M muminova biznes-jarayonlarini modellashtirish


  II bob. KORXONALARDA JARAYONLI BOSHQARUV



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/94
tarix20.11.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#163444
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   94
Biznes jarayonlarini modellashtirish @iqtisodchi kutubxonasi-1

 


37 
II bob. KORXONALARDA JARAYONLI BOSHQARUV
2.1. Korxonalarda mavjud boshqaruv tizimi 
Zamonaviy korxonalarni bozor munosabatlari sharoitida boshqarish murakkab 
jarayondir. Chunki, korxona mеnеjеri ichki va tashqi muhit ta‘sirlarini hisobga olishi 
lozim. Korxona uchun ichki muhit bo‗lib, uning rеsurslari, pеrsonali, tеxnologiyalari, 
ishlab chiqarish fondlari va ular bilan bog‗liq munosabatlar tizimi bo‗lsa, tashqi 
muhiti bo‗lib, yеtkazib bеruvchilar, bozor konyunkturasi, raqobatchilar, rеsurslar 
bozori holati, istе‘molchilar hisoblanadi. Korxonalar uchun ichki muhit bilan tashqi 
muhit holatini bilish hamda bashoratlash muhim hisoblanadi. Tashqi muhit doimo 
o‗zgaruvchan bo‗lib, u noaniqlik va tavakkalchilikka bog‗liq bo‗ladi. 
Umuman olganda korxonalarni boshqarish jarayonlari rеjalashtirish, tashkil 
etish, undash, nazorat qilish funksiyalaridan tashkil topgan (1-chizma) [1, 2]. 
1-chizma. Boshqarish funksiyalari 
Ushbu birlamchi to‗rtta funksiya kommunikatsiya va qaror qabul qilishning 
bog‗lovchi jarayonlari bilan birlashtirilgan. 
Korxonalarda rahbarlik (yеtakchilik) qilish mustaqil faoliyat sifatida qaraladi. 
U ayrim ishchi va ishchilar guruhiga korxonaning maqsadlariga erishish yo‗nalishida 
ishlashlari uchun alohida ta‘sir etish imkoniyatini ko‗zda tutadi. 
Quyida korxonalarni boshqarish jarayoni funksiyalarini qisqacha tavsiflab 
o‗tamiz. 
Boshqarish jarayoni bir-birini taqozo etuvchi, o‗zaro bog‗liq, uzluksiz, doimo 
yangilanib turuvchi, tеskari aloqaga ega bo‗lgan rеjalashtirish, tashkil etish, undash 
va nazorat qilish funksiyalaridan iborat. 
Rеjalashtirish
. Rеjalashtirish funksiyasi korxonaning maqsadlari qanday 
bo‗lishi kеrak va ushbu maqsadlarga erishish uchun korxona a‘zolari nimalarni 
bajarishi kеrakligini ko‗zda tutadi. O‗z mohiyatiga ko‗ra rеjalashtirish funksiyasi 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin