Т - seysmik tebranish davri, s;
7T= 3,14
Epitsentrda tog‘ jinsi zarrachalarining
seysmik tezlanishini, u yerda
sodir bo‘lgan o ‘zgarishlarga (buzilish, yorilish, vayron bo‘lish va h.k.)
taqqoslangan holda Rossiya Fanlar Akademivasi
olimlari tomonidan yer
silkinishining kuchini «ballarda» baholash shkalasi ishlab chiqilib, hozirda
bu usiub hamma MDHga kiruvchi davlatlarda,
jumladan, 0 ‘zbekistonda
MSK (Medvedev, Shponxoyer va Kamik) nomi bilan qo‘llaniladi.
Tuproq zarralarining tebranma harakat intensivligi, silkinish o ‘chog‘i
chuqurligiga, magnitudaga,
epitsentrdan uzoq-yaqinligiga, tuproqning
geologik tuzilishiga va boshqa omiilarga bog‘liq. Ikkinchi o ‘lchov birligi
- bu Rixter shkalasi bo‘yicha Magnituda (M) hisoblanadi. Magnituda
shkalasi 1935-yilda Amerika seysmologi Ch.
Rixter tomonidan taklif
qilingan. Magnituda yer silkinishining umumiy energiyasini ko‘rsatib,
u yeming maksimal surilish amplitudasining logarifmini belgilaydi
va mikronlarda aniqlanadi. Magnituda - giposentrdan ajralib chiqqan
energiyaga proporsional
kattalik hisoblanib, uning maksimal qiymati 9
M gacha bo‘ladi. Yer silkinishining umumiy energiya miqdori quyidagi
formula bilan topiladi:
Bu yerda :
g -
yer silkinish giposentridagi mavjud tog‘ jinslarining
zichligi, g/sm2;
V — tog‘ jinslarida seysmik to ‘lqinlaming
tarqalish tezligi, m/soniya;
A - tog‘ jinsi zarrachasi tezlanish amplitudasi, mm;
T - seysmik tebranish davri, soniya;
71 = 3,14
Bu energiyaning (E) miqdori ba’zan shunchalik katta bo‘ladiki, hatto,
yuz mingta vodorod bombasini portlatish oqibatida
ajraladigan energiya
quvvatiga teng kelishi mumkin. Yer silkinishida magnitudaning har birlikka
ortishi, 10 baravar yer tebranish amplitudasining ortishiga (tuproqning
surilishi) hamda 30 baravar yer silkinish energiyasining ortishiga olib
keladi. Masalan, M =5 dan M =7 gacha o ‘zgarganda, tuproqning surilishi
100 baravarga, yer silkinish energiyasi esa 900 baravarga ortadi (4-jadval).
105
MSK-64 (bal) va Rixter (M) shkalalari orasidagi farq taxminan 2,5 ni
tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: