M u n darij a



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/95
tarix21.05.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#118955
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   95
744c11cd454b1b94aac88582bc98150b Matematik TSH

V
Vazn – jism o‘zining erkin yiqilishiga to‘sqinlik qiladigan gorizontal tayanchga 
ta‘sir ko‘rsatadigan kuch. Sensor tarbiya jarayonida bolalar bog‘chasining katta guruhida 
vazn xissini rivojlantirishga qaratilgan ish olib boriladi. Bolalar predmetlar vaznini qo‘lda 
chamalab, sodda tarozida tortib ko‘rib qiyoslashga o‘rganadilar, ―yengil‖ va ―og‘ir‖ 
tushunchalarini farqlaydilar. 
Vaqtni idrok etish – obyektiv voqyelik xodisalarini vaqtda va ketma ketlikda 
idrok etish. Maxsus, mustaqil vaqt analizatori mavjud emas. Vaqtni idrok etish asosida 
ta‘sirlanish va tormozlanishning ritmik almashinishi, ularning dinamikasi yotadi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarda vaqtni idrok etish boshqa idrok etish turlariga qaraganda 
murakkabroq kechadi. Uni o‘zlashtirishda ko‘rgazmali misollardan foydalanish muhim 
axamiyatga ega. Shuning uchun rasmlar, didaktik o‘yinlar va boshqa usullardan ko‘proq 
foydalanish lozim. 
Videoqo‘llanma – bolalar uchun bilim olishga xizmat qiladigan videodastur; atrof 
olam, tabiatni o‘rganish, atrof muxitda xavfsizlik va mustaqillik asoslari to‘g‘risida 
tasavvurlarni rivojlantirishga qaratiladi; bolalarni tasviriy san‘at, xalq amaliy san‘ati 
namunalari, ona tabiat, o‘lka va mamlakat tarixi bilan tanishtirish uchun qo‘llaniladi va 
yordamchi o‘quv materiali vazifasini o‘taydi, an‘anaviy ko‘rgazmali ta‘lim vositalariga 
qo‘shimcha xisoblanadi. Pedagoglar va ota onalar uchun metodik qo‘llanma sifatida 
tavsiya etiladi. 
Vizual tafakkur – qo‘yilgan masalalarni axborot jixatdan tarbiyalash va ular 
bo‘yicha qaror qabul qilishga yo‘naltirilgan bilish jarayonlaridan biri. Bu jarayon yo 
maqsad sari yo‘naltirilgan xatti xarakatlar yoki obrazlar ustida manipulyasiyalash olib 
borish, ularning tranformasiyasi, ―aqlda aylantirish‖ kabi ongsiz (g‘ayriixtiyoriy) 
operasiyalar vositasida amalga oshiriladi. Vizual tafakkur mevalari sifatida muayyan 
ma‘na kasb etgan yangi obrazlar tug‘iladi, yangi vizual shakllar yaratiladi. 
Viktorina – o‘quvchilarga o‘quv materiali yuzasidan jumboqli topshiriqlar 
berishga asoslangan mashg‘ulot turi. 

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin