M tojiyev, I. Nigmatov



Yüklə 8,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/244
tarix09.09.2023
ölçüsü8,77 Mb.
#142132
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   244
Hayot faoliyati xavfsizligi. Tojiboyev M. Nigmatov M

Xalqaro terrorizm 
- bir davlat hududi doirasidan tashqariga 
chiqadigan terroristik harakatlar majmuasi.
8.2. Terrorizmning iqtisodiyot va aholi
uchun xavfli xususiyatlari
XX asming oxiri va XXI asr boshlarida terrorizm insoniyat hayotiga 
katta xavf sola boshladi. G ‘zining niyatini oshkor eta boshladi. Jumladan, 
Nyu-Yo‘rk (AQSH) shahridagi butunjahon savdo markazining ikki binosi 
sanoqli daqiqalar ichida yer bilan yakson bo‘ldi. Shuningdek, Irlandiya 
va Angliyadagi «UPA», Ispaniyadagi «ЕТА», Osiyoda jinoyatkorona 
faoliyat olib borayotgan «Al-Qoida», «Khamas» kabi yer yuzininr fi'dj
149


burchaklaridagi 500 ga yaqin terrorchilik tashkilotlari turli ko‘rinishdagi 
qabih ishlami amalga oshirdilar va hozirda ham olib bormoqdalar. Rasmiy 
m a’lumotlarga qaraganda 1975-yildan to bugungi kungacha dunyoning 
turli mamlakatlarida 10 mingga yaqin terroristik harakatlar sodir etilgan. 
Oxirgi yillarda terrorchilik uslublari ancha kengayganligi m a’lum. 
1970-yillarda biror shaxs yoki siyosiy arbobga qarshi uyushtirilgan terror 
amaliyoti ko‘proq qo‘llanilgan bo‘lsa, hozirda jam oat joy lari da, samolyot, 
avtobus, poezdlarda portlashlami sodir etish orqali ko‘plab, tasodifiy 
kishilaming qurbon bo‘lishiga olib keladigan qo‘poruvchilikni amalga 
oshirishga qaratilgan. Avvallari terrorizm, odamlarni garovga olishdan 
maqsad pul undirish bo‘lgan bo‘lsa, hozirda terrorchilar, asosan, xalqaro 
munosabatlar sohasida va mamlakatlarda beqarorlikni keltirib chiqarish 
borasida mo‘ljallangan siyosiy maqsadlarga erishishni ko‘zlaydilar. 
Bugungi kunda terroristik harakatlaming yanada faollashish jarayoni 
yuz bermoqda. U hozirgi kunda XXI asming «global» muammosiga 
aylanib qoldi. Terrorchilik tashkilotlari o ‘zlarida mavjud b o igan barcha 
imkoniyatlarni ishga solib, o‘z maqsadlariga erishish uchun qonli 
yurishlarni ham qilmoqdalar. Ular turli xildagi kimyovimy va biologik 
qurollardan foydalanishga urinmoqdalar. M a’lumotlarga qaraganda 200 
martadan ortiq shunday qurol va vositalardan foydalanilgan. Jumladan, 
1994-yil Yaponiyaning «AVM Cinrico» diniy terroristik tashkiloti 
tomonidan «zarin» kimyoviy vositasini ishlatish oqibatida 7 kishi vafot 
etgan, 114 nafar kishi turli darajadagi tan jarohati olgan. 1995-yilda mazkur 
terroristik tashkilot tomonidan Tokio metrosining 16 bekati zararlanishi 
oqibatida 12 yoMovchi halok bo‘lgan, 400 kishi turli darajada tan jarohati 
olgan. Bunday zararli moddalar Quvaytda, Iroqning Kurdistan hududlarida 
va boshqa davlatlarda qo‘llanilib, ko‘plab insonlarning o‘limiga sabab 
bo‘lgan. Terroristik guruhlar yovuz harakatlarini amalga oshirishda kishi 
e’tiborini o‘ziga tortmaydigan, kichik hajmli, tashqi tomoni har kuni 
foydalaniladigan buyumlar ko‘rinishidagi narsalardan foydalanmoqdalar 
(masalan, jomadon. sumka, sellofan paket va boshqalar). Teiroristlar 
tomonidan qo‘llaniladigan qurollaming foydalanish obyektlari - odamlar 
ko‘p to ‘planadigan joylar: metro bekatlari, aeroportlar, temiiyo‘l va 
avtomobil bekatlari, katta binolar, yopiq turdagi konsert va sport zallari, 
kinoteatrlar, yirik shaharlardagi suv haydash tizimlari, suv omborlari 
va boshqa obyektlar. Ular ko‘proq portlovchi modda va qurilmalardan: 
fugas, mina, granatalardan foydalanadilar. Terrorchilarning bunday
150


qurollardan foydalanib o‘z harakatlarini amalga oshrishlari kuchli ta’sirga 
kiradi. Chunki, bunday portlovchi qurilmalar har kimning e’tiborini 
o‘ziga tortmaydi va o‘zi bilan birga uni olib yurish imkoniyati yuqori 
boMadi. Masalan «o‘yinchoq mina», «o‘yinchoq qopqonlar» va boshqalar. 
Terrorchilarning qo'llayotgan turli ko‘rinishdagi portlovchi moddalarning 
xavfli maydoni quyidagicha:
- granata parchasining tarqalishi 50-100 metr;
- mina parchasining uchishi 100-300 metr;
- keysning xavfli maydoni 250—300;
- jomadon, sumkaga solingan portlovchi moddaning xavfli maydoni 
350-400 metr;
- avtomobilga qo‘yilgan portlovchi moddaning xavfli maydoni 50— 
300 metr;
- «o‘lim belbog‘i»ning xavfli maydoni 50-300 metr.
Terrorchilar tomonidan keng qo‘llanilayotgan qurollardan biri
tuproq ostida portlatiladigan mina va fugaslar hisoblanadi. Fugas yoki 
mina tipidagi portlovchi moddalami mina izlovchi jihozlar yordamida 
topish mumkin emas. Chunki bunday tipdagi portlovchi qurilma 
plastik materiallardan yasalgan bo‘lib, uni faqat sapyorlarning maxsus 
tayoqchasi yordamida aniqlash mumkin. Buni aniqlash jarayoni o'ta 
xavfli boMib, kichik bir xato ham inson hayotiga xavf solishi ehtimoli 
juda yuqori.
Terroristik harakatlarning xususiyatlari quyidagilardan iborat:
a) terroristikharakatlar qonun ustuvor bo‘lmagan, o‘zaro jipslashmagan, 
rivojlanish darajasi ancha past bo‘lgan hududlarda shakllanadi;
b) birinchi bo‘lib o‘zi shakllangan, birlashgan hududni o‘z tasarrufiga 
olishga harakat qiladi;
d) o‘ziga rivojlangan mamlakatlarda homiy izlashga harakat qiladi va 
har qanday homiy yordamini rad etmaydi;
e) targ‘ibotning har qanday usullaridan: reklamalardan, matbuot 
material laridan, og‘zaki tashviqotlardan, turli 
mish-mishlardan 
va 
yolg‘on gaplar tarqatishdan o‘z maqsadlari uchun samarali foydaianishga 
urinadilar;
f) ular o‘zini portlatib yuboradigan (kamikadze)lar guruhini tayyorlaydi 
va o‘z harakatlarini bilvosita amalga oshiradi;
g) ular hozirgi kunda fan, texnika va texnologiyalar yutuqlaridan 
foydalanib, terrorizmni «global» muammolarga aylantirishga urinaria.:
151


h) 
ular o ‘zlari panoh topgan mamlakatlar boshqaruvini garovga olish 
yoki nazoratda ushlab turgan holatda keng jamoatchilikni qo‘rqitish, 
vahimaga solish, bo‘ysundirish maqsadida ko ‘proq kuchli rivojlangan 
mamlakatlarda terroristik harakatlami amalga oshiradilar va bu bilan 
o ‘zlarini namoyish etishga urinadilar (masalan, Saudiya Arabistonnimng 
«Al-Qoida», lordaniyaning «Xamas», Ispaniyaning «Eta» terroristik 
ayirmachilik guruhlarining harakatlarini aytish mumkin).
Ayni paytda terrorizmning ham muhim jihatlari mavj ud. Bu xususiyatlar 
xususida AQSH davlat departamentining 1999-yildagi global terrorizm 
to‘g ‘risidagi m a’ruzasida ko‘rsatib o‘tilgan. Bular quyidagilardan iborat:
- yaxshi tashkil qilingan terroristik guruhlardan tuzilgan xalqaro 
jinoiy uyushmaga aylanishi. Bulami mahalliy homiy davlatlar qoMiab- 
quw atlab turadilar;
- siyosiy terrordan diniy yoki g‘oyaviy asoslari ustun bo‘lgan 
terrorizmga aylanishi;
- terrorizm markazining Yaqin Sharqdan Janubiy Osiyoga, xususan, 
Afg‘onistonga ko‘chishi, terroristik tashkilotlar tomonidan ular jazosiz 
harakat qilishi mumkin bo‘lgan mintaqalardan joy qidirishi;
- moliyalashtirishning xususiy homiylar, narkobiznes, uyushgan 
jinoyatchilik va noqonuniy savdo-sotiq kabi manbalardan foydalanishi 
kabi xususiyatlari ko‘rsatib o‘tilgan.
Bulaming ichida xalqaro terrorizmning eng asosiy va xavfli 
xususiyatlaridan biri, «zo‘rlik - davlatni qulatvuchi va hokimiyatga 
erishishni osonlashtiruvchi, parokandalikka olib keladi», - degan g‘oyaga 
asoslanib harakat qilishdir. Bunda siyosiy masalalami zo‘rlik yo‘li bilan 
hal qilishga harakat qilinadi.
Bu haqda, amerikalik mutaxassis B. Jenkins: «Terrorizm, eng avvalo, 
qurbonlardan ko‘ra, guvohlarga qaratilgan va vahima uyg‘otishga 
yo'naltirilgan zo'rlik», deb baholaydi. Boshqa bir amerikalik siyosatshunos 
J. Lonsning ta’rifiga ko‘ra, «Terrorizm bevosita qurbonlardan ko'ra 
ko‘proq odamlar fikriga ta’sir o‘tkazish uchun qilinadigan tahdid yoki 
kuch ishlatishdir». Demak. har bir terrorchilik xurujining maqsadi -
davlat to‘ntarishini amalga oshirish, fuqarolar urushini keltirib chiqarishga 
asoslanadi.
152



Yüklə 8,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin