M u n darij a



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/95
tarix21.05.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#118955
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   95
744c11cd454b1b94aac88582bc98150b Matematik TSH

Bolalar injiqliklari – bolalar xulq atvorining o‘ziga xos ko‘rinishlari, maqsadsiz 
va turtkisiz xatti xarkatlar kattalar talablariga asossiz qarshilik ko‘rsatish, o‘zining fikrini 
ma‘qullab turib olish kabi xolatlarda o‘z ifodasini topadi.
Bolalar infeksiyalari – xavo tomchi yo‘li bilan o‘tadigan va asosan bolalarda 
uchraydigan o‘tkir kasalliklar guruxi: suvchechak, bo‘g‘ma, ko‘kyo‘tal, qizamiq, qizilcha, 
minenget, skalatina, tepki. 
Bolalarning o‘yin bilan bog‘liq xulq atvori – bolaning o‘z tengdosh sherigi bilan 
o‘yin vositasida amalga oshirilgan o‘zaro munosabatlari va o‘yinchoq sherigiga nisbatan 
rol o‘ynagandek xatti xarakati o‘yin bilan bog‘liq xulq atvorining ushbu ikkala shakli 
bolalarda 5 yoshga kelib shakllanadi. 
Bolalik – insonning voyaga yetishishidan oldingi keladigan rivojlanish bosqichi 
organizmning jadal o‘sishi va oliy psixik fuknsiyalarning shakllanishi bilan tavisflanadi. 
Xozirgi zamon psixologiyasi falsafasi va sosiologiyasida bolalik tushunchasi biologik 
asosga ega bo‘lib, ko‘plab ijtimoiy madaniy omillarga bog‘liq bo‘lgan murakkab ko‘p 
o‘lchovli fenomen sifatida olib qaraladi.
Bolaning g‘ashini keltiradigan xulq atvori – ko‘p xollarda ongli ravishda amalga 
oshirilgan xolat bo‘lib, katta odam bilan bola o‘rtasida yuzaga keladigan psixologik 
xolatning natijasida namoyon bo‘ladi va bolaning kattalar irodasiga qarshiligi bildiradi. 
Bolaning ichki pozisiyasi – bolaning o‘z tengdoshlari guruhidagi obyektiv o‘rni 
xamda o‘zi egallagan va egallashni xoxlashgan o‘rniga nisbatan munosabati. 
Bolaning qonuniy vakillari – ota-ona, farzandlikka oluvchilar, vasiylar, xomiylar. 
Burch – ma‘naviy sohada yuksak mas‘uliyat, lafzi xalollik, va‘daga vafo qilish; 
xuquqiy sohada qonun xujjatlari, shartnoma, ish bo‘yicha yuklangan majburiyatlarning 
bajarilishiga mas‘ullikni anglatuvchi burch inson ma‘naviyatining tarkibiy qismi, 
ma‘naviyat falsafasining fundamental kategoriyalaridan biridir. Bu tushuncha shaxs 
zimmasiga yuklatilgan talablarga nisbatan ma‘suliyati va majburiyatini bajarish ma‘naviy


zaruriyatga aylanishni ifodalaydi. Burch anglangan xolda tanlab olingan taqdirdagina 
ma‘naviy axloqiy kategoriya sifatida amal qiladi. 
Bo‘g‘in – nutq apparati mushaklarining bir zarb bilan xarakatlanishi natijasida 
yuzaga keladigan tovush yoki tovushlar birikmasi. O‘zbek tilida unli tovushlar bo‘g‘ini 
xosil qiladi. Bo‘g‘in qanday tovush bilan tugashiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi: unli tovush 
bilan tugaydigan bo‘g‘in ochiq, undosh bilan tugaydigan bo‘g‘in yopiq bo‘g‘in 
xisoblanadi. Bo‘g‘in urg‘uli, nisbatan past, kuchsiz talaffuz etiladigan bo‘g‘in urg‘usiz 
bo‘ladi. 

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin