘mrov va kurak suyaklari orqali umurtqa pog‘onasiga birikadi. Kamar suyaklarining ikkinchi uchi to‘sh suyagiga tutashgan. Orqa oyoqlar son, boldir, tovon, panja suyaklaridan iborat. Orqa oyoqlar kamarini o‘zaro harakatsiz birikkan uchta chanoq suyaklari hosil qiladi. Chanoq suyaklari orqa oyoqlar uchun tayanch bo‘ladi. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar oldingi va orqa oyoqlarining barcha suyaklari o‘zaro bo‘g‘imlar orqali harakatchan birikkan; muskullari nisbatan kuchli rivojlangan. Shuning uchun ularning harakati baliqlarnikiga nisbatan xilma-xil va murakkab bo‘ladi.2
Hazm qilish sistemasi. Baqaning hazm qilish organlari baliqlarnikiga juda o‘xshash bo‘lib, og‘iz bo‘shlig‘i, halqum, qizilo‘ngach, oshqozon va ichakdan iborat .Og‘iz bo‘shlig‘ida harakatchan tili va jag‘lari bor. Yuqori jag‘i va tanglayida konussimon tishchalari bo‘ladi. Baqa orqa ichagining keyingi qismi kengayib, kloakani hosil qiladi. Nafas olish sistemasi. Baqa o‘pka va terisi yordamida atmosfera havosidan nafas oladi. O‘pkasi sodda tuzilgan bir juft xaltachadan iborat. Xaltacha devorida va terida juda ko‘p kapillyarlar bor. Kapillyarlardagi qonga atmosfera havosidan kislorod o‘tib turadi. Nafas olayotgan baqaning tomog‘i pastga tortilib va ko‘tarilib turadi. Tomoq pastga tortilganida havo burun teshigi va og‘iz bo‘shlig‘i orqali o‘pkaga o‘tadi. Tomoq ko‘tarilganida o‘pkadagi karbonat angidrid gaziga to‘yingan havo yana og‘iz bo‘shlig‘i va burun teshigi orqali tashqariga chiqib ketadi. Qon aylanish sistemasi. Baqaning qon aylanish sistemasi organlari yurak, arteriya, vena va kapillyar qon tomirlaridan iborat. Yurak bitta qorincha va ikkita bo‘lmadan iborat. Yurak qorinchasi bo‘lmalarning ketma-ket qisqarishi tufayli qon tomirlar bo‘ylab harakatlanadi. Qon aylanish sistemasi katta va kichik qon aylanish doirasidan iborat. Katta qon aylanish doirasi bo‘ylab qon yurak qorinchasidan arteriyalar orqali hamma tana organlariga boradi. U yerda qon to‘qimalarga kislorodni berib, karbonat angidrid gazi bilan to‘yinadi va yurakning o‘ng bo‘lmachasiga qaytib keladi. Kichik qon aylanish doirasi bo‘ylab qon yurak qorinchasidan o‘pka arteriyalari orqali o‘pka va teriga keladi. O‘pka va teridagi kapillyarlardan qon karbonat angidridni havoga beradi va kislorod bilan to‘yinib, yurakning chap bo‘lmasiga quyiladi. Shunday qilib, yurakning chap bo‘lmasida kislorodga boy arteriya qoni, o‘ng bo‘lmasida esa karbonat angidrid bilan to‘yingan vena qoni bo‘ladi. Ikkala bo‘lmaning baravar qisqarishi tufayli arteriya va vena qonlari bir vaqtning o‘zida yurak qorinchasiga tushib, qisman aralashadi. Ayirish sistemasi. Baqaning ayirish sistemasi baliqlarnikiga o‘xshash ikkita uzun tasmasimon buyrakdan iborat. Buyraklar qorin bo‘shlig‘ida, umurtqa pog‘onasining yon tomonlarida joylashgan. Har qaysi buyrakdan bittadan ingichka naycha – siydik yo‘llari chiqib, kloaka bo‘shlig‘iga ochiladi. Siydik kloaka orqali tashqi muhitga chiqib ketadi. Moddalar almashinuvi. Baqalar baliqlar singari sovuqqonli hayvonlardir. Ularning organizmida moddalar almashinuvi sust kechganidan tanasining harorati tashqi muhit haroratiga bog‘liq, ya’ni havo isiganda tana harorati ko‘tariladi, soviganida esa pasayadi. Sovuq tushganida baqalar kam harakat bo‘lib qoladi. Qishda ular biror pana joyga kirib olib karaxt bo‘lib yotadi. Nerv sistemasi. Baqaning bosh miyasi baliqlarnikiga nisbatan yaxshiroq rivojlangan, unda ikkita bo‘rtmachadan iborat yarimsharlar hosil bo‘ladi. Baqa baliqlarga nisbatan sekin harakatlanishi, tanasining yer yuzasiga yaqin joylashganligi tufayli ular harakatini va tana muvozanatini boshqarib turadigan miyachasi kuchsiz rivojlangan. Baqa sezgi organlarining tuzilishi quruqlik muhitiga moslashgan. Ikkita qovog‘i ko‘zlarini himoya qiladi va namlab turadi. Eshitish organlari ichki va o‘rta bo‘limdan iborat. O‘rta quloq ko‘zningorqasida joylashgan nog‘ora pardadan boshlanadi. Tovush to‘lqinlari nog‘ora pardani tebratganida tebranish o‘rta quloqda joylashgan eshitish suyakchalari orqali ichki quloqqa uzatiladi.

4.2.Timsohlar va toshbaqalar turkumlari


Toshbaqalar. Toshbaqalar tanasi orqa va qorin tomondan suyak hamda muguzdan iborat mustahkam kosa – qalqon bilan qoplangan. Kosa qovurg‘alar, umurtqalar va o‘mrov suyaklari bilan tutashgan. Biron xavf tug‘ilganida toshbaqa boshi, oyoqlari va dumini kosasi ichiga tortib oladi. Toshbaqaning bo‘yni uzun, boshi juda harakatchan bo‘ladi. Tili yo‘g‘on va go‘shtdor, tishlari rivojlanmagan, jag‘lari shoxsimon plastinkalar bilan qoplangan. Ko‘zi va hid bilish organlari yaxshi rivojlangan. Umurtqa pog‘onasida bo‘yin va dum umurtqalari o‘zaro harakatchan, boshqa umurtqalari orqa kosasi bilan harakatsiz birikkan . Ko‘pchilik toshbaqalar quruqlikda, ayrim turlari suv havzalarida hayot kechiradi. Chuchuk suvda hayot kechirishga moslashgan turlarining barmoqlari orasida suzgich pardasi bo‘ladi. Dengiz toshbaqalarining oyoqlari eshkak vazifasini o‘taydi. Mamlakatimizning cho‘l va adirlarida O‘rta Osiyo toshbaqasi keng tarqalgan. Toshbaqa yovvoyi o‘simliklar maysalari bilan oziqlanadi. Ba’zan bug‘doy va beda maysalarini yeb, birmuncha ziyon keltiradi. Jazirama yoz boshlanishi bilan adirlarda toshbaqaga oziq bo‘ladigan o‘simliklar qovjirab qoladi. Toshbaqa esa kuz kirgunicha uyquga Kech kuzda havo soviy boshlagach, u pana joylarga bekinib olib, qishki uyquga kiradi. Yevropaning janubida botqoq toshbaqasi uchraydi. Toshbaqa yaxshi suzadi va sho‘ng‘iydi; suvda uchraydigan umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Uzoq Sharq suv havzalarida yashaydigan terili toshbaqaning kosasi bo‘lmaydi. Tropik dengizlarda hayot kechiradigan dengiz toshbaqasi juda yirik, og‘irligi 300 kg dan oshadi. Toshbaqa eshkaksimon oyoqlari yordamida suvda suzadi; faqat tuxum qo‘yish uchun qirg‘oqqa chiqadi.
Timsohlar turkumi. Timsohlar bahaybat kaltakesaklarga o‘xshaydi. Tanasining uzunligi 7 m gacha boradi . Terisi orqa tomondan juda qalin qalqonlar bilan qoplangan; orqa oyoqlari barmoqlari orasiga parda tortilgan va ikki yondan siqilgan kuchli uzundumi yordamida suzadi va sho‘ng‘iydi. Timsohlarning eng yirigi Nil timsohining uzunligi 7 m ga yetadi. Amerika qit’asida tarqalgan alligatorlar va Hindiston gaviallarining uzunligi 6,5 m gacha bo‘ladi. Timsohlar – yirtqich hayvonlar. Ularning ko‘zlari va burun teshiklari boshi ustidagi maxsus bo‘rtiqchalarda joylashgan. Suvda suzayotgan timsohning burun teshiklari va ko‘zlari suvdan tashqariga chiqib turadi. Shu holatda timsoh suvga yaqinlashayotgan yirik hayvonlarni bemalol kuzatib turadi va sezdirmasdan yaqinlashib ularni tutib oladi. Urg‘ochi timsoh qirg‘oqqa chiqib, o‘zi qazigan chuqurga o‘nlab tuxum qo‘yadi va ko‘pincha tuxumlarini qo‘riqlaydi. Tuxumdan chiqqan bolalarini suvga olib boradi. Timsohlar boshqa sudralib yuruvchilarga nisbatan murakkab tuzilgan. Ularning o‘pka bo‘shlig‘i to‘siqlar bilan ko‘plab kameralarga bo‘lingan, yuragi esa to‘rt kamerali. Lekin vena va arteriya qoni yurakdan chiqqandan so‘ng aralashib ketadi. Timsohlar terisi yuqori baholanadi. Terisidan chiroyli portfel, sumka va oyoq kiyimlari tikiladi. Ayrim mamlakatlarda, masalan, Kubada timsohlar maxsus hovuzlarda ko‘paytiriladi. Sudralib yuruvchilarning kelib chiqishi. Sudralib yuruvchilar qadimda suvda hamda quruqlikda yashovchilardan kelib chiqqan. Bundan 300 mln yil oldin yer yuzida iqlimning tobora quruqlashib borishi ta’sirida suvda yashovchilar quruq iqlimga moslashib borgan: ularning terisi qalinlashgan; o‘pkasi kengayib, teri nafas olishda ishtirok etmaydigan bo‘lib qolgan. Tuxumlarining po‘sti ham qalinlashib, ular quruqlikka tuxum qo‘ya boshlagan. Ulardan hozirgi sudralib yuruvchilar paydo bo‘lgan. Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning boshqa bir qismi o‘zgarib, ulardan hozirgi dumlilar va dumsizlar kelib chiqqan. Yashash muhiti va tashqi tuzilishi. Ildam kaltakesak O‘rta Osiyoning cho‘l va tog‘oldi mintaqalarida tarqalgan. Terisi kulrang yoki yashil-kulrang tusda bo‘lganligi tufayli uni o‘tlar orasida yirtqich hayvonlar yaxshi payqamaydi. Ular juft-juft bo‘lib yashaydi, turli hasharotlar bilan oziqlanadi. Ildam kaltakesakning uzunligi dumi bilan birga 15–20 sm ga yetadi. Konussimon boshi harakatchan, qisqa bo‘yni orqali tanasiga birikkan. Tumshug‘ining uchida ikkita burun teshigi, undan orqaroqda – boshining ikki yonida ko‘zlari joylashgan. Ko‘zida yuqori va pastki qovoqlari bilan birga yupqa pardaga o‘xshash pirpiraydigan uchinchi qovog‘i ham bo‘ladi. Dam-badam ochilib va yopilib turadigan bu uchinchi qovoq kaltakesak ko‘zini doimo namlab turadi. Ko‘zlaridan orqaroqda joylashgan doirasimon nog‘ora parda tashqi quloq teshigini yopib turadi. Kaltakesak juda yaxshi eshitadi. Hatto hasharotlar o‘rmalayotganda chiqadigan tovushni ham sezadi. Kaltakesakning tili tuyg‘u va ta’m bilish organi hisoblanadi. U uzun ayri tilini tez-tez chiqarib, atrofidagi narsalarni bilib oladi. Kaltakesakning oyoqlarida 5 tadan panjasi bo‘ladi. Oyoqlar tanaga ikki yon tomondan birikkan bo‘lganidan tanasini dast ko‘tarib turmaydi. Shuning uchun harakatlanayotgan kaltakesakning qorni yerda sudraladi; dumi yurishga yordam beradi. Kaltakesakning quruq terisi muguz tangachalar bilan qoplangan. Tangachalar kaltakesak tumshug‘i va qornining ostida yirik qalqonsimon plastinkalarni, barmoqlari uchida muguz tirnoqlarni hosil qiladi. Muguzli teri hayvonning o‘sishiga xalaqit beradi. Shuning uchun barcha sudralib yuruvchilar singari kaltakesaklar ham faqat tullash davrida o‘sadi. Yoz mavsumida kaltakesak 4–5 marta tullaydi. Tullaganida uning eski terisi parcha-parcha bo‘lib ko‘chib tushib, o‘rniga yangisi hosil bo‘ladi. Kaltakesak tanasi yangi teri qotguncha o‘saveradi. Ichki tuzilishi. Kaltakesakning ichki tuzilishi ko‘p jihatdan baqanikiga o‘xshasa-da, ayrim organlari undan farq qiladi. Xususan, uning boshi 8 ta umurtqalar orqali tanasiga harakatchan birikkan. Ko‘krak umurtqalarining har biriga ikki yon tomondan bittadan qovurg‘alar tutashgan. Qovurg‘alarning ikkinchi uchi esa to‘sh suyagiga tutashgan. Ko‘krak umurtqalari, qovurg‘alar va to‘sh suyagi birgalikda ko‘krak qafasini hosil qiladi. Ko‘krak qafasida o‘pka va yurak joylashgan. Kaltakesak faqat o‘pkasi orqali nafas oladi. Kaltakesakning o‘pkasi baqanikiga nisbatan murakkab tuzilgan, ya’ni o‘pka devori ko‘plab katakchalarga bo‘lingan. Shu tufayli o‘pkaning gaz almashinadigan yuzasi ancha kengaygan Kaltakesaklarning yuragi baqaniki singari ikkita bo‘lma va bitta qorinchadan iborat, lekin birmuncha murakkab tuzilganligi bilan suvda hamda quruqlikda yashovchilarnikidan farq qiladi. Shunga qaramay, ular organizmida moddalar almashinuvi sust boradi. Kaltakesaklar sovuqqonli hayvonlar bo‘lganidan tanasining harorati atrof-muhit haroratiga bog‘liq. Shunga ko‘ra sovuq tushishi bilan ularning harakati sustlashib, hamma sudralib yuruvchilar singari karaxt bo‘lib qoladi. Kaltakesakning hazm qilish, ayirish va nerv sistemasining tuzilishi suvda hamda quruqlikda yashovchilarnikiga o‘xshaydi. Lekin tana muvozanatini saqlaydigan va harakatini boshqaradigan miyachasi ancha kuchli rivojlangan. Shuning uchun kaltakesaklar suvda hamda quruqlikda yashovchilarga nisbatan chaqqon va xilma-xil harakat qiladi. Ko‘payishi va rivojlanishi. Sudralib yuruvchilarning tuxumi urg‘ochisi jinsiy yo‘lida urug‘lanadi. Erkagining spermatozoidlari urg‘ochisining kloakasiga tushadi. Sudralib yuruvchilarda boshqa haqiqiy quruqlikda yashovchi hayvonlar singari ichki urug‘lanish sodir bo‘ladi. Urg‘ochi kaltakesak 5 dan 15 tagacha urug‘langan tuxumlarini oftob tushib turadigan joyga qo‘yadi. Tuxumlar tuproqqa yuzaroq qilib ko‘mib qo‘yiladi. Tuxumlar ancha yirik va sariqligi ko‘p bo‘lib, sirti qalin po‘choq bilan qoplangan. Po‘choq tuxumni qurib qolishdan saqlaydi. Tuxumning sariqligi rivojlanayotgan murtak uchun oziq hisoblanadi. Kaltakesak tuxumidan voyaga yetgan hayvonga o‘xshaydigan kichik kaltakesak chiqadi. Regeneratsiyasi. Agar yirtqich hayvon kaltakesak dumidan tutib oladigan bo‘lsa, u dumining bir qismini tashlab, qochib qoladi. Uzilib qolgan dum birmuncha vaqt qimirlab turadi. Bu hodisa dum umurtqalaridan birining o‘rtasidan sinishi natijasida yuz beradi. Keyinroq dum yana qaytadan o‘sib chiqadi, ya’ni regeneratsiya sodir bo‘ladi.

4.3.Tangachalilar turkumi



Yüklə 297,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin