M muxamedova


Landshaft me’morligi yoki bog‘-park san’ati


səhifə5/237
tarix13.12.2023
ölçüsü
#174868
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   237
Muxamedova M. Me\'morchilik asoslari

3. Landshaft me’morligi yoki bog‘-park san’ati 
Landshaft 
me’morligi yoki bog‘-park san’ati shahar hiyobonlari, kichik me’moriy 
hajmli qurilmalari boigan, faworalar, ko‘prik va yoiakchalari boigan 
dam olish hududi me’morligida o‘z aksini topadi.
4. Shaharsozlik. 
Shaharsozlik, me’morlikning katta va alohida 
sohasi hisoblanadi. Turar joylar, mavze (kvartal), kichik noxiya 
(mikrorayon), (mahallalar)lar, maydonlar va bogiar, ko‘cha va 
hiyobonlar, sanoat va ijtimoiy binolar va ular bilan birga transport 
magistrallari, turli kommunikatsiya ishlari hisobga olinib, kelajakda 
rivojlantirilishi ko‘zda tutilgan shahar loyihasi yaratiladi. Mana shu 
loyiha asosida shaharlar barpo etiladi yoki qayta tiklanadi, ta’mirianadi.
Me’morlik ham sanatning boshqa turlari singari davlat tarixi, 
madaniy ma’naviy mavqeni o‘zida aks ettiradi, halqning turmush tarzi, 
estetik qarashlarini namoyon etadi. Shuning uchun bu san’at haqiqiy 
ravishda tarixiy voqealar salnamosi, davr oynasi sifatida e’tirof etiladi.
Inson paydo boigandan boshlab o‘zi uchun yashay digan, yogin- 
sochinlardan, sovuq va issiqlikdan muhofaza etadigan joylar qurishgan. 
Ular dastlab oddiy ko‘rinishda toshlardan, yog'och va loylardan 
ishlangan. Davr o‘tishi bilan jamiyatning shakllanishi va rivojlanishi 
jarayonida me’morlik san’ati ham rivojlandi va texnika viy tomondan 
o‘sdi: uylar, saroylar, ibodatxona lar, harbiy istehkomlar, shaharlar, 
zavod va fabrikalar, ko‘prik va suv inshootlari barpo etila boshlandi.
Xukmron sinf g‘oyasi, qurilish texnikasi rivojining saviyasi 
me’morlikda o‘z aksini topadi, shu tufayli har xil davrda qurilgan 
binolar bir-biridan farq qiladi. Biror me’morlik inshootini barpo etish


uchun jamoat mehnati, vaqti, qurilish materiallari va konstruksiyalari 
sarflanadi. Me’morlikda qulaylik, go‘zallik va boshqa estetik talablar 
bilan birga uning maqsadga muvofiqligi va tejamkorlik talablari ham 
ko‘zda tutiladi. Qulay, arzon, mustahkam va go‘zal shiori qadim 
zamonlardan mavjud boigan. Shu shior me’morlikdagi moddiy va 
badiiy asosiy qonunni o‘zida mustahkam birlashtirgan. Ulaming 
mazmuni quyidagi qoida ko‘rinishida uchraydi: Qulaylik - binoning 
qanday vazifani bajarish uchun muvofiqlashgan me’morlik inshoot- 
lariga qo‘yiladigan asosiy talablaridan biri boiib, aniq funksional 
jarayonni o'zidan aks ettiradi. Biror me’morlik inshootini qurishdan 
avval binoning me’moriy loyihasi ishlangan va unda fazoviy hajm 
tuzilishi to‘g‘ri hal qilingan boiishi kerak. Masalan, turar joylarda 
asosan mahalliy iqlim sharoitlari, ya’ni yozda issiq quyosh nuridan, 
qishda sovuq va yog'in-sochindan saqlanish masalalari ko‘zda tutiladi. 
Xonalar soni va oichami unda yashaydigan oila a’zolari soniga qarab 
belgilanadi va hokazo. Teatr, kino - teatr va klublarda boisa, sahnadagi 
yoki ekrandagi hodisalar zalning hamma joyidan yaxshi ko‘rinishi va 
ovozning bir xil eshitilishi, odamlaming tez zalga kirish va undan 
chiqish kabi masalalar asosiy o‘rinda turadi. Oshxonalarda asosiy 
funksiya ovqatlanish, maktablarda o'qish, sport zallarda har xil 
mashqlar o‘tkazish kabilar boiadi va hokazo. Me’morlikda texnika 
mukammalligi katta o‘ringa ega. U o‘z ichiga qurilish texnikasi 
(qurilish materiali, konstruksiyasi, mashinasi, texnologiyasi va asbob- 
anjomlari) va fani (konstruksiya, texnologiyasi, materiallar xususiyati 
kabilami hisoblash va h.k.)ni oladi. Qurilish texnikasining qanday 
rivojlanganligi arxitektura rivojini belgilab beradi. Shu qatorda 
arxitekturaning o‘zi texnikaga har xil talablar qo‘yib uni rivoj lantiradi. 
Umuman olganda arxitektura va qurilish texnikasi o‘zaro moslashgan 
holda rivojlanadi. Ammo, ba’zan man a shu moslashish buziladi, ana 
shu davrda arxitektura inqirozga yuz tutadi.
Me’morlikda biror bino yoki majmuani barpo etishda uning 
iqtisodiy tomonlari ham katta ahamiyatga ega. Ya’ni arzon qurilish 
usullarini qoilash natijasida binoga minimal xarajat sarflash ko‘zda 
tutiladi.' Shu bilan birga binoga boigan talablar (chiroy, qulay va 
mustahkam) qondirilib, uning saviyasi kamaymasligi kerak. Me’mor­
likdagi go‘zallik va nafosat tasviriy va amaliy san’atdagi shu 
tushunchadan ancha murakkab. Chunki me’morlik bir vaqtni o‘zida 
ham moddiy, ham ma’naviy tomoni bilan mavjuddir. Ba’zi me’moriy


qurilmalarida, masalan, memorial muzey, maqbara, ko‘rgazma 
zallari kabilarda binoning g‘oya va mazmuni birinchi o‘rinda 
boiadi. Ya’ni g‘cya va mazmun bino arxitekturasida shakllanib 
badiiy obrazga aylanadi. Arxitekturadagi bu obraz davlatning 
siyosiy va iqtisodiy kuch-quvvatini, jamiyat xarakterini, mafkurasini 
o‘zida aks ettiradi
Me’morlikning asosiy maqsadi insonlaming yashashi va ishlashi 
uchun kerak boigan muhit, joy yaratishdir. Ammo bu masalani 
yechishda to‘rt tomondan o'ralgan bino tushunilmaydi. Aksincha, 
qanday qilib mana shu muhit yoki joyni tashkil etilishi uning moddiy 
va ma’naviy tomonini to‘g‘ri hal qilish ko‘zda tutiladi. Shu tufayli 
me’morlik mazmuni uning ko‘p qirrali xarakterining jamiyat talabi 
bilan aniqlanishidadir. Bu mazmun ijtimoiy tartib jarayonlariga javob 
beruvchi, jamiyatning moddiy-texnika sharoiti va estetik ideallari bilan 
moslashgan holda me’morlik shakllarini tashkil etadi. Bu shakllarni 
yaratishda me’morlik san’atida kompozitsiya tushunchasi hal qiluvchi 
ahamiyatga egadir. Me’morlik kompozitsiyasi shundan iboratki, aniq 
qonun-qoida asosida joylashilgan yoki tashkil topgan, tashqi va ichki 
elementlari o‘zaro mutanosib va hamoxang boiib, bir butunlikni, 
yaxlitlikni mujassamlashtirgan boiadi. Buni biror bino, inshoot, 
binolar ansambli (majmuasi), umumiy shahar arxitektura qurilishi 
kabilarda yaqqol ko‘rish mukin. Kompozitsiyaning uslub va usulari 
juda ko‘p, shulardan ba’zilari: tektonika, oicham, mutanosiblik, 
muvofiqlik, nisbat (proporsiya) va biroxanglik (ritm), simmetriya va 
assimmetriya, keskinlik, yorugiik va rang, qurilish materiallarining 
xususiyati va h.k. Mana shu kompozitsiyaning usul va uslublari har 
tomonlama yaxshi o‘zlashtirilgan va qoilanilgan taqdirdagina nafosat 
va foydalik, estetik va amaliy talablariga javob beradigan me’morlik 
asari yaratilishi mumkin. Shu asarlar bir-biridan, me’morning ijodiy 
uslubi va usuli bilan ham farqlanadi. Me’morlikda badiiy obraz yaratish 
o‘zining vositalariga ega . Shulardan asosiysi fazoviylikni tashkil etish 
va tektonikadir. Bu ikki tushuncha me’morlik san’atida muhim 
ahamiyatga ega: mana shular yordamida bino yoki inshootni shakli, 
qiyofasi, past-balandligi, konstruksiyasi, ya’ni, bino obrazi xosil 
qilinadi. Oddiy qilib aytganda, tektonika bino o‘zagi, suyagidir. Bu 
tizimni plastik hal etish, uyg‘unlashtirish, hamda me’morlik shakllarini


keltirib chiqarish tektonik tizim deyiladi6. Jumiadan, tektonika konstruk- 
siya va badiiylikni birlashtiradi. Mana shu birlik yordamida me’mor bino 
yoki inshoot arxitekturasiga aniqlik, nafosatlilik va hamoxangiik bera 
oladi. Masalan, buni, Qadimgi Misr ehromlarida, Italiya me’morligida, 
gotika davri ibodatxonalarida ko‘rish mumkin. Kompozitsiya katego- 
riyalaridan yana biri simmetriya va assimmetriyadir. Bu kategoriya 
kompozitsiyaning oddiy va aniq usulidir. Bu usul bino arxitekturasining 
tuzilishini, fazoviy hajmini, bino boiaklarining o'zaro joylashishini 
aniqiaydi. Yana bu usul asosida me’morlik majmualari va majmua 
loyihalari yaratiladi. Masalan, O'rta Osiyo shaharlaridagi me’morlik 
yodgorliklari: madrasa va masjidlar, karvonsaroy va xonaqohlar simmet­
riya, nisbat va mutanosiblik yordamida me’morljkning yorqin badiiy 
obrazini yaratishgan. Natijada tantanavor va salobatli yoki oddiy va 
sodda ko‘rinishdagi me’morlik inshootiga ega boiingan: demak, bu 
usullar orqali loyihalash jarayonidagi hal qilinishi kerak boigan masa- 
lalar aniqlanadi, hamda yaxlit, me’morlik asari yaratiladi. Me’morlik 
inson hayoti va faoliyati bilan birga boiganligi tufayli xilma-xil 
me’morlik yodgorliklari o‘z davrining hayotini, tarixini va madaniyatini 
o‘zlarida aks ettirgan. Chunki har bir tarixiy, ijtimoiy davrdagi 
me’morlik asari o‘zinining iqtisodiy, texnikaviy g‘oyayiy xarakteriga, 
badiiy siymosi va uslubiga ega boigan uslub muhim estetik kategoriya 
boiib, me’morlik tarixini, rivojini o‘rganishda, hamda uni har tomon- 
lama va to ia tushunishda alohida rol o‘ynaydi. Bu tushuncha me’morlik 
rivojidagi davr va pog‘onalarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
Me’morlik 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin