M u n darij a



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/95
tarix21.05.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#118955
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   95
744c11cd454b1b94aac88582bc98150b Matematik TSH

Katta guruh 
Kattalik. Katta guruhda ishlash bolalarning masofalarning har xil turlari haqidagi 
tasavvurlarini aniqlashdan boshlanadi. 
―Uzunlik‖, ―kenglik‖, ―balandlik‖, ―qalinlik‖ (―yo‘g‘onlik‖) buyumlarning 
kattaliklarida mustaqil orientir olish tushunchalarini egallab olish, ularni taqqoslash va 
kattaliklar bo‘yicha munosabatlarini tushunib olish imkonini beradi. 
Buyumlar orasida kattalik bo‘yicha konkret munosabatlarni o‘rnatish tajribasi 
qanchalik boy va turli –tuman bo‘lsa, keyinchalik bolalarni bu munosabatlarni 


umumlashtirishga, konkret tavsiflarni abstrakt ta‘riflarga, ya‘ni ―teng‖, ―ortiq‖, ―kam‖ 
(―katta‖, ―kichik‖) tushunchalariga o‘rgatish shunchalik oson bo‘ladi. 
Bolalar buyumlarning kattaliklarini taqqoslashga va uning oldin buyumlar 
masofalarining bir turi bilan farq qiladigan holda, keyinroq masofalarning ikki turi
nihoyat, uch turi bilan farq qiladigan hollarda aniq belgilashga o‘rganadilar. 
Shu asosda qaysi hollarda buyumlar katta va qaysi hollarda kichik deb atalishi 
tushunchasi beriladi. Agar buyumlar bir xil o‘lchamdagi masofalar bilan farq qilsa, holda 
ushbu aniq so‘zlar ishlatiladi; ―uzun‖, ―qisqa‖, ―keng‖, ―tor‖ va b. 
Agar buyumlar ikki –uch masofa turlari bilan farq qiladigan bo‘lsa, ularni katta va 
kichik deb aytiladi; katta va kichik matryoshkalar, katta va kichik qog‘oz varag‘i va b. 
Bolalar kattalikning o‘zgaruvchanlik, taqqoslanuvchanlik, belgini aniqlashdagi 
nisbiylik (qizil lenta ko‘k lentadan uzunroq, ammo oq lentadan kaltaroq) kabi xossalari 
bilan tanishadilar, buyumning kattaliklari bo‘yicha munosabatlarining bir qiymatli 
va o‘zaro teskari xarakterini tushunib etadilar. 
Bolalarni kattaliklarning tartiblangan xossalari bilan tanishtirish mumkin bo‘lib 
qoladi. 
Bolalar buyumlarning kattaliklarini o‘sib borishi, kamayib borishi atrtibida 
joylashtirish bo‘yicha mashq qilib, serasion qatorning yo‘nalganligining aniqligi
alomatni aniqlashdagi nisbiylik, qatorning qo‘shni hadlari orasidagi farqlarning tengligi 
kabi xossalarini bilib oladilar. Munosabatlar tranzitivligini o‘rgatishga katta ahamiyat 
beriladi. 
Bu bolalarni har qanday buyumning kattaligini bir xi kattaliklar qatorida aniq 
o‘rinni egalovchi kattalik deb qarashga o‘rgatib, bolalarning buyumlarning kattaliklari 
bo‘yicha orientir olish malakalarini takomillashtiribgina qolmay, balki ularning 
matematik –va umumiy aqliy rivojlanishlariga ham imkon beradi. 
Bolalarning ko‘z bilan chamalash malakalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan 
ish yuqoridagi ishlar bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. 
O‘qitishning bir qator usullarini keltiramitz, bu usullar, bizning fikrimizcha, 
bolalarni kattalikning xossalari bilan muvaffaqiyatliroq tanishtiribgina qolmay, balki 
bolalarning fikrlash qobiliyatlarini ham rivojlantiradi. 
Bir alomatni ajratish bu alomatni boshqa alomatlar bilan taqqoslash bilangina 
amalga oshishni hisobga olib, masofaning har xil turlari bilan tanishtirishni juft, qarama 

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin