V Vazn – jism o‘zining erkin yiqilishiga to‘sqinlik qiladigan gorizontal tayanchga
ta‘sir ko‘rsatadigan kuch. Sensor tarbiya jarayonida bolalar bog‘chasining katta guruhida
vazn xissini rivojlantirishga qaratilgan ish olib boriladi. Bolalar predmetlar vaznini qo‘lda
chamalab, sodda tarozida tortib ko‘rib qiyoslashga o‘rganadilar, ―yengil‖ va ―og‘ir‖
tushunchalarini farqlaydilar.
Vaqtni idrok etish –obyektiv voqyelik xodisalarini vaqtda va ketma ketlikda
idrok etish. Maxsus, mustaqil vaqt analizatori mavjud emas. Vaqtni idrok etish asosida
ta‘sirlanish va tormozlanishning ritmik almashinishi, ularning dinamikasi yotadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda vaqtni idrok etish boshqa idrok etish turlariga qaraganda
murakkabroq kechadi. Uni o‘zlashtirishda ko‘rgazmali misollardan foydalanish muhim
axamiyatga ega. Shuning uchun rasmlar, didaktik o‘yinlar va boshqa usullardan ko‘proq
foydalanish lozim.
Videoqo‘llanma – bolalar uchun bilim olishga xizmat qiladigan videodastur; atrof
olam, tabiatni o‘rganish, atrof muxitda xavfsizlik va mustaqillik asoslari to‘g‘risida
tasavvurlarni rivojlantirishga qaratiladi; bolalarni tasviriy san‘at, xalq amaliy san‘ati
namunalari, ona tabiat, o‘lka va mamlakat tarixi bilan tanishtirish uchun qo‘llaniladi va
yordamchi o‘quv materiali vazifasini o‘taydi, an‘anaviy ko‘rgazmali ta‘lim vositalariga
qo‘shimcha xisoblanadi. Pedagoglar va ota onalar uchun metodik qo‘llanma sifatida
tavsiya etiladi.
Vizual tafakkur –qo‘yilgan masalalarni axborot jixatdan tarbiyalash va ular
bo‘yicha qaror qabul qilishga yo‘naltirilgan bilish jarayonlaridan biri. Bu jarayon yo
maqsad sari yo‘naltirilgan xatti xarakatlar yoki obrazlar ustida manipulyasiyalash olib
borish, ularning tranformasiyasi, ―aqlda aylantirish‖ kabi ongsiz (g‘ayriixtiyoriy)
operasiyalar vositasida amalga oshiriladi. Vizual tafakkur mevalari sifatida muayyan
ma‘na kasb etgan yangi obrazlar tug‘iladi, yangi vizual shakllar yaratiladi.
Viktorina –o‘quvchilarga o‘quv materiali yuzasidan jumboqli topshiriqlar
berishga asoslangan mashg‘ulot turi.