Triaj vaqtida jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilmaydi, faqat triajni
qisqa fursatda o'tkazish talab etiladi. Triaj o‘tkazib bo‘lingandan so'ng,
ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatiladi.
Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ketma-ketligi:
1-navbatda - nafas
olmayotgan jarohat olganlarga;
2-navbatda - ko !krak sohasi va nafas yo‘llari shikastlanganlarga;
3-navbatda - ko‘p qon yo‘qotganlarga;
4-navbatda — shok holatidagi yoki hushini yotganlarga;
5-navbatda - suyaklari ko‘p singanlarga;
6-navbatda -- yengil jarohat olganlarga.
Mavzuni o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan
tayanch so‘z va iboralar:
Transport immobilizatsiyasi; antidotlar; venoz qon ketishi; jgut qo‘yish;
burama qo‘yish;
puls nuqtalari; steril bog*lama; aseptika; antiseptika;
shaxsiy aptechka; shaxsiy bog'lovchi paket;
uzoq bosilish sindromi; yopiq
shikastlanish; travmatik shok; shina;
shotisimon shina; kuyish shoki;
intoksikatsiya; qisman sanitar ishlov; qisman dezakativatsiya.
Dostları ilə paylaş: