M muxamedova


səhifə230/237
tarix13.12.2023
ölçüsü
#174868
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   237
Muxamedova M. Me\'morchilik asoslari

Kokera-buki 
Kokera buki. An’anaviy yapon binosi tomi. Yog‘ochdan bunyod 
etiladi.
Kokoshniki Minora arklari. 1. Rus minoralarida gumbaz ostida ishlangan arkli 
qism. Ular ikki - uch qavatli bo‘ladi va minora diametri kichrayib boradi. 2. Shunga 
o‘xshab ishlangan minora.
KoJokolnya Qo‘ng‘iroqli. Ruslaming qo‘ng‘iroqli minorasi.
Kondo Oltin zal. Budda ibodatxonasidagi muqaddas zal. Lekin bu eski so‘z 
bo‘Hb, hozirda hondo, chudo va butsuden so‘zIari ishlatiladi.
Kub, kubovatoye pokrytiye Kubsimon tom. Rossiyada dastlab yog'och 
to'sinlardan to‘rtburchak qilib tom yopishkan. U xuddi to'rtburchak gumbazning 
o'zginasi. Kichik chordoqqa ham o‘xshaydi.
Kubba Qubba. 1. Masjidning gumbazi. 2. Maqbaraning gumbazi.
Kurgan Gurgan. Shimoliy Rossiya va Sibirda qabr ustiga bunyod etilgan toshli 
qurilma. U qabr toshidan katta va maqbaradan kichkina.
Kyozo Muqaddas kutubxona. Yaponiya ibodatxonalarida muqaddas bitiklar 
saqlanuvchi kichik bino.
Kyptikon Taxt. Imperator o‘rindig‘i.
L
Label, label molding Peshtoq. Peshtoq bezagi. Ark tepasida ishlanadigan 
to‘g‘ri burchakli bezak. Tepadan ikki yoniga vertikaliga tushib davom etadi.
Label molding (Label)
Label stop Hoshiya yakuni. 1. Ark chetidagi hoshiyaning yakuniy pastki 
qismida o'matiladigan bezak. Asosan odam boshi tasvirli boiadi. 2. Hoshiyaning 
har qanday bezagi.
Labyrinth Labirint. 1. Jumboqii kirish yo‘li. 2. Labirint ko‘rinishida ishlangan 
pol; kafelli yoki marmarli. 3. Bog‘da labirintli qilib o‘stirilgan buta va gullar.
Laceria Geometrik naqsh. Musulmon uslubidagi bino bezaklarida ishlanadigan 
tekis chiziqli, burchaldi bezaklar.
Lacework Tasma bezagi. Me’morchilikda qoilanadigan lentali bezak.
Lacing course Tasmali qator. Devorda uzun gorizontal qilib o‘matilgan bezak. 
U gishtdan yoki sopol parchindan bo‘ladi.
Laconicum Lakonik. Rim hammomida yarim aylanali qilib joylashtirilgan 
terlash xonasi.
Lacunaria Shift. Cherkov zalidagi yo‘lak tepasiga ishlangan shift.
Lady chapel Maryam ibodatxonasi. Cherkovning sharqiy tomonidajoylashkan 
Bibi Maryam nomi bilan ataluvchi ibodat joyi.
Lamassu Lamasu. Mesopotamiyada darvoza qo‘riqchisi deb hisoblangan 
haykal: odam boshili, 
qanotli
buqa haykali. Saroy va ibodatxonalarga kirish qismida 
boigan.
Lamb’s tongue Til. 1. Til shaklli panjara tutqichi uchi. 2. Til ko'rinishli o ‘yma 
bezak.
Lanai Ayvon. Yopiq yoki ochiq boigan turar joy xonasi.


Lancet, lancet window Novcha deraza. 1. Ingliz Gotik me’morchiligida 
mavjud bo‘igan ensiz va baland deraza. Uning yuqori qismida uchli ark bo'ladi. 2. 
Shu deraza shaklida yasalgan chiroq.
Lancet architecture Novcha usul me’morchiligi. Dastlabki ingliz Gotik 
me’morchilik uslubiga tegishli.
Landing, pace Poysupa. Zinalaming burilish joyi bo‘lgan kichik tekis yuza.
Landing newel, angle newel Zina ustuni. Zinalarni tutib turuvchi ustun. U 
burilish joylarida o‘matiladi.
Landm ark Inshoot. 1. Xalq va davlatning madaniyatini o‘zida aks ettirgan 
bino. Davr, makon haqida yetarli belgilarga ega inshoot. 2. Maydon chegarasini 
bildiruvchi monument.
bo'lgani sababli olov yorug‘i atrofga ko‘ringan. Bunday minoralar Fransiyada 
ko‘p quriigan.
Lining Qoplama. Uy ichi devorini qoplashda ishlatiladigan material. Masalan 
deraza vaeshik atrofidagi hoshiyali bezak.
Lintel Tepador. Eshik va derazalar, hamda ustunlar tepasiga o‘matiluvchi 
to‘sin. U yog‘ochdan yoki toshdan bo‘ladi.
Loophole Tuynuk. 1. 0 ‘q otiladigan tuynuk. 2. Yorug‘lik va havo tushishi 
uchun ochiq qoldirilgan devor bo‘shlig‘i.
Loop window Hujum derazasi. 0 ‘rta asrlarda bostirib kelayotkan dushmanga 
o‘q otishda foydalanilgan deraza.
Lopatka Ustun. Rus me’morchiligida devorga biriktirib ishlangan ustun.
Louis XVI, Louis Seize style Luis XVI uslubi. Rokokoning keyingi davri va 
XVIII asr mumtoz davri hisoblanib, Fransiya qiroli Luis XVI nomi bilan atalgan. U 
1774-1792 yillarda hukmronlik qilgan.
M
M antel Mantal. 1. 0 ‘choq og‘zi tepasidagi tosh to‘sin. 2. 0 ‘choq atrofini 
bezatish ishlari. 3. Mantelshelf.
M astaba Mastaba. Misr maqbaralariga kirish yo‘li. Bu joy qalin devor bilan 
o'ralib, yuzalari biroz qiya bo'ladi. Ichkariga kirilgandan so‘ng uzun yo‘lak 
dahmaga olib boradi.
M ateriato Matiryat. Rim uylari tomining barcha to'sinli qismi.
M atroneum Matroney. Cherkovning o‘ng tomonida alohida yopib quriigan 
boMinma. Turmushga chiqmagan ayollar uchun ajratilgan.
Mausoleum Maqbara. Sag'ana. 1. Sharafli o‘Iim topkan qahramonlarga 
o‘matilgan yodgorlik. 2. Ichida qabr mavjud bo‘lgan bino.
Medallion Medalyon. 1. Asosan dumaloq shaklli bezak. Unda odam qiyofasi, 
jonzotlar yoki gullar tasvirlanib devorga yopishtirilgan. 2. Shiflning markaziy 
bezagi. Chiroq o‘mi bezagi.
Meeting house Uchrashuv uyi. Din yo‘lida do‘st bo'lib birlashkan 
Mormonlaming ibodat joyi.
Megalithic Ulkan tosh. Katta toshlardan quriigan.
M egaron Megaron 1. Miken saroyining asosiy zali. O'rtasida o‘chog‘i, 
atrofida ustunlari bo‘lgan. 2. Ko‘pgina grek ibodatxonalarida faqat rohibning o‘zi 
kirishi mumkin bo‘lgan joy. 3. Gomer davri uylarining katta markaziy zali.


Mellariiim Mellariya. Asalarixona. Rimda asalarilar parvarishlangan joy.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin