M. L. Tursunxodjayev Tashkent davlat texnika universiteli


Logistikaning m aqsad va tizimlari


səhifə16/172
tarix13.12.2023
ölçüsü
#175783
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   172
LOGISTIKA. Umarova D.M

3. Logistikaning m aqsad va tizimlari.
4. Logistikaning m arketing va ishlab chiqarishni rejalashtirish bilan
funksional o ‘zaro bog‘liqligi.
5. Logistik tizim tuskunchasi va uning faoliyatini baholash.
2.1. Logistikaning funksiyalari va tamoyillari
Logistikaning funksiyalari. 
Logistika materiallar harakatining 
har bir bosqichida moddiy oqimlarning ishlashini ta ’minlash va 
tashkil etishni o‘z ichiga oladi.
Logistikaning uchta funksiyasi ajratiladi:
— integratsiyalashuvchi — tovar harakati jarayonini bir butun 
jarayon sifatida tashkil etadi;
— tashkillashtiruvchi — tovar harakati qatnashchilarini o ‘zaro 
kelishilganligini ta’minlaydi;
— boshqaruvchi — material o‘tkazuvchi tizim parametrlarini 
belgilangan chegarada ushlab turadi.
Integratsiyalashuvchi funksiya.
Tovarlarni yetkazib beruvcbidan 
iste’molchigacha bo'lgan harakati davomida moddiy oqim mate­
riallarni sotib olish, mahsulotni ishlab chiqarish va taqsimlash 
(sotish) bosqichlaridan o‘tadi. Tovar harakatining har bir bosqichi 
o'ziga xos xususiyatlar bilan xarakterlanadi va faqat unga tegishli 
boigan masaialarni yechadi. Lekin ulaming birontasi ham tovar 
harakati jarayonidan tashqarida mustaqil ko‘rib chiqihshi mumkin 
emas. Bu jarayonda muhim o ‘rinni sotish egallaydi, u ishlab 
chiqarishning tashkiliy va iqtisodiy xususiyatlarini, materiallar 
xaridining hajmini va nomenklaturasini hamda bu bosqichlaming 
bir-biriga munosabatlarini asoslab beradi.
20


Shu bilan birga tovar harakatining har bir bosqichi o‘z o‘mida 
ham ishlab chiqarish jarayoniga, ham umuman tovar harakati 
jarayonining o'tishiga ta’sir o‘tkazadi. Masalan, savdo bozorining 
kengayishi ishlab chiqarish va xarid qilish hajmining o'sishiga 
olib keladi.
Materiallar yetkazib berilishining vaqtinchahk to'xtashi yoki 
ularga qo‘yilgan taklifning keskin oshib ketishi, materiallarni katta 
miqdorda va arzonroq narxda sotib olish hisobiga zaxiralar 
miqdorining ortib ketishiga olib keladi.
Logistika xarid qilish, ishlab chiqarish va sotish bosqichlarini 
bitta umumiy jarayonga birlashtiradi.
Logistika orqaii materiallar oqimini boshqarish bir butun, 
integratsiyalashgan tizim sifatida amalga oshiriladi, u xomashyo 
manbalarini qayta ishlashning bir nechta bosqichlarini va tayyor 
mahsulotni sotishni qamrab oladi. Tizim ostining alohida, lokal 
masalalaridan ishlab chiqarish tashkilotining global maqsadlariga 
o‘tish amalga oshiriladi.
Tashkillashtiruvchi funksiya.
Tovar harakati jarayonida yetkazib 
beruvchilar, ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar o ‘rtasida xo'jalik 
aloqalari tashkil etiladi va amalga oshiriladi. Xo‘jalik aloqalarining 
obyektiv asosi b o ‘lib m ehnatning tovar harakati bosqichlari 
bo'yicha bolinishi xizmat qiladi, bu esa jarayonlarning alohida- 
lashuviga olib keladi va turii aloqa tizimlari birlashtiruvchilarini 
sozlash talabini vujudga keltiradi. Bu masalaning yechimi bir butun 
oqim li jarayon ichida m ateriallar va axborotning «ishlab 
chiqaruvchi — iste’molchi» zanjiri bo'yicha harakatini tashkil etish, 
alohida bosqichlari o'zaro ta ’sirini ta’minlash va tovar harakati 
qatnashchilari harakatlarini moslashtirish orqaii amalga oshiriladi.
Boshqaruvchi funksiya.
Ko'rib chiqilayotgan jarayonning ham­
ma qismlarini bir-biriga moslashtiiish va ratsional o ‘zaro harakatiga 
erishish uchun ularni boshqarish zarur. Logistik boshqaaiv hamma 
turdagi resurslarning iqtisodiga, tovar harakati bosqichlarida jonli 
va buyumlashtirilgan mehnatga ketadigan xarajatlarni kamay- 
tirishga qaratilgan. Keng ma’noda logistikaning materiallar harakati 
jarayoniga boshqaruv ta’siri material o‘tkazuvchi tizim para- 
metrlarini beriigan chegarada saqlashdan iborat.
21


Shunday qilish, logistika tovar harakati jarayonining shakl- 
lanishini, logistik jarayonning alohida bosqichlar va qatnashchilari 
o ‘rtasida zarur xo‘jalik aloqalarini o‘rnatish yo‘li biian uning sa­
marali ishlashini va materiallar oqimi harakatining boshqaruvini 
ta’minlab beradi.
Logistika asosining tasnifi.
Logistikaning asosiy maqsadi — 
ishlab chiqarilgan mahsulotni vaqtida va zarur miqdorda belgilangan 
joyga eng kam xarajatlar bilan yetkazib borishdir.
Logistik funksiyalar va maqsadlaming yig‘indisini logistikaning 
asosi tasniilaydi deyiladi. Logistikaning asosi integratsiyalashuvdan, 
tovar harakati jarayonining qatnashchilari va bosqichlarining o‘zaro 
hamjihatligini ta ’minlashdan, zarur mahsulotlarni belgilangan 
joyga, so‘ralgan vaqtda eng kam xarajatlar bilan yetkazib berish 
maqsadida moddiy oqimni, unga tegishli bo‘lgan m a’lumotlar 
asosida boshqarishdan iborat.
Logistik tizimda bo‘lib o‘tayotgan va tashqi muhit bilan o‘zaro 
ta ’sirini xarakterlovchi jarayonlar logistikaning tuzilishini amaliy 
faoliyat turi sifatida ochib beradi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin