1.3. Milliy g ‘oya asosida muloqotning shakllanishi M illiy psixologiyaning asosiy vazifasi yoshlar ongida m illiy g'oyani
shakllantirishdir. Bunda muloqot katta ahamiyatga ega.
Respublikamizda istiqbolda amalga oshirishga mo'ljallangan g'oyalar
mavjud. Ular vatanimiz taraqqiyotini belgilab beruvchi istiqbol dasturi
vazifasini bajarib kelmoqda. Bu g'oyalar:
1) O'zbekiston kelajagi buyuk davlat;
2) O'zbekistonda demokratik, huquqiy, fuqarolik jam iyatini barpo
etish;
3)
fuqarolar ongini ma’naviyat mash’ali bilan yoritish;
4) mustaqil fikrlovchi, faol, fidoiy kishilarni tarbiyalash;
5)
kom il insonni kamol toptirish kabilardir.
Vatanimizning m illiy g'oyasi barcha millatlar, uchun umumiydir.
M illiy g'oya fuqarolarning diniy e’tiqodi, ijtim o iy kelib chiqishidan
qat’i nazar baxtli turmush, farovon hayot, o'zaro totuvlik, mustaqillik
tuyg'usiga sadoqat, ezgu niyatlari ushalishini kafolatlaydi. M illiy g'oyani
bolalar ongiga yoshlikdan singdirish darkor. Bog'cha yoshidagi bolalarga
ham faqat yodlatish orqali mashg'ulotlami o'tkazmasdan, trening
mashg'ulotlardan, ayniqsa, muomala treningidan ko'proq foydalanish
maqsadga muvofiq. T urli yoshdagi bolalar bilan muloqot treningini
tashkil etishda, yosh xususiyatlarini e’tiborga olish kerak-/ M uloqot
treningida «Vatan nima?», «Ona zamin degani nima?», «Biz nima
uchun yashaymiz?» kabi muammoli savollarni o'rtaga tashlab, bolalar
ongiga m illiy g'oyani, m illiy g'urum i singdirish mumkin.
M illiy tam oyillarini shakllantirish uchun quyidagi usullardan
foydalanish ijobiy natija beradi:
1. Madhiyani maromiga yetkazib ijro etishga e’tibor berish;
2. Vatanimiz bayrog'iga ta’zim qilishga o'rgatish;
3.
«Biz Vatan farzandimiz» mavzusida ko'rik-tanlovlar o'tkazish;
4. Jamiyatning faol kishilari bilan uchrashuvlar tashkil qilish;
5.
Muzeylarga sayohat uyushtirish kabilar.