M u n d a r I j a


  Ta’limda fizikaviy jarayonlarni modellashtirish imkoniyatini beruvchi



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/39
tarix02.01.2022
ölçüsü1,19 Mb.
#45130
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39
ozgarmas tok qonunlari mavzusi boyicha labview dasturida virtual laboratoriya ishini ishlab chiqish

1.2.  Ta’limda fizikaviy jarayonlarni modellashtirish imkoniyatini beruvchi 

pedagogik  dasturiy vositalar tahlili 

Pedagogik  dasturiy  vositalar  –  kompyuter  texnologiyalari  yordamida  o‘quv 

jarayonini  qisman  yoki  to‘liq  avtomatlashtirish  uchun  mo‘ljallangan  didaktik 

vosita  hisoblanadi.  Ular  ta’lim  jarayonini  samaradorligini  oshirishning  istiqbolli 

shakllaridan  biri  hisoblanib,  zamonaviy  texnologiyalarning  o‘qitish  vositasi 

sifatida  ishlatiladi.    Pedagogik  dasturiy  vositalar  tarkibiga:  o‘quv  fani  bo‘yicha 

aniq  didaktik  maqsadlarga  erishishga  yo‘naltirilgan  dasturiy  mahsulot  (dasturlar 

majmuasi), texnik va metodik ta’minot, qo‘shimcha va yordamchi vositalar kiradi.   




 

13 


Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin: 

-  o‘rgatuvchi  dasturlar  –  o‘quvchilarning  bilim  darajasi  va  qiziqishlaridan 

kelib chiqib yangi bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltiradi; 

-  test dasturlari – egallangan bilim, malaka va ko‘nikmalarni tekshirish yoki 

baholash maqsadlarida qo‘llaniladi; 

-  mashq qildirgichlar -  avval o‘zlashtirilgan o‘quv materialini takrorlash va 

mustahkamlashga xizmat qiladi;  

-  o‘qituvchi ishtirokidagi virtual o‘quv muhitini shakllantiruvchi dasturlar. 

O‘quv jarayonida modellardan foydalanish yangi usul emas. Qadim-qadimdan 

o‘quv-o‘rganish mobaynida modellardan foydalanib kelingan. Simulyatorlar o‘quv 

jarayonini  qariyb  barcha  jabhalarida:  boshlang‘ich  ta’limdan  boshlab  oliy  o‘quv 

yurtlarigacha  qo‘llanilishi  mumkin.  Keyingi  vaqtlarda  xattoki  tibbiyot  sohasida 

ham  simulyatorlardan  foydalanilmoqda.  Simulyatorlardan  foydalanishning  asosiy 

sabablaridan  biri  ularning  real  ob’ektlarga  nisbatan  juda  ham  arzon  muqobil 

ekanligidadir.  Simulyatorlar  esa  haqiqiy  asbob-uskuna  va  jihozlarsiz  virtual 

holatda  biror-bir  fizikaviy  jarayonni  modellashtirish  hamda  virtual  laboratoriya 

ishlarini  o‘tkazishga  imkoniyat  yaratadi.  Bu  o‘z-o‘zidan  nafaqat  katta  miqdorda 

mablag‘lar tejalishiga olib keladi, balki ularga umuman ehtiyoj ham tug‘dirmaydi. 

Simulyatorlarning  qariyb  hech  qanday  moliyaviy  mablag‘lar  talab  etmasligi 

ma’lum  tadqiqotlarni  talabalar  tomonidan  yuzlab,  kerak  bo‘lsa  minglab  marotaba 

qayta-qayta 

amalga 


oshirilishiga 

imkoniyat 

yaratadi. 

Simulyatorlardan 

foydalanishning  yana  bir  afzallik  tomoni  ularning  xavfsiz  ekanligidadir.  Ba’zi 

tadqiqotlarni,  masalan, yadro fizikasiga oid bo‘lgan  hodisalarni o‘rganish, amalga 

oshirish  inson  hayoti  uchun  xavf  tug‘diradi.  Bunday  tadqiqot  katta  miqdorda 

moliyaviy  xarajat  talab  etibgina  qolmasdan,  tadqiqotni  olib  boruvchilar  uchun 

hayotiga xavf ham tug‘diradi.  

Simulyatorlardan foydalanish jarayonida talabalar ma’ruza vaqtida o‘rgangan 

bilimlarini virtual bo‘lsada, hayotga tadbiq qiladilar. Ushbu tadqiqotlar  jarayonida 

bilimlarini  yanada  mustahkamlash  bilan  bir  qatorda  nazariy  va  amaliy 

tadqiqotlarning rivojlanishiga bevosita hissa qo‘shadilar. Bu o‘z o‘rnida talabalarni 



 

14 


faqatgina  “tinglovchi”  vazifasida  qolmasdan,  bevosita  ilmiy-tadqiqot  ishlari 

qatnashuvchilariga  aylantiradi.  Bu  esa,  o‘z  navbatida,  talabalarda  o‘qish  va 

tadqiqotlarga bo‘lgan qiziqishlarini yanada ortishiga olib keladi. 

SHunga  qaramasdan,  simulyatorlardan  foydalanishning  salbiy  tomonlari 

ijobiy  tomonlariga  nisbatan  ancha  kuchsiz  hamda  ularni  bartaraf  etish 

imkoniyatlari  mavjud.  SHuning  uchun  ular  simulyatorlardan  foydalanishning 

qandaydir ma’noda cheklanishiga asosiy sabab bo‘la olmaydi.  


Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin