Moddiy oqim - bu vaqt oralig‘iga keltirilgan va har xil logistik
amaliarni joriy etish jarayonida ко'rib chiqilayotgan tovar — m od
diy boyliklarning yig'indisi.
Ishlab chiqarishning aniq manbayidan to iste’molgacha bo'lgan
oraliqda joylashgan bir turdagi resurslar yig'indisi
oddiy moddiy
oqimni yuzaga keltiradi. Korxonada shakllanadigan bir nechta
oddiy oqimlar korxonaning me’yoriy faoliyatini ta ’minlab bemvchi
integrallashgan moddiy oqimni tashkil etadi.
Moddiy oqimlarning harakatlanish sxemasi 1-rasmda kelti
rilgan.
I-rasm. Moddiy oqimlarning harakatlanish sxemasi.
Moddiy oqimlarning tashqi va ichki,
kiruvchi va chiquvchi
turlari ajratiladi.
Tashqi moddiy oqim — bu berilgan logistik tizimga nisbatan
tashqi muhitda o‘tadigan oqimdir.
Ichki moddiy oqim — bu berilgan logistik tizimga nisbatan
ichki muhitda o‘tadigan oqimdir.
Kiruvchi moddiy oqim — bu berilgan
logistik tizimga kirayotgan
tashqi oqimdir.
Chiquvchi moddiy oqim — bu berilgan logistik tizimdan tashqi
muhitga chiqayotgan moddiy oqimdir.
Moddiy oqimlarni boshqarish materiallar harakatining yo‘nalish
parametrlarini aniqlashni ko‘zda tutadi, ular qatoriga quyidagilar
kiradi:
— moddiy
resurslarning nomlanishi;
— moddiy resurslarning miqdori;
— boshlang‘ich nuqta (ta’minotchini tanlash);
— oxirigi nuqta (iste’molchini tanlash);
Yüklə
Dostları ilə paylaş: