mukofotining laureati K. Viman tomonidan «Physics Education Technology»
(PhET) sayti yaratilgan. PhET saytida har xil mavzularga oid modellar mavjud
bo‘lib, ular Java da yaratilgan. PhET saytida taqdim etilayotgan modellar Open
Sourse bo‘lib xohlagan foydalanuvchi bepul foydalanishi mumkin. PhET dagi
modellar soni 100 dan ortiq bo‘lib ular fizika, matematika, kimyo fanlariga oid
qo‘llanilayotgan adabiyotlarga mos kelganligi bilan muhim pedagogik qurol
22
12-Rasm. PHET dasturining ichida mavjud modellar.
YUqorida keltirilgan dasturiy ta’minotlardan foydalanish o‘zining samarasini
beradi. Kompyuter modellarini o‘quv jarayonlarida qo‘llash tamoyillari
quyidagilar:
1. Kompyuter dasturi tajribani o‘tkazish mumkin bo‘lmagan yoki tajriba
kuzatib bo‘lmas darajada harakatlangan paytda qo‘llanilishi lozim.
2. Kompyuter dasturi o‘rganilayotgan detalni aniqlashda yoki ecxilayotgan
masalaning illyustratsiyasida yordam berishi kerak.
3. Ish natijasida talabalar model yordamida hodisalarni xarakterlovchi
kattaliklarning ham sifatiy, ham miqdoriy bog‘lanishlarini ko‘ra bilishlari kerak.
4. Dastur bilan ishlash paytida talabalarning vazifasi turli murakkablikdagi
topshiriqlar ustida ishlashdan iborat, chunki bu o‘z ustida mustaqil ishlashga
imkon beradi [10].
Dostları ilə paylaş: