maqsadlari, asosan, tashkilot moddiy oqimining ratsional maq-
sadlari bilan mos kelmaydi.
Korxonada ishlab chiqarishni boshqarishga logistik yondashuv
logistikaning maxsus xizmatini ajratishni ko‘zda tutadi,
bu xizmat
yetkazib beruvchi bilan shartnomali munosabatlarni shakllan-
tirishdan boshlab to tayyor mahsulotni iste’molchiga yetkazib
berishgacha boMgan moddiy oqimni boshqarishi zamr.
Logistika va marketing.
Logistika bilan marketingning o‘zaro
bog‘liqligi muhim ahamiyatga ega. Masalan,
marketing xizmati
tomonidan hal qilinadigan korxona ishlab chiqarayotgan mahsulot
assortimentini boshqarish va xizmat ko‘rsatishni rejalashtirish
logistik bo‘linmalari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Bunda
logistika xizmatining maqsadi boMib, marketologlar tom onidan
asoslab berilgan mahsulot turlarini ishlab
chiqarishga ketadigan
xomashyoni yetkazib berish va zaxiralarni boshqarish hisob
lanadi. Ishlab chiqarish korxonalarida marketing xizmati tomo
nidan yechiladigan masalalar:
1. Tashqi muhit tahlili va bozor tadqiqotlari.
2. Iste’molchilar tahlili.
3. Mahsulotni rejalashtirish, ishlab chiqarayotgan mahsulot
assortimentini aniqlash.
4. Servis xizmatini rejalashtirish va taqsimot
xizmatini optimal-
lashtirish.
Dostları ilə paylaş: