viloyatlaridan biriga aylandi. Chunki Rim imperatori Oktavian Ptolemeylaming so‘nggi qirolichasi Kleopatra ustidan g‘alaba qozonib, hukmdorlikni uzil - kesil o‘z foydasiga hal qilgandi. So‘ngra xristian dini vujudga keldi. Shu tufayli Misrdagi qadimgi til va din unutildi. Eramizning VII asriga kelib, arab musulmonlari mamlakatni zabt etdilar va u yerda o‘mashib oldilar. Ana shu vaqtdan boshlab Misr tarixi, madaniyati san’ati va me’morchiligida yangi burilishlar boshlandi. Bu qariyib 13 asrlik davrni o ‘z ichiga oladi. Glossariy Osiris - Qadimgi Misr ma’budlaridan biri80. Sirdob - 1.Qadimgi Misr me’morchiligida xaykalli yopiq joy. 2.Mesopotamiya uylarida yerto‘la qismi. Yozning issiq kunlarida shu yerda ko‘proq vaqt o‘tkazishgan81. Speos - Qadimgi misrliklar ibodatxonasi. Maqbara ma’nosida ham qo‘llanilgan. Uni qoya ichida o‘yib hosil qilishgan82. Sfinks - 1. Grek afsonalarida aytilgan ayol maxluq. U sher yoki it tanali, qanotli, odam boshli qilib tasvirlangan. 2. Qadimgi Misrda qanotsiz sher tanali va odam boshli qilib tasvirlangan afsonaviy maxluqot. U yerkak boshi ko'rinishida boMgan83. Sirink - Qadimgi Misrda chuqur va tor qazilgan qoya tunneli bo‘lib, maqbaraning bir qismi bo‘lgan84. Lotiyform - Nilufar shakli. Misr ustunlarida tasvirlangan nilufar guli85. Mastaba - Misr maqbaralariga kirish yo‘li. Bu joy qalin devor bilan qralib, yuzalari biroz qiya bo‘ladi. Ichkariga kirilgandan so‘ng uzun yo‘ lak daxmaga olib boradi86. 30
M.Curil. The illustrated dictionary o f architecture. Nyu York. 2004. P. 531
81
M.Curil. The illustrated dictionary o f architecture. Nyu York. 2004. P.487
82
M.Curil. The illustrated dictionaiy o f architecture. Nyu York. 2004. P.499
83
M.Curil. The illustrated dictionary of architecture. Nyu York. 2004. P.499
84
M.Curil. The illustrated dictionary o f architecture. Nyu York. 2004. P.499
83
M.Curil. The illustrated dictionary o f architecture. Nyu York. 2004. P.531
86
M.Curil. The illustrated dictionaiy o f architecture. Nyu York. 2004. P.349