3. Yenka Electricity and Magnetism. Yenka Electricity and Magnetism
dasturi simulyator bo‘lib, fizikaviy jarayonlarni modellashtirish va fizikaning
elektrodinamika va elektromagnetizm bo‘limlariga oid tajribalar yaratish hamda
kuzatish imkoniyatini beruvchi dasturdir. Bu dasturdan darslarda interfaol elektron
doskadan (Whitboard) va grafik planshet (Wacom) dan foydalanib
mashg‘ulotlarni tashkil etish mumkin, shuningdek mustaqil ish sifatida shaxsiy
kompyuterda ishlatish mumkin. Bu kuchli dastur fizikaviy hodisalarni 3D
ko‘rinishda kuzatish, tajribalar o‘tkazish va turli murakkablik darajasidagi
jarayonlarni modellashtirish imkoniyatini beradi [7].
7-Rasm. Yenka Electricity and Magnetism muhitida yaratilgan modellar
Yenka Electricity and Magnetism optimal dastur fizik jarayonlarni
kompyuterda
modellashtirish
imkoniyati,
tajribada
qatnashayotgan
fizik
kattaliklarning qiymatini juda yaxshi aniqlik bilan hisoblash imkoniyatini beradi,
fizikaviy hodisada qatnashayotgan fizik kattalik bilan boshqa fizik kattaliklar
o‘rtasidagi grafikli bog‘lanishni hosil qilish, yaratilgan modellarni saqlash va
qog‘ozga chop etish mumkin.
19
8-Rasm. Yenka Electricity and Magnetism dastur muhitida yaratilgan shamol
generatorining ishlash prinsipini tushuntiruvchi (modellashtiruvchi) model.
Yenka Electricity and Magnetism dasturining bunday imkoniyatlari fizika
fanini o‘qitishda ijobiy o‘zgarishga sabab bo‘ldi [1, 7].
Dostları ilə paylaş: |