M muxamedova


kiritilishi (kompozit va toskan orderlari) akveduk, amfiteatr, forum, insulalar


səhifə2/237
tarix13.12.2023
ölçüsü
#174868
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   237
Muxamedova M. Me\'morchilik asoslari

kiritilishi (kompozit va toskan orderlari) akveduk, amfiteatr, forum, insulalar
qurilishi, Vizantiya va ilk xristianlar davri arxitekturasi, roman va gotika uslubi
me’morchilik asoslari, Uyg‘onish va barokko davri shaharsozligining
rivojlanish an’analari, klassitsizm va ampir uslubi asoslari, eklektizm, modern,
konstruktivizm, funksionalizm uslublarining zamonaviy uslubiar rivojidagi
o‘rni, yangi tipdagi binolaming funksionalligi va konstruktiv mustahkamligini
o‘rganish kabi mavzular mujassamlashtirilgan.
O'quv qo‘llanmaning asosiy dolzarbligi talabalarga Sharq va G‘arb,
umuman olganda jahon me’morchiligining tarixi va nazariyasini o‘rgatish,
me’morchilik tarixining tadriji, rivojlanish qonuniyatlarini o‘zlashtirish, turli
uslublaming yuzaga kelishi va shu uslublar ta’sirida bunyod etilgan obidalar
me’morchiligini yoritib berishdir.
J.X.Ismailova - t.f.d., professor, 0 ‘zbekiston tarixi davlat muzeyi direktori;
T.B.Ahmedov - Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va
dizayn in§ti
0
tf-<
34
y san’at tarixi va nazariyasi» kafedrasi dotsenti.
UO‘K: 72.01(075.8)
KBK 85.11
Taqrizchilar:
ISB

i jj©
 «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2018,


“ME’MORCHILIK ASOSLARI” FANIGA KIRISH.
ME’MORCHILIK SOHA, TURLARI VA USLUBLARI.
Reja
1. Arxitektura atamasiga ta’rif
2. Me’morchilikda binolar qurilishida qonuniyatlar
3. Binolar klassifikatsiyasi
4. Me’morchilikda uyg'unlashuv asoslari
5. Me’morchilik uslublari
Jahon me’morchiligi tarixini o‘rganish uning taraqqiyot qonun- 
larini tekshirish, nodir yodgorliklar bilan odamlarininig his-tuyg‘u, 
hayotiy tajribalarini o‘rganish, g‘oyaviy-estetik qarashlarining shaklla- 
nishini bilish demakdir. Bu so‘zsiz insonga hayotiy tajribalami boyi- 
tishga, hayotga yanada keng va atroflicha yondashishga yordam beradi. 
Me’morchilik tarixi odamzodning go‘zallik yaratishidagi muvaffaqi- 
yatining dalilidir. Hashamatli inshoot qurish, uning barqarorligi, kuchi, 
foydasini muhokama qilish asli muhandislik ishi. Keyinchalik bu 
arxitekturaning asosiy ishiga aylandi. Hozirda bu eng foydali san’at va 
foydali san’atning eng oliysidir. Arxitektura tarixi turli yerlar va 
davrlardagi me’morchilik uslublari, yutuqlarini, rivojlanishning yirik 
harakatlarini o‘zida aks ettirgan1.
Bo‘lg‘usi me’morlar uchun me’morchilik tarixini o‘rganish, bilish 
juda muhim omillardan biridir. «Arxitektura tarixi» fanini aniqlashda, 
me’morchilik o‘z oldiga qo‘ygan maqsadidan kelib chiqib, insoniyat 
taraqqiyotining dastlabki davrlaridan boshlab o‘rganiladi.
Arxitektura grekcha so‘z boMib - "bosh quruvchi" degan manoni 
anglatadi. Binoni qurish san’ati, hamda majmualami jamiyat talablariga 
nafaqat amaliy xizmat, balki, badiiy-g‘oyaviy jihatdan uyg‘unligini hal 
qilishi kerak.
'Histoiy of Architecture AD.F.Hamlin. A. M, Professes o f the history of Architecture in the school of Architecture, 
COLUMBIA, UNIVERSIRY,I998 SEVENTH EDITION.p.6. Introduction. (A history of architecture is record of 
man’s efforts to build beautifully. Only when the idea o f beauty is added to that of use does a structure take its place 
among works of architecture. Architecture is die most useful o f the fine arts and the noblest of die useful arts.)
P20. CHAPTER I. PRIMITIVE AND PREHISTORIC ARCHITECTURE.(EARLY BEGINNINGS. It is impossible 
to trace the early stages of the process by which true architecture grew out of thefirst rude attempts of man at building. 
The rude and elementary structures built by savage and barbarous peoples, like theHottentots or die tribes of Central 
Africa, are not in themselves works of architecture, nor is any instance known o f theevolution o f a civilized ait from 
such beginnings. So far as the monuments testify, no savage people ever raised itself tocivilization, and no primitive 
method of building was ever developed into genuine architecture, except by contact withsome existing civilization of 
which it appropriated the spirit, die processes, and the forms).


Bino va inshootlarni qurilishida ruxsat berilgan amaliy, eng sodda 
maqsadlami bevosita badiiy ijodiy uyg'unlik bilan birga hal qilinishi 
kerak. Arxitektura inshootlari jamiyat madaniyatining bir boiagi 
bo'lishi bilan birga, u san’at asari hamdir.
Shunday qilib, arxitektura insoniyat taraqqiyotining bir turi boiib, 
uni oddiy qurilish ishi bilan chegaralab boimaydi, lekin, uni faqat 
badiiy ijod turi deb ham boimaydi.
“Har bir davrda arxitektura tushunchasi turlicha talqin etilgan. Rim 
me’mori Vitruviy klassik formula bo'yicha me’morchilik inshootining aso­
siy sifatini quyidagicha belgilagan: 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin