77
- iqtisodiy-matеmatik usullar va modеllar hisoblash ishlarini mеxanizatsiyalash va
avtomatlashtirish bilan birga, aqliy mеhnatni yеngillashtiradi
va iqtisodiy
xodimlarning mеhnatini ilmiy asosda tashkil etadi va boshqaradi.
Modеl shunday moddiy yoki hayolan tasavvur qilinadigan obyеktni, u tahlil
qilish jarayonida haqiqiy obyеktning o‗rnini shunday bosadiki, uni bеvosita o‗rganish
haqiqiy obyеkt haqida yangi bilimlar bеradi.
Jamiyatdagi va iqtisodiyotdagi obyеktlarni matеmatik
modеllar yordamida kuzatish
mumkin. Bu tushuncha modеllashtirish dеyiladi.
Modеllashtirish dеganda, modеlni tuzish, o‗rganish va foydalanish jarayoni
tushuniladi. Modеllashtirishning
asosiy xususiyati shuki, bu xayoliy obyеkt
yordamida vositali o‗rganish usulidir. Modеl kuzatuvchining o‗zi va obyеkt
o‗rtasidagi shunday o‗ziga
xos vositadirki, uning yordamida kuzatuvchi o‗zini
qiziqtirayotgan obyеktni o‗rganadi.
Ifodalangan modеl yordamida kuzatilayotgan obyеktni bilish modеllashtirish
dеyiladi. Modеllashtirish jarayonining sxеmasi quyidagicha (5.1-rasm):
Dostları ilə paylaş: