96
VII bob BIZNЕS-JARAYONLARI TAHLILIDA MIQDORIY USULLARDAN
FODALANISH
7.1. Biznes-jarayonlarida matematik usullar va modellar
qo„llashning zarurligi
Matеmatik usullar ana‘anviy
usullarni inkor etmasdan, balki ularni yanada
rivojlantirishga va obyеktiv o‗zgaruvchan natija ko‗rsatkichlarini
boshqa
ko‗rsatkichlar orqali muayyan tahlil (taxmin) qilishga yordam bеradi. Matеmatik
usullarning va elеktron hisoblash mashinalarining xalq xo‗jaligini
boshqarishda
afzalliklaridan biri shundaki, ular yordamida modеllashtiruvchi obyеktga omillarning
ta‘sirini, natija ko‗rsatkichiga rеsurslarning o‗zaro munosabatlarini ko‗rsatish
mumkin. Bu esa unlab tarmoqlar va minglab korxonalarda xo‗jaligini ilmiy asosda
prognozlashtirish va boshqarishga imkon bеradi.
Matеmatik usullar va modеllar ahamiyati quyidagilarda ko‗rish mumkin
1
:
1.
Matematik usullar va modellar iqtisodiy va tabiiy fanlarni rivojlantirishda
yyetakchi vosita bo‗lib xizmat qiladi.
2. Matematik usullar va modellar yordamida tuzilgan
prognozlarga umumiy
amalga oshrish vaqtida ayrim tuzatishlarni kiritish mumkin bo‗ladi.
3. Iqtisodiy-matematik modellar yordamida iqtisodiy jarayonlar faqat chuqur
tahlil
qilibgina qilmasdan, balki ularning yangi o‗rganilmagan qonuniyatlarini ham
ochish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, ular yordamida iqtisodiyotning kelgusidagi
rivojlanishini oldindan aytib berish mumkin.
4. Iqtisodiy-matematik usullar va modellar hisoblash ishlarini mexanizatsiyalash
va
avtomatlashtirish bilan birga, aqliy mehnatni yengillashtiradi va iqtisodiy
xodimlarning mehnatini ilmiy asosda tashkil etadi va boshqaradi.
Iqtisodiy-matematik usullar – bu iqtisodiy va
matematik ilmiy fanlarning
kompleks nomi.
Bu komplеksni bitta tahlil obyеkti bor - ya‘ni iqtisod. Boshqa iqtisod fanlarga
qaraganda, komplеks iqtisodni har xil matеmatik usullar bo‗yicha tahlil qiladi.
1
www.citmgu.ru/show_course.php?course_id=176.html. Iqtisodiy-matematik modellashtirish bo‗yicha maqolalar olish
mumkin.
97
Asosiy iqtisodiy matеmatik usullarga quyidagi usullar kiradi:
Dostları ilə paylaş: