M u n d a r I j a


O’zbek oilasining tuzilishi va shaxslararo munosabatlar



Yüklə 24,65 Kb.
səhifə2/4
tarix30.09.2023
ölçüsü24,65 Kb.
#151236
1   2   3   4
Bola tarbiyasining etnopsixologik xususiyatlari

2.O’zbek oilasining tuzilishi va shaxslararo munosabatlar
Oila davrasida ota-onalarning kuzatuvchanligi, sezgirligi va hozirjavobligi muhim ahamiyatga ega. Mayda-chuyda narsalar ham diqat-e’tibordan chetda qolmasligi, ularga shaxsiy fikrmulohazalar bildirishlari farzandni hushyor torttiradi. Ular o‘zlarining nuridiydalarida bunday ajoyib xislatlarning mavjudligidan cheksiz quvonadilar.
Ota-onalarning odilona meyorli talabchanligi obru orttirishning eng muhim yo‘llaridan biridir. Farzandlarning kuchiga, qobiliyatiga, qiziqishiga binoan aqliy va jismoniy topshiriqlar berilishi va o‘z vaqtida ularning natijasini tekshirish bolalarda qat’iyatlikni vujudga keltiradi, natijada katta yoshdagilarga nis­batan ularda ixlos ortadi. Ixlos, hurmat, obruning uzviy zanjiri
bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun unga alohida e’tibor berish far­zand kamoloti uchun muhim ahamiyatga ega.
Shuningdek, ota-onalarning samimiyligi va g‘amxurligi ularga katta obru keltirishi mumkin. Ulardagi samimiylik, g‘amxurlik fazilatlari farzandlar yuragida o‘chmas iz qoldirib, to‘g‘ri yo‘l topa oladi. Ularning ibratli xarakter xislatlari bolalar qalbida kelgusi orzu-umidlari gulshani sifatida katta rol o‘ynaydi binobarin, ularga nisbatan ishonch, intilish, moyillik kabi istiqbol sifatlari vujudga kela boshlaydi. Ota-ona obrusi ortishi uchun ularda ma’naviy qiyofa, axloqiy baynalmilallik, go‘zallikka qarashlari, barqaror e’tiqod bo‘lmog‘i zarur.
Oilada totuvlikning mavjud bo‘lishi barcha muvaffaqiyatlarning garovidir. Chunki oila a’zolarining bir-biriga bo‘lgan munosabatlari kelajak avlodning qanday shaxs bulib voyaga yetishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ho‘sh, oila quchog‘ida qanday munosabat vujudga kelganda unda totuvlik, bir-birlarini tushunish holati hukm suradi?
Farzandlarning ruhiy xususiyatlaridan qariyalar, tajribali ota- onalar o‘z turmush tajribalari orqali bir oz bo‘lsa-da xabardorlar. Lekin ulardagi bilimlar ruhiyat qonuniyatlariga, bolalarning yosh va shaxsiy xususiyatlariga asoslanmagan bo‘ladi. Shu tufayli qariyalar yoki katta yoshdagi kishilar bilan bolalar o‘rtasida «anglashilmovchilik g‘ovi» vujudga keladi. Bunday munosabatni tubdan o‘zgartirish lozim.. Bu narsani o‘zgartirish uchun ularni ruhiyat va pedagogika xaqidagi bi­limlar bilan muayyan darajada qurollantirish kerak.
O‘z-o‘zidan ma’lumki, bolalarning ruhiy xususiyatlarini qariyalarga hamda katta yoshdagilarga tanishtirish oilada totuv­lik, hamjihatlik, iliq ruhiy iqlimni barpo qiladi. Bolalar­ning katta yoshdagilarga va qariyalarga bo‘lgan iliq munosabati, mehr-muhabbati, namuna-timsol yoki maslak sifatida qarashi va boshqa jarayonlar orqali o‘zaro tushunuv namoyon bo‘ladi. Farzandlarga nisbatan qilingan yumshoq yoki qo‘pol muomala ularning ruhiy dunyosida ijobiy yoki salbiy taassurot qoldiradi. Kishi kayfiyati yo kutariladi yoki mutlaqo buziladi.
Qariyalar va ota-onalar farzandlarining fe’l-atvori va xulqini, qobiliyati va qiziqishini, umuman olganda, ularning ruhiy dunyosini chuqur bilgan taqdirdagina oilada normal (mo‘tadil) ruhiy iliq iqlim mavjud bo‘lishi mumkin.
Kichik yoshdagi bolalar maktab ostonasiga oyoq bosishi bilan o‘yin fa­oliyati o‘rnini o‘qish faoliyati egallay boshlaydi. Ba’zan ular qiyinchiliklar oldida bardosh bera olmay injiqlik qiladilar. Bunday holatning oldini olish uchun uni erkalatmaslik, hamisha qo‘ygan talabini qattiqo‘llik bilan amalga oshiravermaslik darkor. Uning o‘rniga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, tushuntirish ishlarini olib borish maqsadga muvofiq. Faqat ana shundagina unda irodaviy sifatlar shakllanadi.
Bunday yoshdagi bolalarga oilada talab bir xil bo‘lishi yaxshi natija beradi. Ularning talab va istaklarini dalillar asosida tushuntirishga harakat qilish, notug‘ri yoki qalbaki axborotlar berishdan
saqlanish kerak. Yolg‘on javob berish orqali ota-onalarningfarzand ol­dida obro‘si pasayadi, chunki ular uyda olingan javob bilam o‘qituvchisining javobini solishtiradilar va shu asnoda kim haq yoki kim nohaq ekanligini aniqlaydilar. Ular uchun boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi donishmand, bilimdon, ishbilarmon shaxs rolida namoyon bo‘ladi.

Yüklə 24,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin