sotib olib g‘amiash logistikasi masalalari hal bo'ladi. Bu bosqichda
mol yetkazib beruvchilar o ‘rganiladi va tanlanadi, shartnomalar
tuziladi va ularning ijrosi nazorat qilinadi.
Ishlab chiqarish logistikasi korxona (firma) ichidagi moddiy
oqimlar harakati jarayonini o‘z ichiga oladigan sohadir.
Hozirgi zamonda raqobatbardoshlikni ta’minlash uchun sifatli
mahsulot chiqarishning o'zi kamlik qiladi. Ishlab chiqaruvchi
iste’molchiga tovar yetkazib berish jarayonida qo'shimcha ayrim
bir xizmatlarni ham ko'rsatadi, uning talablarini to liq qondirishga
harakat qiladi.
Shunday qilib,
logistik servis tovar yetkazib berish jarayonida
ko'rsatiladigan xizmatlar kompleksidir.
Texnologik yo‘nalish esa transportda yuk tashish texnologiya-
larini, ombor xo‘jaligini, axborot ta ’minotini, rejalashtirish va
nazoratni takomillashtiruvchi logistikaning funksional sohasidir.
Logistikaning ayrim funksional sohalarini ko'rib chiqaylik
( 1. 1-jadval):
17
1. i-jadval Logistikaning funksional sohatari vazifalari T /r Logistika sohasi Asosiy vazifalari 1. Zaxiralar/sotib olib g'amlash — zaruriy moddiy zaxiralarni rejalashtirish, shakllantirish va uni saqlash uchun xarajatlar; — ishlab chiqarishda materiallarga bo'lgan ehtiyojlami imkon qadar maksimal iqtisodiy samara bilan qondirish 2. Ishlab chiqarish — moddiy boyliklar yaratish, moddiy xizmatlar ko‘rsatish (oldin yaratilgan boyliklaming qiymatini oshirish bo'yicha xizmatlar) 3. Servis — tovarlarni iste’molchilarga yetkazib berish