qonunlari» mavzularidagi laboratoriya ishini LabVIEW dasturidan foydalanib
modellashtirish laboratoriya ishining bajarilishga sarflangan vaqtni tejaydi va
real laboratoriya qurilmasining virtual modelini yaratish mumkin. Laboratoriya
ishida nazariy ma’lumotlar, ish bajarilish tartibi, nazorat savollar berilgan bo‘lishi
Virtual laboratoriya ishlarini yaratishda National Instruments firmasining
dasturlashning algoritmik asosini o‘zlashtirgan va professional darajada dasturchi
bo‘lmagan har qanday kishi LabVIEW dasturida kerakli dasturni tuza oladi.
Xususan, elektronika va mikroelektronika bo‘yicha virtual laboratoriya tuzishda,
26
modellashtirishda yoki eksperimental qurilmalarni avtomatlashtirishda sodda
algoritmlar tuzishdan tasqari elektronika va mikroelektronika bo‘yicha chuqur
nazariy bilimlarga ega bo‘lish talab qilinadi.
2. LabVIEW muhitida dasturlash boshqa dasturlash tillaridan farqli o‘laroq
tekstli ko‘rinishda emas balki grafik tarzda amalga oshiriladi. Funksiyalar,
doimiylar, grafik quruvchi panellar, operatorlar dasturga tekst ko‘rinishida emas
balki maxsus panel(oynacha)lar ko‘rinishida bo‘lib dastur tuzish uchun turli
vazifalar yuklangan panellarni kerakli qonuniyat asosida ulash etarlidir. Panellarni
ulash maxsus bog’lovchi ip orqali amalga oshirilib ma’lumotlar bir paneldan
ikkinchi panelga shu ip bo‘ylab uzatiladi.
3. LabVIEW muhitida tuzilgan dastur ikki qismdan Blok Diagramasi old
panel ko‘rinish oynasidan va Program Diagram dasturlash oynasidan iborat bo‘lib,
Blok Diagram oynasida virtual laboratoriya ishining virtual ko‘rinishini yaratish
mumkin.
4. Yasalgan virtual asboblar parametrlari, boshqaruvchi dastaklar ko‘rinishi,
shkalasi, rangi, asbobning umumiy ko‘rinishi talabga ko‘ra o‘zgartirilishi yoki real
laboratoriya asbobi ko‘rinishida yaratilishi mumkin. Bu ayniqsa murakkab real
tajriba oldidan talabada ko‘nikma hosil bo‘lishi uchun virtual laboratoriya ishidan
trenajer sifatida foydalanish imkoniyatini ham yaratadi.
5. LabVIEW dasturida tuzilgan virtual laboratoriya ishlarini Internet, Esernet
yoki lokal tarmoq orqali masofadan turib bajarish imkoniyati mavjud. Application
Builder qo‘shimcha dastur orqali har qanday *.Vi fayl har qanday Windows
operatsion sistemasida ishga tusxiladigan *.exe faylga aylantirilishi mumkin.
Bajarilishi lozim bo‘lgan laboratoriya ishining tavsifnomasi, nazariyasi, bajarilish
tartibi, jadvallar, grafiklar va nazorat savollari virtual laboratoriya dasturining
o‘zida keltirilishi mumkin, hamda talabga muvofiq yoki foydalanishdan oldin
o‘zgartirilishi, almashtirilishi, tuzatish kiritilishi imkoniyati bor.