M. L. Tursunxodjayev Tashkent davlat texnika universiteli



Yüklə 144 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/172
tarix20.11.2023
ölçüsü144 Kb.
#161883
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   172
LOGISTIKA. Umarova D.M

Distribyutorlar —
operatsiyalarni ishlab chiqaruvchi va o ‘zining 
nom idan amalga oshiradigan ulguiji va chakana vositachilar. Ishlab 
chiqaruvchi distribyutorga o ‘z mahsulotini m a’lum hududda va 
m a’lum vaqt oralig‘ida sotish huquqini beradi. Distribyutor tovarga 
egalik qilmaydi. U shartnom a asosida tovarni sotish huquqiga 
ega bo'ladi.
K om issionerlar —
o p eratsiy alarn i o ‘z n o m id a n va ishlab 
chiqaruvchi hisobidan amalga oshiradigan ulguiji va chakana 
vositachilar. Komissioner mahsulotga egalik qilmaydi, ko'rsatgan 
xizmatlari uchun amalga oshirgan operatsiyalari m iqdoridan foiz 
ко ‘ rinishida rag'batlantiriladi.
Brokerlar
— kontragentlam i yig‘ib bitim tuzishdagi vosita- 
chilardir. Brokerlar mahsulotga egalik qilmaydilar, mahsulotlarni 
idora etmaydilar. Ular topshiriq asosida ish tutadilar va bitim 
tuzilishiga yordam beradilar. Faqatgina sotilgan tovar uchun 
rag‘batlantiriladilar.
68


Materiallar oqimini yetkazib beruvchidan iste’moichiga harakat- 
lantirish jarayonida qatnashadigan ko‘p sonli turli vositachiiar ora- 
sidan aniq qatnashchilari tanlangandan keyin logistik vosita logistik 
ti/imga aylanadi.
4.4. Taqsimotni boshqarish tizimlari va
strategiyasi
Taqsimot kanallari tanlash imkoniyatlaridagi zarur shart b o lib 
makrodarajada logistik jara yon laming qulay ravishga keltirilishi 
hozorda katta miqdordagi vositachilarning mavjudligini ta ’minlaydi. 
Hozirgi sharoitda «vositachi» iborasiga ayrim hollarda salbiy nazar 
bilan qaraladi: b a’zan tovarga uning bir b o 'g ‘ini deb qaraladi. 
Logistika doirasida esa, zam onaviy, iqtisodiy jih atd an o ‘zini 
oqlagan vositachilik nazarda tutiladi.
Vositachining xizmatiga muhtojlik qaysi bir ishni bajarishda 
xususiy xarajatlar uning xarajatlariga nisbatan ortib ketgan taqdirda 
seziladi. Vositachi xizmatidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi 
xususiy xarajatlar va vositachi xizmatining qiymatlari o ‘rtasidagi 
farqi asosida aniqlanadi.
Taqsim ot shoxobchasini qulay holga keltirish, undan so‘ng 
logistik zanjirni qulaylashtirish tovar bozorida katta miqdordagi 
ulgurji vazifani bajaruvchi korxonalarning mavjudligiga imkoniyat 
yaratadi. Iqtisodiy faoliyatni huquqiy jihatdan ta ’minlash xo‘jalik 
aloqalarining shakllanishini va amalga oshirilishini yengillashtirishi 
kerak, axborot tarmoqlari esa — tezkor ravishda axborot almash- 
tirish, moliyaviy tizim, moliyaviy vositalarning tezda o ‘tishini 
ta ’minlashi lozim.
0 ‘zbekiston Respublikasi Hukumati tovar bozori infratuzil- 
malarini rivojlantirisli dasturini belgilagan tashkillashtirish tizimi 
bo‘lib, ular tovar bozorlari va tarkibiy qismlar o ‘rtasidagi o ‘zaro 
aloqalarni ta ’minlaydi va tovarlarning erkin harakatiga ko‘mak- 
lashadi, uzluksiz ravishdagi qayta ishlab chiqarish jarayonlari va 
iste’mol sohasining uzluksiz faoliyat ko‘rsatilishini ta ’minlaydi. 
Bunday asosdagi Dasturni amalga oshirish quyidagi natijalarni 
amalga oshrishni nazarda tutadi:
69


— ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga olib borish jarayonida 
tovarlaming tegishli sifatini saqlash;
— iste’m olchilar tom onidan zarur hajmda tegishli sifat, turlari, 
sortlari bilan butlanganligi,
Tizimli yondashuv usullariga, asosan, taqsimot tizimini shakl- 
lantirishda quyidagi ketm a-ket harakatlar qoMlaniladi (4.3-rasm).
T o‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa — «eshikdan eshikkacha» tizimi bo ‘yi- 
cha tovar yetkazib beruvchidan iste’m olchiga om borxonalarga 
tushmasdan yetkaziladi.
K atta m iqdorda yoki noyob m ahsulotlar sotib olinganda 
mazkur shakldan foydalaniladi. Bu shakl transport xarajatlari va 
tovarlarni omborxonalarda saqlashga sarflanadigan chiqim lam i eng 
kam m iqdorga yetkazilishiga im kon beradi. T o ‘g‘rid a n -to ‘g‘ri 
aloqalar yaqin joylashgan iste’m olchilarga xizm at ko ‘rsatishda 
samara beradi.

Yüklə 144 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin