M tojiyev, I. Nigmatov


Himoya inshootlari quyidagilarga bo ‘linadl



Yüklə 8,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/244
tarix09.09.2023
ölçüsü8,77 Mb.
#142132
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   244
Hayot faoliyati xavfsizligi. Tojiboyev M. Nigmatov M

Himoya inshootlari quyidagilarga bo ‘linadl:
a) vo'nalishiga ko'ra: fuqarolarni saqlashga, boshqaruv tizimlarini 
joylashtirishga mo‘ljallangan;
b) joylashgan o‘miga ko‘ra; alohida joylashgan (metropolitenlar va 
tog‘-kon qurilishlari);
d) qurilish muddatiga ko‘ra - oldindan qurilgan va tez quriladigan:
e) himoyalash darajasiga ko‘ra - boshpana, RSB va oddiy boshpana 
(ochiq yoki yopiq yerto‘lalar).
Boshpana 
— odamiami hamma ta’sir omillaridan (yuqori harorat, 
radioaktiv, portlovchi va kuchli zaharli moddalar), inshootlar buzilganda 
ularning qismlaridan hamda qirg‘in quroliar va oddiy hujumkor quroliar 
ta’siridan saqlaydi.
Boshpanaiar odamlarni qabul qilish soniga ко ‘ra 5 sinfga bo ‘linadi:
kichik (150-300 kishi), o'rtacha (300-600 kishi), katta (600 dan ko‘p) 
va boshqalar.
Boshpanani qurishda quyidagi talablar qc‘yiladi:
1) 3 sutkadan kam bo‘lmagan muddatda saqlash;
2) suv bosmaydigan joylarda qurish;
3) oqar suvlardan, kanalizatsiya kommunikatsiyalaridan hamda quri­
lish kommunikatsiyalaridan uzoqroq joylarda qurish;
4) chiqish va kirish eshiklarining bo‘lishi.
Boshpana m a’lum jihozlar bilan jihozlanishi shart, jumladan: sha- 
mollatgich, sanitar-texnik jihozlar, havodagi zaharli moddalami, radio­
aktiv birikmalami va biologik vositalami tozalovchi uskunalardan iborat 
bo‘lishi kerak. Boshpana asosiy va qo‘shimcha xonalardan tashkil topadi. 
Asosiy xonalarga - odamlar, boshqaruv tizimlari, tibbiy xizmat tizimlari 
joylashtiriladi, qo‘shimcha xonalarda jihozlar, asbob-uskunalar, oziq- 
ovqatlar, suv va boshqa kerakli vositalar joylashtiriladi. Bu boshpanana- 
lar juda mustahkam qurilganiigi, germetikligi yuqoriligi va sanitar-gigi- 
yenik sharoiti bo‘lganligidan aholini bir necha kun davomida betalafot
165


saqlashi mumkin. Boshpanalar odamlar yotadigan va turib saqlanadigan 
holda bo‘ladi. Turib saqlanadigan boshpanalar uchun ishlab chiqarish, 
m a’muriy va aholi yashaydigan baland uylaming yerto‘lalaridan foy- 
dalaniladi. Bunda butun qirg‘in qurollari omillaridan saqlovchi qismlar, 
elementlar o‘matilib, boshpanaga qo‘yilgan talablar bajariladi. Boshpana 
bir necha bo‘limlardan tashkil topib, har biriga 50-75 odam sig‘ishi ke­
rak. Ular yarusli qilib jihozlanadi va har bir odamga 0,5 m2 joy to‘g‘ri 
kelishi ko‘zda tutiladt.
Boshpana juda yaxshi germetik ravishda qurilishi, ya’ni devorlari, 
xona bo‘limlari juda zich qilib ishlanishi zarur. Aks holda tashqaridan 
radioaktiv, kimyoviy va biologik zaharlovchilar havo bilan birga kirishi 
mumkin. Boshpanada kamida ikkita qarama-qarshi tomondan kiradigan 
eshik va ehtiyot eshigi bo‘ lishi kerak. Eshiklar tambur tipida ikki qavatli 
qilib germetik ravishda yopiladigan bo‘lishi lozim. Eshikning tashqi to­
moni juda mustahkam materialdan yasaladi, sababi, u yadro portlaganda 
chiqadigan to ‘lqin zarbidan saqlaydi.
Boshpanalar filtrlaydigan, havo almashtiradigan asbob-uskunalar bi­
lan jihozlanadi. Ularda elektr, aloqa, suv hamda kanalizatsiya va isitish 
tarmoqlari ham bo‘lishi kerak. Boshpanada dozimetr, kimyoviy razvedka 
jihozlari, himoyalovchi vositalar, o ‘t o‘chirish qurollari, oziq-ovqatlar, suv 
zaxirasi va dori-darmonlar boTishi shart.
Agar favqulodda vaziyatda alohida qurilgan boshpanalar boTmaganda 
tez jihozlanib foydalanadigan boshpanalar quriladi. Bunday boshpanalarni 
metropolitenlar, yer osti yo‘llari, inshootlaming yerto‘ialarini kerakli 
jihozlar bilan jihozlab tayyorlanadi.

Yüklə 8,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin