shakllanadi. Demak, faoliyat va muloqot o'zaro chambarchas bog'liqdir.
Kishilar munosabatga kirishishda awalo tilga murojaat qiladilar.
Muloqotning yana bir jihati munosabatga kirishuvchilarning o'zaro
birgalikdagi harakati — nutq jarayonida faqat so'zlar bilan emas,
balki harakatlar bilan ham muloqot yuritishdan iborat. Munosabatning
keyingi jihati muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta
olishlaridir. Masalan, biz bir kishi bilan muloqotga kirishishdan awal
uni hurmat qilib yoki mensimasdan munosabatda bo'lamiz. Demak,
muloqot jarayonida
kommunikativ
(axborot uzatish), interaktiv (o'zaro
birgalikda harakat qilish) va
perseptiv
(o'zaro birgalikda) idrok etish
amalga oshiriladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Har b ir kishining o'z «Men«i atrofdagilar bilan bo'ladigan
muloqot jarayonida shakllanadi. Shaxsning hayot yo'llari awal oilada,
bog'cha, maktab, institut, ishxona, keksalar orasida, ya’ ni guruh va
jamoalarda rivojlanadi. Muloqotga bo'lgan ehtiyojimiz qondirilmasa,
ongimiz ham rivojlanmaydi. Kim lar bilandir bo'lgan muloqotdan
qoniqish hosil qilamiz, ayrim hollarda esa qoniqmaslikni his qilamiz.
Pedagogik muloqot bu — muloqot turlaridan biri bo'lib, pedagogik
faoliyatda muhim o 'rin tutadi.
1.2. Muloqot psixologiyasining psixologiyaning boshqa
tarmoqlari bilan bog‘liqligi
Muloqot psixologiyasi fani psixologiyaning barcha tarmoqlari bilan
bog'liq holda rivojlanadi. Jumladan, pedagogik psixologiya bilan uzviy
bog'liq. Pedagogik muloqotda ta’lim psixologiyasi, tarbiyaning psixologik
asoslari, o 'q itu v c h i va o 'q u v c h i m unosabatlari, o 'q itu v c h i
psixologiyasi, maktablarda ta’ lim -tarbiya jarayonlarini boshqarish
muhim o 'rin n i egallaydi.
Ijtim oiy psixologiya fanida muloqot tarkibi (struktura) muammosi
muhim o 'rin tutadi. Chunki muloqot tuzilishini aniqlab olish uning
tarkibidagi har b ir elementni alohida tahlil qilish im konini beradi.
Muloqotning asosiy tarkibi quyidagi elementlardan tashkil topgan,
deb hisoblanadi.
Muloqotning kommunikativ tomoni muloqot ishtirokchilari o'rtasidagi
axborot almashinuvidan, interaktiv jihati muloqot ishtirokchilarining
o'zaro ta’sirlashuvidan, perseptiv tomoni esa muloqot ishtirokchilarining
muloqot jarayonida bir-birini idrok etishi va bilishidan iborat.
Ijtim o iy psixologiya tu rli ijtim o iy guruhlar, jamoaning psixik
namoyon bo'lishi, katta guruhlar — jamoalarning kayfiyati, tafakkuri,
raqobati k a b ila rn i o 'rgan adi. Boshqaruvda rahbarlarda nutq
qobiliyatining rivojlanishi, shuningdek, xodimlar bilan til topa olish
uchun muloqot psixologiyasini bilish zarur.
M uloqot din psixologiyasi uchun ham juda katta ahamiyatga ega.
Din psixologiyasi diniy ong xususiyatlari, uning psixologik va ijtim oiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
asoslari, vazifalari, tiz im i, d iniy h is-tuyg‘ ular, diniy guruhlar
psixologiyasini o'rganishda albatta muloqot xususiyatlari, muloqot
madaniyatini bilishga asoslanadi. Demak, muloqot psixologiyasi
psixologiyaning barcha tarmoqlari bilan bog'liq holda rivojlanadi.
Dostları ilə paylaş: |