ikkinchi hovlisi ham mavjud boigan. Ulaming atrofida ovqatlanish xonasi, yotoqxona, ombor va boshqa xonalari joylashgan. Qullar uchun ham alohida joy bo‘lgan. Ba’zi uylar ikki qavatli boigan. Biroq ikkinchi qavat birinchi qavatdan kichikroq qilib qurilgan. Yunon uylarining tomi odatda tekis boigan. Xonalarga yorugiik eshikdan tushgan. Shunga o‘xshash uylar egasining boyligiga qarab hamda zamonga qarab turlicha kurilgan. Ko‘pchilik ustalar o‘z uylarining bir xonasini ishxonaga aylantirishgan175. Grek teatri - Qadimgi yunonlar tomonidan qurilgan usti ochik tomoshagoh. U ko‘pincha tepalikda bunyod etilib, tashqi dizayniga e’tibor berilmagan. Aktyor va ko‘shikchilar saxnasi orkestr deb atalgan. (Orchestra). Uning oldida aktyorlar tayyorgarchiligi uchun vaqtincha yo doimiy qurilgan skene deb ataluvchi joy boigan. U vaqtda tomoshabinlar joyi butun aylanani egallamagan. Beshdan uch qismida o‘rindiqli joy qurilgan va ular yuqoriga qarab balandlab borgan176. Gimnaziya - Grek va Rim me’morchiligida katta ochiq mashg‘ulot maydoni. Atrofi ustunlar va uqalash xonalari, hamda darsxonalar bilan o‘ralgan177. Ellin - Mumtoz yunon madaniyati davriga taalluqli. Miloddan awalgi 480-yildan 323-yilgacha davom etgan. Iskandar orqali 0 ‘rta Osiyo me’morchiligiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan178. 172
M.Curil. The illustrated dictionaiy of architecture. Nyu York. 2004. P.207
173
M.CuriL The illustrated dictionaiy of architecture. Nyu York. 2004. P.253
J
74
M.Curii. The
illustrated dictionaiy
o f architecture. Nyu York.
2004. P.263 175 M.Curil. The illustrated dictionaiy of architecture. Nyu Yoik. 2004.
P.266 176 M.Curil. The illustrated dictionaiy of architecture. Nyu Y ork. 2004. P.266
177
MCuril. The illustrated dictionaiy of architecture. Nyu York. 2004. P.271
17S M.Curil. The illustrated dictionary of architecture. Nyu York. 2004. P.280