MT2. Pythonda ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash
Mustaqil ish mavzusi yuzasidan asosiy va qo‘shimcha
adabiyotlardan
foydalangan holda material to‘plang. Mavzuni batafsil o‘rganing. O‘zlashtirilgan
mustaqil ish mavzusi yuzasidan hisobot tayyorlang.
O‘rganilgan materiallar asosida mustaqil ish hisobotini tayyorlash uchun
tavsiya qilinadigan ish rejasi:
1.
Sinf va uning metodlarini yaratish:
•
Qandaydir ob'ektlarni (masalan, mashina, uy, hayvon va boshqalar)
ifodalovchi sinf yarating.
•
Sinf atributlarini (ob'ekt xususiyatlari) va metodlari (ob'ekt
ustidagi
amallar) ni aniqlang.
•
Ushbu sinf ob'ektlarini yaratish va uning metodlarini chaqirishni
namoyish eting
2.
Vorislik va polimorfizm:
•
Asosiy sinf va uning xususiyatlari va
metodlarini oladigan voris
sinflarini yarating.
•
Voris sinfdagi metodlarni qayta aniqlash orqali polimorfizmni
tushuntiring.
•
Umumiy interfeys orqali turli sinf ob'ektlari bilan ishlashni namoyish
eting.
3.
Abstraksiya va inkapsulatsiya:
•
Yashirin detallar realizatsiyasi uchun abstraksiyadan
foydalanadigan
sinf yarating.
•
Sinf atributlari va metodlariga kirishni cheklab, inkapsulyatsiyani
qo'llang.
4.
Statik va sinf metodlaridan foydalanish:
•
Ob’yekt holatiga bog‘liq bo‘lmagan metodli sinf yarating.
•
Bir butun sifatida sinf bilan ishlashda
foydalaniladigan metodlarni
aniqlang.
5.
Faylklar bilan ishlash:
•
Ob'ektga yo'naltirilgan yondashuvdan foydalangan holda fayllar bilan
ishlash uchun sinf yarating.
•
Fayldan ma'lumotlarni o'qish, yozish va qayta ishlash metodlarini
amalga oshiring.
6.
Berilganlar bazasi bilan ishlash:
•
Ob'ektga yo'naltirilgan yondashuv yordamida ma'lumotlar
bazasi bilan
ishlovchi sinfni (masalan, SQLite) amalga oshiring.
7.
Sinflar va ob’yektlar bilan ishlash uchun masalalar:
•
Sinflar, ob'ektlar va metodlar haqidagi bilimlarni mustahkamlash uchun
bir nechta amaliy vazifalarni taklif eting.
O'zingizning bilimingiz va qiziqishlaringiz darajasiga qarab ushbu
topshiriqlardan birini yoki bir nechtasini tanlang va "Python-da ob'ektga
yo'naltirilgan dasturlash"mavzusida mustaqil ishingizni ishlab chiqishni boshlang.