shoki boshlanishiga olib keladi. Kuyish shokining xususivati uning uzoq
davom
etishidir, bunda shok 24-72 soatgacha cho‘zilishi mumkin. Kuyish
kasaliigi o ‘tkir intoksikatsiya, ya’ni organizmdagi
suv-tuzlar almashinuvi
jarayonlarining buzilishi biian xarakterlanadi. Kuygan odamlarga birinchi
tibbiy yordam ko‘rsatishda darrov nimtatir qilib bir oz tuz qo‘shilgan iliq
suv ichiriladi. Kuygan odamlarga birinchi tibbiy yordam nechog‘liq bar-
vaqt ko‘rsatilsa, asoratlar shu qadar kamroq boTadi. Yordam ko‘rsatishda
hammadan ilgari yonib turgan kiyimni o‘chirish kerak, buning uchun
shikastlangan
odamning ustiga palto, choyshab tashlanadi. Tananing ku
ygan qismi kiyimdan xoli qilinadi, buning uchun kiyimning kuygan joyga
yopishgan
qismini qoldirib, gir aylantrib qirqib olinadi. Badandagi puffak-
chalarni yorish, kuygan joyga qo‘1 urish, yog‘, mazli malham va boshqa
moddalar surish yaramaydi.
Tananing anchagina qismi kuyib, talaygina
yuzasi zararlangan bo‘lsa, shikastlangan odamni yaxshisi toza choyshabga
o‘rab, shokning oldini olishga doir barcha chora-tadbirlarni ko‘rish va
tezda tibbiy muassasaga jo ‘natish maqsadga muvofiq. Ko‘zlar kuyib qol
gan vaqtda ko‘rsatiladigan birinchi tibbiy yordam ko‘zga steril bog‘lam
qo‘yib bogTash va shikastlangan odamni tinch qo‘yishdan iborat. Napalm
va yondiradigan boshqa moddalardan shikastlangan odamlarga birinchi tib
biy yordam ko'rsatishda birinchi galda yonib turgan joyni o ‘chirish zarur,
buning uchun o‘sha joyga suvga ho'llangan bog‘lam qo‘yiladi yoki
yonib
turgan joylar suvga botiriladi. Alangani urib o‘chirishga harakat qilish
yonuvchan aralashmaning tanaga surkalib yoyilib ketishiga va aksincha
jadalroq yona boshlashiga sabab boTadi. Yonib turgan joy o‘chiriiganidan
keyin kuygan joyga steril bint yoki kuyishga
qarshi maxsus bogTama
qo‘yib bogTash m a’qul.
Dostları ilə paylaş: