2Ba2+ + Cr2O72- + H2O 2BaCrO4 + 2H+\
Zn2+ + H2S ZnS + 2H+
reakciyani umumiy holda,
ko’rinishida yozib, to’g’ri va teskari reakciyalapHing tezliklarini yozsak.
1 = к1 [A]m [B]n
2 = к2 [Д]р [С]g
1 – to’g’ri reakciyaning tezligi
к1 – to’g’ri reakciya tezligining konstantasi
2 – teskari reakciyaning tezligi
к2 – teskari reakciya tezligining konstantasi
[A] va [B] reakciyaga kirishgan moddalapHing
[D] va [C] esa reakciyadan keyingi moddalapHing muvozanat koncentraciyalari,(o’lchov birligi molь/l ).
Agar [A] = [B] = 1 molь/l bo’lsa, 1 = к1, bo’ladi.
Demak, reakciyaga kirishayotgan moddalardan har birining koncentraciyasi yoki ulapHing ko’paytmasi, 1 molь/l bo’lganda, boradigan reakciyaning, shu sharoitdagi tezligi uning tezlik konstantasi deyiladi.
Ma`lum vaqtdan keyin to’g’ri va teskari reakciya tezliklari tenglashgan 1 = 2 holati kimyoviy muvozanatdir. (1) va (2) tenglamalapHi tenglashtirib olsak
к1 [A]m [B]n = к2 [Д]p [C]g
belgilasak
(3)
(3) tenglama massa ta`siri qonunining matematik ifodasi bo’lib, quyidagicha ta`riflanadi; Muvozanat vujudga kelganda reakciya natijasida hosil bo’lgan moddalar stehiometrik koefficientlari darajasiga ko’tarilgan, koncentraciyalari ko’paytmasining reakciya uchun olingan moddalar stehiometrik koefficientlari darajasiga ko’tarilgan koncentraciyalari ko’paytmasiga bo’lgan nisbati, berilgan haroratda shu reakciya uchun doimiy son bo’lib muvozanat konstantasi deyiladi.
Muvozanat konstantasi K ning fizikaviy ma`nosi, sistemada moddalar koncentraciyalari bir hil bo’lganda va berilgan haroratda to’g’ri reakciyaning tezligi teskari reakciyaning tezligidan necha marta katta ekanligini ko’rsatadi.
Muvozanat konstantasining qiymatiga qarab, nazariy yoki hisoblash orqali kimyoviy reakciyalapHing yo’nalishini aniqlash mumkin:
a) K < 1 bo’lsa, teskari reakciya katta tezlik bilan boradi;
b) K > 1 bo’lsa, to’g’ri reakciya katta tezlik bilan boradi;
v) K = bo’lsa, reakciya qaytar bo’ladi;
Kimyoviy muvozanat o’zgarmas sharoitlarda uzoq vaqt saqlansa, sharoitlapHi o’zgartirib muvozanatni siljitish mumkin. Qaytar reakciya muvozanatining siljishiga quyidagi omillar ta`sir qiladi:
1. Reakciyaga kirishuvchi moddalardan birining koncentraciyasining o’zgarishi.
2. Haroratning o’zgarishi.
3. Gazsimon moddalarda bosimning o’zgarishi.
Muvozanatdagi sistemaga sharoitlar o’zgarishining ta`siri umumiy ifodasini 1884 yilda Le - Shatelьe ta`riflab bergan: Agar sistema muvozanat holatida turganda sharoitlardan biri o’zgartirilsa va shunday qilib muvozanat buzilsa, u holda sistemada muvozanatning tiklanishiga olib keluvchi jarayonlar paydo bo’ladi.
Kimyoviy muvozanat konstantasi ma`lum bo’lganda massalar ta`siri qonunidan foydalanib, quyidagi hisoblashlapHi bajarish mumkin.
1) kuchsiz elektrolitning dastlabki koncentraciyasi ma`lum bo’lsa, muvozanatdagi koncentraciyani hisoblash.
2) kimyoviy jarayonlarda boshlang’ich va ohirgi muvozanatdagi koncentraciyani hisoblash.
3) kuchsiz kislota va asoslapHing suvli eritmalarida dissocilanish darajasini, vodorod va gidroksil ionlarining koncentraciyalarini (yoki pH va pOH ni) hisoblash.
4) bufer eritmalapHing va gidrolizlanadigan tuz eritmalarining pH va pOH qiymatini hisoblash.
5) muvozanatdagi kation va anionlapHing muvozanatdagi koncentraciyalarini va qiyin eruvchan elektrolitlapHing eruvchanligini hisoblash mumkin. Massalar ta`siri qonuni faqat noelektrolit va suyultirilgan kuchsiz elektrolitlapHing suvli eritmalari uchun qo’llaniladi.
2.2. Elektrolitik dissocilanish.
Analitik kimyoda suvli eritmalardan moddalapHing sifat va miqdoriy tarkibini aniqlashda keng foydalaniladi. Shuning uchun suvli eritma bilan ishlaydigan har bir mutahassis elektrolitik dissocilanish, kuchli va kuchsiz elektrolitlar, dissocilanish darajasi va konstantasi, suvning ion ko’paytmasi, vodorod va gidroksid ko’rsatgich kabi tushunchalapHi yahshi bilishi kerak.
Elektr tokini o’tkazadigan eritma elektrolit eritmasi deyiladi, erigan modda esa elektrolit deb aytiladi. Elektrolitlarga kislota, asos va tuzlar kiradi.
1887 yilda S.Arrenius elektrolitlapHing suvli eritmada dissocilanish (ionlanish) nazariyasini tushuntirdi. Bu nazariyaga ko’ra:
1) elektrolit molekulasi suvda eritilganda ionlar deb aytiladigan elektr zaryadini tashuvchi kichik zarrachalarga dissocilanadi.
Masalan:
HCl H+ + Cl-
Dostları ilə paylaş: |